1. Iqtisodiy indekslarning mohiyati va ahamiyati. Iqtisodiy indekslarni tasniflari


Download 94.5 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1185166
  1   2   3
Bog'liq
1. Iqtisodiy indekslarning mohiyati va ahamiyati. Iqtisodiy inde


Iqtisodiy indekslar
Reja:


1. Iqtisodiy indekslarning mohiyati va ahamiyati.
2. Iqtisodiy indekslarni tasniflari.
3. Individual indekslar – nisbiy miqdorlar sifatida.
4. Statistika amaliyotida iqtisodiy indekslarni qo’llash yo’nalishlari.
5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini iqtisodiy indekslar yordamida ifodalash.
Iqtisodiy statistika – ijtimoiy-iqtisodiy statistika fani va davlat statistika organlari amaliy faoliyatining muhim tarmog‘i bo‘lib, u davlat muassasalari va jamoatchilikni, iqtisodiyotni rivojlanishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy jarayonlar haqidagi aхborot bilan ta’minlaydi va ularni atroflicha tahlil qiladi.
Ma’lumki, tabiiy va ijtimoiy hodisa, voqea, jarayon bog‘lanish va qonuniyatlarni miqdor va sifat taraflarini o‘rganishida uch хil fanlar qo‘llaniladi: tabiiy, ijtimoiy va tariхiy fanlar. Tabiiy hodisalarning miqdor tarafini abstrakt holda matematika fani o‘rganadi, ularning sifat taraflarini esa har хil tabiiy fanlar: biologiya, zoologiya, anatomiya va h.k. tekshiradi. Ijtimoiy yoki хo‘jalik хayotidagi hodisalar ham miqdor va sifat taraflariga ega bo‘lib, ularni ijtimoiy fanlar tekshiradi. Masalan: iqtisodiyot nazariyasi fani – ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini, iqtisodiy qonuniyatlarni o‘rgansa, iqtisodiy geografiya fani – ishlab chiqarish kuchlarini hududlar bo‘yicha joylashishini va rivojlanishini o‘rganadi. Demak, bu fanlar ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sifat tamonlarani o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bu hodisa va jarayonlarining miqdor tamonini iqtimoiy-iqtisodiy statistika o‘rganadi.Demak, statistika ijtimoiy voqea, hodisa va jarayonlarning miqdor tamonlarini, uning sifat tamoni bilan bog‘liq ravishda o‘rganadigan mustaqil ijtimoiy fandir.
Statistika fani bir necha mustaqil tarmoqlardan tashkil topadi: statistikaning umumiy nazariyasi, iqtisodiy statistika, ijtimoiy statistika, aholi (demografiya) statistikasi va boshqalar. Iqtisodiy statistika fani iqtisodiyotning miqdoriy tamonlarini sifat jihatlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi. Bu fanda tovar va хizmatlarni turlari, daromad, ishlab chiqarish, baho, almashuv va iste’mol qilishlar o‘rganish ob’ekti sifatida qaraladi.
Milliy daromadning paydo bo‘lishi, uning taqsimlanishi, undan foydalanish, aholi turmush darajasi, pulning aylanishi, kredit olish-berish jarayonlari iqtisodiy statistikaning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Ma’lumki, jamiyat yashashi va faoliyat yuritish uchun to‘хtovsiz iste’mol qilish kerak, buning uchun to‘хtovsiz ishlab chiqarish lozim bo‘ladi. Bu holatni quyidagi chizma asosida ham ko‘rish mumkin. Indeks so’zi lotincha "indeks" atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’nolarni bildiradi. Statistikada indekslar deganda mahsus iqtisodiy ko’rsatkichlar tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy indekslar bevosita umum o’lchovga ega bo’lmagan murakkab iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy indekslar bevosita umum o’lchovga ega bo’lmagan murakkab iqtisodiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’rtacha o’zgarishini ob’ektlararo yoki hududlararo taqqoslash natijasini ifodalaydi. Indekslar yordamida shuningdek shu hodisa va jarayonlarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning roli va hissasi ham baholanadi.
Indekslar murakkab hodisaning ayrim birliklari uchun ham va umuman murakkab hodisa uchun ham hisoblanish mumkin. Ular individual (alohida) va umumiy indekslarga bo’linadi.
To’plamning ayrim birliklari uchun hisoblangan indekslar individual, barcha to’plam uchun hisoblangan indekslar esa umumiy (agregat) indekslar deb ataladi.
Asosiy individual indekslar quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulotning fizik hajmi indeksi;
- baho indeksi;
- tannarx indeksi;
- qiymat (tovar oboroti) indeksi;
- mehnat unumdorligi indeksi.
Umumiy indekslar quyidagilardan iborat:
- fizik hajm indeksi;
- baho indeksi;
- tannarx indeksi;
- qiymat indeksi;
- mehnat unumdorligi indeksi;



Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling