Transaktsion xarajatlar nazariyasi. Mulk huquqi nazariyasi. Mulkchilik shаkllаri evоlyutsiyasi Transaktsion xarajatlar nazariyasi


Download 48.55 Kb.
bet1/3
Sana30.01.2024
Hajmi48.55 Kb.
#1817161
  1   2   3
Bog'liq
file


Transaktsion xarajatlar nazariyasi. Mulk huquqi nazariyasi. Mulkchilik shаkllаri evоlyutsiyasi

Transaktsion xarajatlar nazariyasi

O.I. Uil`yamson «Yangi institutsional nazariya» nomi ostida birlashtirgan 


transaktsion xarajatlar nazariyasi, transaktsion tahlilga asoslangan institutlar 

tabiatini tahliliga nisbatan Yangicha yondashuvni taklif etishi bilan tavsiflanadi. 


Transaktsion xarajatlar nazariyasi asoslari, ingliz iqtisodchisi Ronal`d Kouzning 
«Firma tabiati» (1937) maqolasida keltirilgan, ammo Shunga qaramay tan olish 
kerakki, bunga o`xshash g`oyalarni F. Naytning «Tavakkal, noaniqlik va daromad» 
va Dj. Kommansning ilk marotaba transaktsiya atamasi qo`llanilganligi haqidagi 
asarlarda ham topish mumkin. Kouz tomonidan taklif etilgan “keng rivojlangan” 
kontseptsiyasi 1970-1980-yillarga kelib ommalashdi. 1991-yilda R. Kouz, firma 
nazariyasi bo`yicha ishlanmasi uchun, Nobel` mukofotiga sazovor bo`lib, uning 
nazariyasi Kouz teoremasi deb atala boshlandi. 
«Firma tabiati» asarida R. Kouz bozorda nima sababdan firmalar yuzaga 
kelishi masalasini ko`targan, uning yozishicha, individlarning o`zaro ta`siri bozor 
printsiplari qator muammolar bilan bog`liq bo`lib, ular iqtisodiy faoliyat 
xarajatlarini oshiradi. Bu xarajatlar tarkibiga kelishuvlarni amalga oshirish 
bo`yicha xarajatlarni olib, bular sirasiga hamkor qidirish, kelishuvlarni yuritish, shartnomalar imzolash, hamda aloqalarni o`rnatishni oladi. Mazkur turdagi barcha 
xarajatlarni Kouz yagona tushuncha, ya`ni transaktsion xarajatlar tushunchasiga 
birlashtirgan. Mazkur xarajatlarni kamaytirish maqsadida, insonlar firmalarga asos 
solishadi, firmalar esa, mo„ayyan munosabatlar stabilizatsiyasi shaklidan o`zga 
narsa bo`lmay o`zaro foydali mo``tadil aloqalarga aylanadi. Bularning barchasi 
transaktsion xarajatlar miqdorini tushirish imkoniyatini beradi. 
Nima sababdan barcha bozor kelishuvlari firma ichki kelishuvlariga 
aylanmasligi borasidagi savolga javoban, Kouz - «firmani kengaytirish uchun, 
firma ichki xarajatlarini oshirish kerak bo`lib, bunda birinchi navbatda 
byurokratizatsiya xarajatlari, nazorat xarajatlari, hamda boshqarish xarajatlari 
ilg`or nuqtalarga ko`tariladi» deb ta`riflaydi. Bundan muallif xulosa qiladiki
firmani yaratish haqidagi qaror, transaktsion xarajatlar firmani tashkillashtirish 
bo`yicha xarajatlar kattaligidan oshgan taqdirda qabul qilinadi. 
Bozor aloqalarini yutish, va ularni firma doirasiga kiritish jarayoni, bozor 
operatsiyalari xarajatlari bilan solishtirilmagan tashkilot ichki maksimal xarajatlari 
davom etgunga qadar davom etadi. Bunda Kouz tomonidan tahlilning Yangi 
varianti taklif etilib, uning asosida, xarajatlar ikki turini taqqoslash yotadi, ya`ni 
transaktsion va firma ichki xarajatlarini taqqoslash yotadi. Bu holat esa, firma 
hajmi samaradorligini aniqlash imkoniyatini ham, uning tarkibiga kiritilgan 
kelishuvlar tuzilmasini ham baholash imkoniyatini berib, natija asosida, qaysi 
operatsiyalarni bozorda, qaysilarini esa firma doirasida amalga oshirish foydaliroq 
ekanligiga baho beriladi. 
Mazkur Yangi uslub, keyingi davrlarda faol tarzda amerikalik iqtiisodchi 
O.I. Uil`yamson tomonidan turli iqtisodiy tashkilotlarning turli ko`rinishlarini 
qiyosiy tahlili usullarini ishlab chiqarish uchun qo`llanilgan («Vertikal bozor 
tuzilmalarining»). Uil`yamson o`zining «Bozorlar va ierarxiya: antimonopoliya 
nazorati uchun tahlil va xulosalar» (1975), «Kapitalizm iqtisodiy institutlari» 
(1985), «Boshqaruv mexanizmlari» (1996) asarlarida, firma ichki kontraktatsiya va bozor kontraktatsiyasi orasidagi qiyosiy ilg`orliklar tahlili usulini ishlab chiqadi. U vertikal integratsiya hajmlari va mexanizmlarini ham, umumiqtisodiy isloxotlar va hukumat antimonopoliya siyosati samaradorligini ham baholash imkoniyatini 
beruvchi modellarni taklif etadi. O.I.Uil`yamson tomonidan iqtisodiy institutlar 
turli kontraktatsiya ko`rinishlari sifatida taklif etadi, ya`ni ishlab chiqarish va 
sotish zanjiri alohida bosqichlari bilan kelishgan holda kelishuvlarni amalga 
oshirish va shartnomalarni imzolashning turli variantlari sifatida. Ularning 
qiyoslanishi, shartnomaning qaysi turi samaraliroq ekanligi asosida amalga 
oshirilib, bunda transaktsion xarajatlar tejalishi nuqtai - nazaridan kelib chiqiladi, 
ya`ni tanlov bozor va firma ichki masalasi orasida amalga oshiriladi. Buning uchun 
u qator aspektlarni ko`rib chiqib, bunda u yoki bu turdagi kelishuv samarasidan kelib chiqadi. Ulardan birinchisi opportunistik harakat mavjudligidir. Аynan 
opportunistik harakatning nazariyasi Uil`yamsonning iqtisodiy tahlilga qo`shgan 
muhim hissasidir. U firma yuzaga kelish sabablari, va transaktsion xarajatlar 
mavjudligini psixologik asoslarini ochilishiga imkoniyat yaratdi. Uning 
nazariyasida, opportunizm ikki shaklga ega – ex-ante va ex - poste ega. Birinchisi, 
shartnoma imzolash bosqichsida paydo bo`lib, axborot cheklovining mumtoz 
shartidir. Ammo uning o`ziga xos farqli jihatiga ega. bunda axborot, shartnoma 
taraflarida shaxsiy strategik manfaatni keltirib chiqarish uchun atayin 
o`zgartiriladi. Kontragentning chalkashtirilishi, yoki xatolik uchun imkon yaratib 
berishi, o`z strategik maqsadlariga erishish uchun amalga oshirilib, shartnomaning 
bir tomonlama foydali ravishda imzolanishiga olib keladi. Ex-poste opportunistik 
harakati esa shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortish, yoki kompensatsion 
sug`urta to`lovlariga olib kelishi mumkin bo`lgan nomajburiy harakatlarni amalga 
oshirishga qaratiladi. Bundan Uil`yamson axborot qay darajada to`liqsiz bo`lsa 
yoki, opportunistik tavakkali qay darajada yuqori bo`lsa, mazkur turdagi 
shartnoma ham firma ichki shartnomasiga aylanish imkoniyati yuqori bo`ladi deb 
xulosa qiladi. 
Imzolangan shartnoma tavsifini belgilovchi yana bir omil o`ziga xos 
resurslarning mavjudligidir. O`ziga xos resurslar, bu resurslarning qaysi sohada 
qo`llanilishiga bog`liq bo`lgan foydalilik darajasidir. Bunday resurslarga 
investitsiya kiritish haqidagi qarorlar yuqori tavakkalchilik bilan uzviy bog`liq 
bo`lib bu tavakkalchilik darajasi, yuqori darajadagi xavf bilan bog`liqdir. Standart 
resurslarga investitsiyalar kiritishdan-da yuqoriroqdir, zero ularning o`ziga xos 
belgilangan shartnoma doirasidan tashqarida qo`llanishi imkonsiz, yoki nihoyatda 
daromadsizdir. Bu borada, shartnoma bekor qilinishidan kelib chiqadigan 
xarajatlar juda yuqori bo`lib, mo`tadil shartnoma kafolatlari yuqoriroq darajadagi 
qadriyatga ega bo`lib, ishbilarmon hamkorlarning bir - biriga yaqinligi 
muvofiqligiga yaqin bo`ladi. Bu darajadagi yuqori mo`tadillik kafolatdagi 
shartnomalar, firma ichki aloqalari sohasiga o`tadi. 
Shartnoma munosabatlari turini belgilashdagi muhim rol`ni, o`ziga xos 
resurslar bo`yicha amalga oshirilgan shartnomalar chastotasi ham o`ynaydi. Agar 
shartnomalar doimiy bo`lmasa, ularning firmaning asosiy qismiga kamdan - kam 
holatda aylanadi. Ammo, agarda shartnomalar doimiy tavsifga ega bo`lib, ularning 
chastotasi yuqori bo`lsa, bu holat firma ichki tashkiliy tuzilmasi qismiga aylanadi. 
Umuman olganda Uil`yamsonning ta`kidlashicha bozor sodda shartnomalar 
nazorat etuvchi mexanizm bo`lib, firma murakkab shartnomalarni nazorat etadi, va 
bu shartnomalar opportunistik harakat imkoniyati, hamda o`ziga xos resurslarni 
boshqarish bilan bog`liqdir. 
Bozor yoki firma ichki shartnomasi qiyosiy samaradorligini baholashdagi 
yana bir muhim omil, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan 
rag`batlarning qiyosiy tahlilidir. Raqobatchilik bozori harakati bilan bog`liq bozor 
rag`batini Uil`yamson « yuqori kuchga ega rag`bat» deb atab, uni bozorning ilg`or 
imkoniyatlari kiritadi. Firmalar tomonidan qo`llanilgan motivatsiya, kuchsiz 
quvvat rag`batlari deb ataladi. Motivatsion omil, firma kengayishi uchun 
cheklangan ahamiyatga ega bo`ladi. 
«Kouz teoremasi» va mulkdorchilik huquqlari nazariyasi. 
1960-yilda, R. Kouz «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» asarini nashr etib, 
unda tashqi samara masalasiga e`tibor qaratdi.23 Mazkur masala mohiyati 
Shundaki, bozor mo„ayyan ishtirokchisi harakatlari, boshqa iqtisodiy agentlarga 
zarar ko`rsatishi, yoki aksincha foyda keltirishi, mumkin bo`lib, bunda ishlab 
chiqarish xarajatlari tahlilida bu holat e`tiborga olinmaydi (yoki daromadlar). 
Natijada, jamoatchilik noeffektiv resurslar taqsimlanishi masalasi yuzaga keladi, 
ya`ni salbiy eksternaliyalarga ega bo`lgan tovarlarning keragidan ko`proq ishlab 
chiqarilishi va ijobiy eksternaliyalarga ega tovarlarning etarli darajada ishlab 
chiqarilmasligi yuzaga keladi. O`z asarida, Kouz XX asr boshida ingliz qtisodchisi 
A. Pigu tomonidan taklif etilgan mazkur masala echimini Shubha ostiga oladi, zero 
A. Pigu, tashqi samaraga ega bo`lgan tovarlar ishlab chiqarilish hajmining davlat 
tomonidan nazorat etilishi zarurligi g`oyasini ilgari surgan (jarima, soliq va 
subsidiyalar tizimi vositasida). R. Kouz ta`kidlashicha, tashqi samara yuzaga kelish 
sabablari bozor qulashida emas, balki barcha resurslarga mulkdorlik himoyalangan 
va aniq huquqlari mavjud emasligidadir. Tashqi samara hisobga olinmaganligi 
sababli mulkdorlik hisobga olinmagan huquqlarining buzilishidadir. Aytaylik
mo„ayyan zavod daryodagi suvni ifloslantiradi, bu holat yaqin masofadagi qishloq 
aholisini iqtisodiy holatini yomonlashtiradi, zero qishloq aholisi baliqchilik 
hisobidan kun kechiradi. A. Pigu nuqtai nazaridan xarajat va daromadlar 
muvozanatini saqlab qolish uchun ekologik soliq kiritish lozim. R. Kouz 
ta`kidlashicha esa, bunday harakatlar samaradorlik printsipiga muvofiq emas. 
Birinchidan ular, majburiy tavsifga ega, ikkinchidan ular, eksternaliyalarning ham 
ular bilan kurashishning ham simmetrik tabiatini hisobga olmaydi. baliqchilarni 
himoya qilish maqsadida zavodga nisbatan kiritilgan cheklovlar faqatgina 
ifloslanishdan baliqchilarning zararlarini hisobga olishadi, ammo bunday 
cheklovlar natijasida korxona olishi mumkin bo`lgan zararlarni hisobga olmaydi. 
Agar eksternaliyalar yuzaga kelishi iqtisodiy zararlarga olib keladigan bo`lsa, 
eksternaliyalar likvidatsiyasi ham iqtisodiy zararlarga olib keladi. Shu sababli, 
Kouz fikriga muvofiq, har ikkala zarar turlaridan jamiyat uchun qay biri kamroq 
darajada zarar keltirishini hisobga olish lozim. Bunda ifloslanishdan olingan zarar, mazkur ifloslanishni bartaraf etilishidan olingan zarardan ko`ra, kamroq bo`lishi 
mumkin.
Xarajatlarni mazkur resurs bo`yicha har ikkala tomon erkin kelishuvlari 
asosidagina taqqoslash mumkin. Buning uchun mazkur resurs har ikkala tomondan 
birining mulki bo`lishi kerak. Kouz fikriga ko`ra, qaysi tomon mulkdorlik 
huquqiga ega bo`lishi muhim emas. yuqoridagi masalamizda qishloq aholisi 
daryodagi baliq miqdorini oshirish uchun zavod direktoriga ishlab chiqarish 
hajmlari qisqartirilishi natijasida oladigan zarari miqdoridagi summani 
kompensatsiya qilishlari lozim. Agar, zavod zararlari qishloq aholisi oladigan 
daromaddan kamroq bo`lsa, shartnoma imzolanadi. Bundan tashqari, mazkur 
kelishuvlarda xarajatlarni qisqartirishdan oladigan zavod maksimal xarajatlari, 
qishloq aholisi baliq tutishdan oladigan maksimal daromadga teng bo`lganda 
tugaydi. Mazkur kelishuvlar natijasida resurslarning optimal taqsimotiga erishiladi. 
Agar, daryodan foydalanish huquqiga qishloq aholisi ega bo`lsa, mazkur 
kelishuvlar natijasi zavod qo`shimcha daromad summasidan baliqchilarga 
kompensatsiya qilishi kerak bo`ladi. 
R.Kouz mulkchilik to`g`risida quyidagiga xulosani qiladi: «Agar, 
mulkdorlik huquqlari aniq belgilansa, va transaktsion xarajatlar ularga teng bo`lsa, 
resurslar allokatsiyasi (ishlab chiqarish tuzilishi) o`zgarishsiz qolib, mulkdorlik 
huquqlari taqsimlanishi o`zgarishidan qat`iy nazar samarali bo`ladi». Kouz 
teoremasining yana bir muhim xulosasi shuki, eksternaliyalar masalasini echish 
uchun hukumat aralashuvi talab qilinmaydi. Teorema resurslarni samarali 
taqsimlanish mexanizmi sifatidagi bozor reabilitatsiyasini amalga oshirdi. 
R.Kouz g`oyalari, uning tashqi samaralar nazariyasida yanada kengroq 
yoritilib, keyingi davrlarda Armen Alchian (1914-yilda tug`ilgan) va Xarol`d 
Demsets (1930-yilda tug`ilgan) kabi amerikalik iqtisodchilar asarlarida 
rivojlantirildi. Ularni ta`kidlashicha, bozorning samaradorligini ta`minlash hamda 
uning faoliyatini barqarorligi uchun,birinchi navbatda mulkdorchilik huquqlarining 
aniq xususiyatlarini, chegaralarinianiqlash zarur. Ammo, Alchian va Demsets real 
hayotda nolga teng transaktsion xarajatlar mavjud emas, spetsifikatsiya jarayoni 
esa mo„ayyan darajadagi xarajatlarni talab etadi deb hisoblashgan. Shu sababli 
mulkdorlik huquqlari faqatgina daromxdlilik xususiyati spetsifikatsiyasi, xarajatlar 
xususiyatlariga nisbatan yuqoriroq bo`lganda amalga oshadi. Aks holda mulk 
huquqlari o`rtasidagi chegaralari yo`qoladi.
«Ishlab chiqarishning axborot xarajatlari va iqtisodiy tashkiliylik» nomi 
(1972) maqolasida Alchian va Demsetslar iqtisodiy tashkiliylik holati bo`yicha o`z 
nazariyasini taklif etishdi. Bu nazariya mulkdorlik huquqlari kontseptsiyasiga 
asoslangan. Mazkur nazariyaga muvofiq mulk bir tomonlama tushuncha emas. U 
o`z tarkibiga egalik qilish, ishlatish, u yoki bu resursni mulkni uchinchi shaxsga 
berish bo`yicha huquqlar to`plamidir. Demak resursga nisbatan turli huquqlar, turli 
iqtisodiy agentlar orasida bo`linishi mumkin. Mazkur huquqlar almashinuvi, 
iqtisodiy operatsiyalar mazmunini tashkil etadi. masalan, tovarning bozordagi 
sotilishi, mazkur tovarga nisbatan huquq mo„ayyan to`plami sotilishi sifatida 
interpretatsiya etilishi mumkin. Xususan, litsenziyalashtirilgan disk yoki kassetalar 
sotilishi, mazkur tovar bilan foydalanish huquqi sotilishi sifatida talqin etilib, 
bunda mazkur qo`llashdan olinadigan daromad huquqi, istisno bo`ladi. 
Har bir iqtisodiy institut, mulkdorlikning mo„ayyan shakli sifatida baholanib, u 
o`zida huquqlarning mo„ayyan to`plamiga egaligidan kelib chiqib Alchian va 
Demsetslar tomonidan turli iqtisodiy tuzilmalar sub`ektlarining qiyosiy tahlili 
amalga oshirilgan (xususiy firma, aktsionerlik jamiyati, hukumat korxonasi). 

Download 48.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling