Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana13.12.2020
Hajmi0.83 Mb.
#165967
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Iqtisodiy statistika


  
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS          
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI 
 
 
 
 
STATISTIKA KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
«IQTISODIY STATISTIKA» 
 
 
 
 
 
 
 
 
S A M A R Q A N D – 2009 
 
 
 
 
 

 
 
 

Xudayberdiyev U. Iqtisodiy Statistika. Ma’ruzalar matnlari  
   to‘plami. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan.  SamISI. Samarqand. 2009. 
 
 
 
Taqrizchilar:        i.f.d., prof. M.Q.Pardayev (SamISI) 
 
 
 
  i.f.n., dots. S. Aliqulov  (Sam.DU)  
 
                                
   
 
                      
Institut UUК da 2009 yil   
25 mart (bayon № 8) muhokama  
qilingan va chop etishga ruhsat 
berilgan.  
 
 
Ushbu  ma’ruza  matnlarida  makroiqtisodiy  statistikaning:  aholi  va  mehnat 
resurslari, aholi turmush darajasi, milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, davlat byudjeti 
kabi mavzulari; mikrodarajada: korxonalar asosiy va aylanma  mablag‘lari, mahsulot 
ishlab  chiqarish  va  tannarx,  korxonalar  moliyaviy  natijalari  va  moliyaviy  holati 
statistikasi  kabi  mavzulari  to‘liq  sodda  va  tushunarli  tarzda  bayon  etilgan.  Ma’ruza 
matnlari  “Iqtisod”  yo‘nalishi  bakalavrlariga  tayyorlangan  bo‘lib,  undan  boshqa 
yo‘nalish talabalari ham foydalanishlari mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
©   SamISI, U. Xudayberdiyev  2009. 
 
 
 

 
 
 

Mavzu - I.  IQTISODIY STATISTIKANING PREDMETI, USULLARI VA 
ASOSIY VAZIFALARI. 
 
                  Reja 
 
1.
 
Iqtisodiy statistikaning predmeti 
2.
 
Iqtisodiy statistikaning usullari 
3.
 
O‘zbekistonda makroiqtisodiy statistikaning tashkiliy tuzilishi. 
4.
 
Iqtisodiy statistikaning asosiy vazifalari. 
 
1.1.
 
Iqtisodiy statistikaning predmeti 
 
Bozor  munosabatlari  barcha  iqtisodiy  voqea,  hodisalarni  muntazam  ravishda 
o‘rganib borishni taqozо etadi. Buning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektdagi 
iqtisodiy munosabatlardan tortib, tuman, viloyat, tarmoqlar va mamlakat miqyosidagi 
iqtisodiy  voqealar,  hodisalar  kuzatilib,  kerakli  ma’lumotlar  to‘planadi.  Demak 
statistikada  iqtisodiyotni  o‘rganish  ikki  xil  yondoshuv  asosida  olib  boriladi: 
makrodarajada  va  mikrodarajada.  Makrodarajada  iqtisodiy  voqealar  mamlakat  yoki 
uning alohida hududlari (viloyat, tuman) bo‘yicha o‘rganiladi. 
Mikro  darajada  alohida  firma,  korxonalar  va  ularning  bo‘limlari,  oila 
xo‘jaliklari  iqtisodiyoti  asosiy  o‘rganish  ob’ektlari  hisoblanadi.  Bunda  firma, 
korxonalarda  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  ularni  sotish,  xodimlar  mehnati  va  ish 
haqi,  asosiy  va  aylanma  mablag‘lardan  foydalanish  korxonalar  faoliyatlarining 
moliyaviy  natijalari  kabi  iqtisodiy  voqealar  kuzatiladi  va  o‘rganiladi.  Bu  iqtisodiy 
voqealarning  miqdoriy  tomonlari  vaqt  mobaynida  qanday  o‘zgarishi  o‘rganilib, 
ularning o‘zgarishi  to‘g‘risida xulosalar  chiqariladi.  Demak  mikroiqtisodiy  statistika 
firma,  korxonalar  iqtisodiyotining  miqdoriy  tomonlarini  ularning  sifat  o‘zgarishlari 
bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi. 
Makroiqtisodiy  statistikada  mamlakat  yoki  uning  regioni  bo‘yicha  aholi  va 
uning  harakati,  mehnat  resurslari,  bandligi  va  ishsizlik,  milliy  boylik  va  uning 
tarkibining o‘zgarishi, pul, kredit va byudjet tizimlari; yalpi ichki mahsulot va uning 
hajmini  ko‘paytirish  yo‘llari,  hamda  shu  kabi  umumiqtisodiy  ko‘rsatkichlarni 
o‘rganib,  tegishli  axborotlarni  davlatni  boshqarish  uchun  tarmoq  vazirliklariga, 
xukumatga va boshqa qiziquvchilarga tayyorlab beradi. 
Demak,  makroiqtisodiy  statistika  umumiqtisodiy  voqea,  hodisalarni  miqdoriy 
tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi. 
Makroiqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari: yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki 
mahsulot,  milliy  daromad  va  shu  kabilardir.  Milliy  daromad  nazariyasining 
asoschilari  F.Kene,  A.Smit,  D.  Rikardolardir.  Keyinchalik  daromadlar  nazariyasini 
Keyns yanada rivojlantirdi. Milliy daromadning hosil bo‘lishi, taqsimlanishi va qayta 
taqsimlash  hamda  ulardan  foydalanish  jarayonlari  makroiqtisodiy  statistika 
ob’ektidir. 
 
 
 

 
 
 

1.2. Iqtisodiy statistikaning usullari 
 
Har qanday fan o‘zining predmetini turli xil o‘ziga xos usullardan foydalanish 
o‘rganadi.  Shuning  uchun  ham  fanning  uslubi  qanday?  Qanday  qilib?  degan 
savollarga  javob  beradi.  Ximiya  Fani  o‘z  ob’ektining  ximik  tarkibini  tahlil  qilib, 
astronomiya  –  falokiyotni  teleskop  yordamida  va  hоkаzolar  (eksperiment,  sinov 
o‘tkazish)  bilan  o‘rganiladi.  Lekin  barcha  fanlar  uchun  umumiy  uslub,  falsafaning 
dialektikasi  hisoblanadi.  Unga  asosan  barcha  iqtisodiy-ijtimoiy  hodisalar  harakatda, 
bir-biri bilan bog‘liq holda o‘zgarishda, rivojlanishda deb qaraladi. 
Makro-mikroiqtisodiy  statistika  fanining  o‘ziga  xos  usullari  statistika 
nazariyasida  asoslab  berilgan,  hodisa  voqealarni  kuzatish,  undan  olingan 
ma’lumotlarni  jamlash  va  maqsad  asosida  guruhlash,  tegishli  ko‘rsatkichlarni 
hisoblash va tahlil qilishdir. Statistikaning bu bosqichlari bir-biri bilan juda bog‘liq. 
Statistik  kuzatishdan  olingan  ma’lumotlar  voqea,  hodisalarni  to‘g‘ri  va  to‘liq 
ifodalashi lozim. Agarda kuzatishdan olingan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lmasa iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar holati va o‘zgarishi to‘g‘risida noto‘g‘ri xulosalar chiqarilishi mumkin, 
agarda 
kuzatishdan 
olingan 
ma’lumotlar 
to‘liq 
bo‘lmasa 
ham, 
bunday 
ma’lumotlardan chiqarilgan xulosalar to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Ma’lumki statistik 
kuzatish  2-shaklda:  1.  muntazam  ravishda  va  belgilangan  muddatlarda  to‘ldirib, 
topshiriladigan  hisobotlar,  2  –  mahsus  tashkil  etiladigan  kuzatish  olib  boriladi. 
Statistik  hisobotlar  xalq  xo‘jaligi  tarmoq  xususiyatlarini  hamda  o‘rganilayotgan 
hodisa mohiyatga qarab mahsus ko‘rsatkichlar kiritilgan jadvallardir. Bu hisobotlarni 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  ishlab  chiqarish,  xizmat  ko‘rsatish  faoliyatlari  davrida 
moddiy,  moliyaviy  va  mehnat  resurslaridan  qanday  foydalanganliklari  to‘g‘risida 
tegishli  ko‘rsatkichlarni  to‘ldirib  ma’lumot  beradi.  Bu  ma’lumotlarning  to‘g‘riligi 
tegishli  hujjatlar  bilan  asoslanadi  va  korxona  rahbarlari  javobgarligida  amalga 
oshiriladi. 
 
      1.3. O‘zbekistonda statistikaning tashkiliy tuzilishi    
    
 Statistika  o‘z  ob’ektlarini  o‘rganadigan  Fan  bo‘lib  qolmasdan,  Amaliy 
faoliyatda  ham  mavjud.  Hozirgi  paytda  har  bir  firma,  korxonalardan  ya’ni  barcha 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlardan  boshlab,  tuman,  viloyat  va  mamalakat  miqyosida 
barcha  iqtisodiy-ijtimoiy  voqea,  hodisalar  to‘g‘risida  ma’lumotlarni  to‘plash,  qayta 
ishlash va ularni saqlash statistika organlariga yuklatilgan. Statistika ishlarini tashkil 
etishni  yaxshilash  va  uning  ma’lumotlaridan  foydalanish  samaradorligini  oshirish 
maqsadida tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. 
2002  yil  12  dekabrda  O‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  statistikasi 
to‘g‘risida»gi  qonuni  (yangi  tahrirda)  qabul  qilindi.  Bu  qonunda  Davlat  statistika 
organlarining  asosiy  vazifalari  ijtimoiy-iqtisodiy  hodisalar,  jarayonlar,  hamda 
ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, 
saqlash,    umumlashtirish  va  tahlil  etish  bilan  bir  vaqtda  davlat  organlari,  yuridik 
shaxslar,  davlat  muassasalari,  xalqaro  tashkilotlar,  shuningdek  jamoatchilikni 
belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash ham yuklatilgan. Demak 
statistika organlari  yuqoridagi sub’ektlarni o‘z vaqtida, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni 

 
 
 

real  ifodalaydigan  ma’lumotlar  bilan  ta’minlab  turishi  lozim.  Statistik  ma’lumotlar 
asosida,  korxonalar,  firmalar,  hududlar,  mamlakat  iqtisodiy  xolatlari  o‘rganiladi  va 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash istiqbollari belgilanadi. 
2002  yil  24  dekabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimovning 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Makroiqtisodiyot  va  statistika  vazirligini  qayta  tashkil 
etish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga asosan Respublika Iqtisodiyot 
vazirligi  va  alohida  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo‘mitasi  tashkil 
etildi.  
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda va Toshkent shahrida – statistika 
boshqarmalari,  respublikaning  boshqa  shaharlarida  va  tumanlarida  –  statistika 
bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. 
Tegishli hokimlarga qarashli bu statistika organlari, barcha xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlardan  hisobotlar  va  boshqa  ma’lumotlarni  qabul  qiladi,  to‘g‘riligini  nazorat 
qiladi  va  qayta  ishlab,  umumlashtirib,  mamlakatning  boshqaruv  organlari  va 
qiziquvchilarga yetkazib beradi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat  statistikasi  to‘qrisida”gi  qonunning  6-
moddasida “Davlat statistika organlarining huquqlari” shunday ifodalangan: 

 
davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga 
solish ishlarini amalga oshirish; 

 
davlat  statistika  organlari  va  boshqa  davlat  organlari  tomonidan  olib 
boriladigan  davlat  statistika  kuzatuvlari  dasturlarini  tasdiqlash  hamda  idoraviy 
xususiyatdagi statistika kuzatuvlari shakllarini kelishib olish; 

 
moliya,  bojxona,  soliq  organlaridan,  banklardan,  boshqa    idoralar  va 
xizmatlardan,  yuridik  shaxslar  hamda  ularning  vakolatxonalari  va  filiallaridan, 
jismoniy  shaxslar,  shu  jumladan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlardan  davlat  statistika 
hisobotlari, idoraviy hisobga olish ma’lumotlari hamda davlat statistika ishlarini olib 
borish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday 
bosqichida), shuningdek ularga ilova etiladigan tushuntirish-izohlarni so‘rash hamda 
olish va statistika maqsadlarida foydalanish; 

 
korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarda  statistika  ma’lumotlari 
ishonchliligini  tekshirish,  qoida  buzarliklar  aniqlangan  taqdirda  ularni  bartaraf  etish 
haqida ko‘rsatma berish va statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; 

 
olinayotgan  statistika  ma’lumotlarining  to‘liqligi  hamda  holisligini 
ekspertizadan o‘tkazish; 

 
statistika  ma’lumotlarini  taqdim  etayotgan  davlat  organlari,  yuridik 
shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka 
tartibdagi  tadbirkorlar  bajarilishi  majburiy  bo‘lgan  normativ-huquqiy  hujjatlar  qabul 
qilish; 

 
davlat  statistika  hisobotlarini  taqdim  etish  tartibini  buzgan  shaxslarga 
nisbatan qonunga muvofiq ravishda jarima sanksiyalarini qo‘llash; 

 
yuridik  shaxslar  va  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarni  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazish  ishini  amalga  oshirayotgan  organlardan  korxonalar  va  tashkilotlarning 
yagona davlat registrini yuritish uchun zarur ma’lumotlar olish; 

 
 
 


 
Davlat  statistika  ishlari  dasturiga  kiritilmagan  statistikaga  oid,  tahliliy, 
axborot,  noshirlik  xizmatlari  va  boshqa  xizmatlarni  shartnoma  asosida  qonun 
hujjatalrida belgilangan tartibda ko‘rsatish; 

 
boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari 
bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish; 

 
ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish. 
 
1.4. Iqtisodiy statistikaning asosiy vazifalari 
 
Mamlakatimiz  iqtisodiyotining  bozor  munosabatlariga  o‘tishi,  iqtisodiy 
islohatlarni  chuqurlashtirish  makro-mikroiqtisodiy  statistikaga  ma’suliyatli  vazifalar 
yuklaydi.  
Bu vazifalarning asosiylari qo‘yidagilardir: 

 
statistika  sohasida  yagona  siyosatni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish, 
xalqaro  talablar va  andozalarga  mos  keladigan statistikani tashkil  etishning  samarali 
tizimini ta’minlash; 

 
ilmiy  asoslangan,  bozor  iqtisodiyotining  asosiy  tamoyillariga  javob 
beradigan,  milliy  hisobotlar  tizimini  ta’minlaydigan  statistika  metodolgiyasi  va 
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; 

 
milliy  iqtisodiyot  tarmoqlaridagi  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar 
hisobotlarini  bozor  munosabatlariga  moslashtirish,  hisobot  ko‘rsatkichlarining 
tezkorligini, ma’lumotlarning ishonchligi va holisligini ta’minlash. 

 
iqtisodiy  reusrlar.  ularning  tarkibi  va  dinamikasi,  tarmoqlar  va  sohalar 
bo‘yicha taqsimlanishi, ulardan samarali foydalanish natijalarini aniqlash; 

 
iqtisodiy  tarmoqlar  va  sohalari  o‘rtasidagi  munosabatlarni,  tarmoq 
mahsulotlari  hajmi,  tarkibi,  iqtisodiy  rivojlanish  sur’atlari  iste’mol  va  jamg‘arish, 
hamda iqtisodiy faoliyat yakunlarini aniqlash; 

 
mamlakat  aholisi  soni,  tarkibi.  aholi  migratsiyasi  mehnat  resurslari,  ish 
bilan  bandlik,  sog‘lom  avlodni  tarbiyalash  kabi  demografik  ko‘rsatkichlarni 
o‘rganish; 

 
mamlakat  milliy  boyligi,  uning  tarkibi,  asosiy  va  aylanma  mablag‘lar 
miqdori va ulardan samarali foydalanishi ko‘rsatkichlarini o‘rganish; 

 
davlat  byudjeti,  daromadlari  va  harajatlari  ko‘rsatkichlarini  o‘rganish, 
byudjet  daromadlarining  bajarilishi  va  harajatlarining  to‘g‘ri  va  belgilangan 
me’yorlarda ishlatishini o‘rganish; 

 
pul  muomalasi,  moliyaviy  kredit  operatsiyalari,  qimmatbaho  qog‘ozlar 
va fond bozori, sug‘urta jarayonlarini o‘rganish va shu kabilardir. 
 
Umuman olganda barcha ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdorini, 
takibini va dinamikasini kuzatib, bo‘limlar, firmalar, korxonalar ya’ni barcha faoliyat 
yurituvchi  sub’ektlar  bo‘yicha,  hamda  tuman,  shahar  va  viloyatlar,  mamlakat 
miqyosida  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarning  rivojlanishini  ifodalovchi  ma’lumotlarni 
to‘plash,  tezkor  qayta  ishlash  guruhlash  va  tegishli  boshqaruv  organlariga 
yetkazishdir.  
 

 
 
 

«Iqtisodiy statistikaning predmeti, usullari 
 va asosiy vazifalari» mavzusi bo‘yicha  tayanch iboralar 
 
Makroiqtisodiy  statistika,  mikroiqtisodiy  statistika,  makro-mikroiqtisodiy 
statistika  predmeti  va  ob’ektlari,  ommaviy  hodisa  va  jarayonlar,  statistika  usullari, 
miqdor va sifat, statistika organlari, milliy hisobotlar tizimi. 
 
«Iqtisodiy statistikasining predmeti, usullari va asosiy vazifalari» mavzusi 
bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish va muhokama uchun savollar. 
 
1.
 
Iqtisodiy statistika fanining predmeti. 
2.
 
Iqtisodiy statistika fanining ob’ektlari 
3.
 
Iqtisodiy statistika fanining usullari 
4.
 
Iqtisodiy statistikaning vazifalari 
5.
 
O‘zbekistonda statistik ishlarining tashkil etilishi 
6.
 
Iqtisodiy  statistikaning  boshqa  iqtisodiy  va  ijtimoiy  fanlar  bilan 
bog‘liqligi. 
 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 
dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. 
«O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida 
davlat dasturi». 
3.
 
Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 
5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar 
uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistika. Samarqand, SamKI, 2002. 
10. Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 
11.  Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005. 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 

Mavzu II. MAKROIQTISODIY STATISTIKADA QO‘LLANILADIGAN 
GURUHLASH VA TASNIFLASHLAR 
                   
                 Reja: 
 
1.
 
Iqtisodiy  faoliyat  turlarini  mulk  shakllari,  ma’muriy  va  iqtisodiy  hududlar 
bo‘yicha tasniflash. 
2.
 
Iqtisodiy faoliyat turlarini tarmoqlar bo‘yicha tasniflash. 
3.
 
Iqtisodiy faoliyat turlarini sektorlar bo‘yicha tasniflash. 
 
1. Iqtisodiy faoliyat turlarini mulk shakllari, ma’muriy va iqtisodiy hududlar 
bo‘yicha tasniflash 
 
O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  BMTga  a’zo  (1992  yil  2  mart)  bo‘lib, 
dunyodagi juda ko‘p mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarini amalga 
oshira  boshladi.  Natijada  mamlakat  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarini  xalqaro  hisob 
ko‘rsatkichlari bilan moslashtirish zaruriyati tug‘ildi. Shunday qilib, mamlakatimizda 
Milliy hisoblar tizimi (MHT) ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.  
Ma’lumki, 
makroiqtisodiy 
statistika 
ob’ektiga 
hududlar, 
mamlakat 
miqyosidagi  iqtisodiy  faoliyat  ko‘rsatkichlaridir.  Lekin  ular  minglab  ishlab 
chiqaruvchi  va  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  firmalar,  dehqon-fermer  xo‘jaliklari, 
korxonalar,  tashkilotlar,  muassasalar  va  boshqa  ob’ektlar  iqtisodiy  faoliyatlardan 
tashkil topadi.  
Bu  sub’ektlarning  ko‘plari  mehnat  ishlab  chiqarish  va  ularni  sotish  bilan, 
ayrimlari  turli  xil  xizmat  ko‘rsatish  bilan,  ba’zilari  esa  ilmiy,  ma’rifiy,  madaniy  va 
boshqa faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu sub’ektlar soni, 
tarkibi  va  faoliyat  turlari  o‘zgarib  turadi.Shuning  uchun  bu  xo‘jalik  yurituvchi  
sub’ektlar  faoliyatini  makrodarajada  o‘rganish  va  tahlil  qilish  uchun  mulk  shakllari, 
iqtisodiy va ma’muriy hududlar bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi.  
«O‘zbekiston Respublikasida  Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga binoan (4-
modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga keladi: 

 
fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; 

 
jamoa  (shirkat)  mulki,  shu  jumladan,  mahalla,  kooperativ  mulk,  … 
aksionerlar jamiyati …; 

 
Respublika, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, 
ma’muriy-hududiy 
tuzilmalar (maishiy) mulkdan iborat davlat mulki; 

 
aralash mulk; 

 
qo‘shma  korxonalar,  ajrabiy  fuqarolar,  tashkilotlar  va  davlat, 
shuningdek, ajnabiy yuridik shaxslar mulki. 
Ushbu 
guruhlashga 
asosan 
xo‘jalik 
yurituvchi 
barcha 
sub’ektalr 
makrodarajada quyidagicha guruhlanadi: 
1. Davlat mulki. 
2. Jamoa-kooperativ mulki. 
3. Jamoa mulki. 

 
 
 

4. Turli jamiyatlar (aksionerlik) mulki; 
5. Xususiy mulk. 
6. Shaxsiy mulk. 
Statistik  ma’lumotlar,  ko‘pincha  davlat  va  nodavlat  sektorlariga  guruhlanib 
ko‘rsatilsada,  nodavlat  sektori,  shu  jumladan  deb  nomlanib,  xususiy  mulk,  jamoa 
mulki,  qo‘shma  korxonalar  va  chet  el  fuqarolari  mulki  va  shu  kabi  guruhlarga 
ajratilib ko‘rsatiladi.  
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektalrning  mulk  shakli  bo‘yicha  bunday  guruhlar 
bo‘lib  faoliyat  ko‘rsatkichlarining  ifodalanishi  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotini 
yaratishda ularning o‘rnini, qanday o‘zgarayotganligini aniqlash imkonini beradi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  hududi  447,4  ming  kv.km.  bo‘lib,  tabiiy,  iqlim 
sharoiti,  aholi  joylanishi,  iqtisodiy  salohiyati  har  xildir.  Shuning  uchun  ham 
makroiqtisodiy  faoliyat  ko‘rsatkichlarini  statistik  o‘rganishda    iqtisodiy  hududlar  va 
ma’muriy  bo‘linishlari  bo‘yicha  guruhlash  lozim  bo‘ladi.  O‘zbekiston  hududi  tabiiy 
joylanishi  va  iqtisodiy  rivojlanishi  bo‘yicha  8  ta  iqtisodiy  rayonga  bo‘linadi.  Bular: 
Toshkent,  Mirzacho‘l,  Farg‘ona,  Samarqand,  Buxoro-Qizilqum,  Qashqadaryo, 
Surxandaryo  va  Quyi-Amudaryo  iqtisodiy  rayonlaridir  («Iqtisodiy  geografiya» 
fanidan bu iqtisodiy hududlarning guruhlashtirish mohiyatini chuqur o‘qigansizlar). 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
ma’muriy 
jihatdan 
12 
ta 
viloyat 
va 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasiga  bo‘linadi.  Ular  o‘z  navbatida  tumanlarga, 
shaharlarga  bo‘linadi.  Bunday  hududalr  bo‘yicha  guruhlab  o‘rganish,  mamlakat 
iqtisodiyotida  hududlarning  to‘tgan  o‘rni  va  rivojlanishini,  hamda  iqtisodiyotni 
rivojlantirish  uchun  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirish,  hududlararo  iqtisodiy 
aloqalarni yanada yaxshilash imkonini beradi.  
 
2. Iqtisodiy faoliyat turlarini tarmoqlar  
bo‘yicha tasniflash 
 
Mamlakatda  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  juda  ko‘p  bo‘lib,  ularni  ishlab 
chiqarayotgan  mahsulot  turlari,  bajarayotgan  xizmatlarining  bir  xilligi,  texnologik 
jarayonlarning  o‘xshashliklari  (ma’muriy-hududiy  jihatdan  qayerda  faoliyat 
ko‘rsatishiga  qaramasdan)  bo‘yicha  guruhlash  mumkin.  Misol  uchun,  non  ishlab 
chiqarish  texnologiyasi  barcha  hududlarga  bir  xil.  Non  ishlab  chiqarish  uchun  un, 
yog‘  va  shu  kabi  mahsulotlar  ishlatilib,  tez  tayyor  bo‘ladi  va  tez  sotilib  iste’mol 
qilinadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.  
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  bir  turdagi  ishlab  chiqarish  faoliyati  bo‘yicha 
birlashtirilib  (guruhlashtirilib)  xalq  xo‘jaligi  tarmoqlarini  tashkil  etadi.  Tarmoqlar 
bajaradigan  ishlarining  mohiyati,  xususiyati  va  ijtimoiy  mehnat  taqsimotiga  qarab 
guruhlanadi.  Xalq  xo‘jaligi    tarmoqlari  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  va  mahsulot 
yaratishdagi qatnashishiga qarab 2 ta guruhga: moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan  
va moddiy ne’matlar ishlab chiqarmaydigan soha tarmoqlariga bo‘linadi.  
Xalqaro  miqiyosda  xalqaro  andozaviy  tarmoqlar  tasnifi  (XATT)  qo‘llanadi. 
XATT  –  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  ketma-ketligi  qoidasi  bo‘yicha  tuzilib, 
natural  tabiiy  resurslardan  foydalanuvchi    tarmoqlardan  (qishloq  xo‘jaligi,  o‘rmon 

 
 
 
10 
xo‘jaligi, baliqchilik va shu kabilar) boshlanib, qazib oluvchi, qayta ishlovchi sanoat, 
qurilish, aloqa, transport, moliya va hokazo tarmoqlarga bo‘linadi.  
Makrodarajada yagona tarmoq tasnifidan foydalanish firma, korxonalardan to 
yirik tarmoqlargacha, hamda mamlakat milliy iqtisodiyotigacha axborotlarni to‘plash, 
iqtisodiy  ko‘rsatkichlarning  holatini  va  o‘zgarishini  nazorat  qilish  natijasida 
mamlakatni to‘g‘ri boshqarish va oqilona iqtisodiy siyosat yuritishga imkon beradi.  
Iqtisodiy faoliyat xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi  BMT tomonidan qabul 
qilingan  bo‘lib,  nafaqat  alohida  olingan  mamlakat,  balki  dunyo  miqyosida 
mamlakatlararo iqtisodiy va sotsial rivojlanish ko‘rsatkichlarni taqqoslash va xalqaro 
mehnat taqsimotini yanada yaxshilash imkonini yaratadi.  
 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling