Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»
Iqtisodiy faoliyat turlarini sektorlar
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Xususiy sektor. XXB tarmoq tasnifi Xalqaro tarmoq tasnifi
- I. Nomoliyaviy korxonalar sektori
- MHT dagi sektorlar tasnifi Sektorlar Iqtisodiy vazifasi Faoliyati uchun resurslar manbai
- «Makroiqtisodiy statistikada qo‘llaniladigan guruhlash va tasniflashlar» mavzusidan o‘z-o‘zini nazorat qilish va muhokama uchun savollar.
- Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar
- 1. Satistik ko‘rsatkichlar tizimi to‘g‘risida tushuncha
- 2. Milliy mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi makro-mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining asosi.
- Milliy mahsulotning doimiy aylanishi
- Moddiy ishlab chiqarish
- Nomoddiy ishlab chiqarish
3. Iqtisodiy faoliyat turlarini sektorlar bo‘yicha tasniflash Iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar sektorlar bo‘yicha ham guruhlanadi. Xalq xo‘jaligi balansi (XXB) tizimida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qanday mulk shakliga asoslanganligiga qarab sektorlarga bo‘lingan. XXB bo‘yicha quyidagi sektorlarga guruhlangan: I. Sotsialistik sektor 1. Davlat sektori. 1.1. Xo‘jalik hisobidagi korxonalar. 1.2. Moliyaviy korxonalari 1.3. Byudjet tashkilotlari 2. Kooperativlar. 3. Jamoat tashkilotlari 4. Ishchi-xizmatchilarning yordamchi xo‘jaligi 5. Kooperativ a’zolarining yordamchi xo‘jaligi II. Xususiy sektor. XXB tarmoq tasnifi Xalqaro tarmoq tasnifi 1. Moddiy ishlab chiqarish Sanoat Qishloq xo‘jaligi Qurilish Transport (yuk transporti) Aloqa Savdo, tayyorlov, moddiy-texnika ta’minot Moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari 2. Nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish Yakka xizmatlar ko‘rsatish Qishloq xo‘jaligi, ovchilik va o‘rmon xo‘jaligi Baliqchilik Kon sanoati Tayyorlov sanoati Elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti Ulgurji va yakka savdo, avtomobil, mototsikl, tele-radio apparaturalarni ta’mirlash Mehmonxonalar, restoranlar Transport, aloqa, omborxonalar xizmati Moliya vositachiligi Ko‘chmas mulk, arenda va boshqa tijorat faoliyati 11 Uy-joy kommunal xizmati Maishiy xizmatlar Maorif Madaniyat va san’at Meditsina Sotsial ta’minot Fizkultura Turizm Kollektiv xizmatlar Fan va ilmiy xizmatlar Davlat boshqaruvi va mudofaa, majburiy sotsial ta’minot Maorif Meditsina va sotsial xizmatlar Ma’lumki xalq xo‘jaligi balans tizimi uchun asos qilib, moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar olingan. Shuning uchun ham xizmat ko‘rsatuvchi, sog‘liqni saqlash, fan va boshqa tarmoqlar mehnati va ko‘rsatkichlari XXBda to‘liq o‘z aksini topmagan. Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga katta ahamiyat berilib, yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda xalqaro miqiyosda qo‘llanadigan milliy hisoblar tizimi joriy qilindi. Milliy hisoblar tizimida (MHT) moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, taqsimlash va iste’mol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy vazifasiga qarab guruhlarga ajratilgan. MHTda iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega sub’ekt institutsion birlik deb ataladi. Institutsion birlik o‘z mol-mulkiga ega bo‘lib, ularni o‘z ixtiyori bilan foydalana oladigan, mustaqil faoliyat yuritib, daromad oluvchi hamda barcha moliyaviy majburiyatlarini bajaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Ularning banklarda hisob raqamlari bo‘lib, hisob-kitob ishlarini to‘liq o‘zlari yuritadi. MHTda institutsion birliklar iqtisodiy faoliyatining turlari va bajaradigan vazifalarining o‘xshashliklariga qarab sektorlarga guruhlanadi. Sektorlar o‘z navbatida quyi sektorlarga (sektorchalarga) ajratilib guruhlanadi. MHT bo‘yicha institutsion birliklar quyidagi sektorlarga guruhlanadi: I. Nomoliyaviy korxonalar (tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish) II. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar). III. Davlat boshqaruv idoralari. IV. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat nodavlat tashkilotlar. V. Uy xo‘jaliklari. I. Nomoliyaviy korxonalar sektori moliyaviy tashkilotlardan tashqari, barcha tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar (institutsion birliklar) kiradi. ular o‘z mahsulotlarini sotib, xizmat haqi olib, faoliyati davomida qilgan harajatlarini qoplab, ma’lum darajada daromad olib iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bu sektorga mulk shaklidan qat’iy nazar barcha qishloq xo‘jaligi korxonalari, firmalarni, zavod va fabrikalarni, transport va boshqa shu kabi faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni kiritish mumkin. Bu sektorga kiruvchi birliklar quyidagi quyi (kichik) sektorlarga bo‘linadi: 1.1. Davlat sektori. 1.2. Nodavlat (xususiy) sektor. 12 1.3. Chet el firmalari II. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar) sektoriga moliyaviy vositachilik va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni birlashtiradi. Demak bu sektorga tajorat banklari marakaziy bank, sug‘urta tashkilotlari, qarz beruvchi jamiyatlar (kredit uyushmalar) va shu kabi muassasalar kiradi. Bu sektorga kiruvchilar pul, valyuta mablag‘larini saqlash, moliya resurslarga talab bo‘lganlarga qarz berish (ma’lum daromad olish hisobi bilan) qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish. ularning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishdan iborat. Markaziy bank vazifasiga ko‘ra boshqa moliyaviy birliklardan farq qiladi. O‘zbekiston Respublika Markaziy banki milliy valyutani emissiya qiladi va uning barqarorligini ta’minlaydi, mamlakatda hisob-kitob ishlari ustidan nazorat olib boradi, pul-kredit siyosatini amalga oshiradi va mamlakatning oltin-valyuta zahirasini (fondini) saqlaydi. Sug‘urta tashkilotlari iqtisodiyotning turli sohalarida ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlarni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Ular o‘z faoliyatlarini sug‘urta badallari va bo‘sh mablag‘lardan foydalanish bilan yuritadilar. III. Davlat boshqaruv idoralari sektoriga hokimiyat, sud, prokuratura, mudafaa, militsiya, maorif, madaniyat va shu kabi davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirish (davlat qaramog‘idagi) davlat idoralari va tashkilotlari kiradi. Ularning asosan vazifalari mamlakatning xavfsizligini, aholining tinchligi va asoyishtaligini, qonunlarga amal qilinishini ta’minlaydilar. Demak davlat boshqaruv idoralari sektoriga kiruvchi birliklar, nobozor xizmatlar ko‘rsatib, ularning asosiy maqsadi daromad olish emas. IV. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat nodavlat tashkilotlar sektoriga aholining individual va jamoa talabini qondirish uchun bozordan tashqari (nobozor) xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi (institutsion birliklar) kiradi. Ularga turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar va turli ilmiy- madaniy jamiyatlarni kiritish mumkin. Bu tashkilotlar mablag‘lari asosan jamiyat (tashkilot) a’zolari badallari, aholi va boshqalar bergan ixtiyoriy tushumlardan, xayriyalardan tashkil topadi. Ular faoliyatlarining boshqalardan asosiy farqi, faoliyatlarining asosiy maqsadi daromad olish emas (notijorat harakterga ega), faoliyati davlat va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilmaydi. V. Uy xo‘jaligi sektori aholi va aholi guruhlarini (oila a’zolari) – daromadlarini birgalikda tasarruf etuvchilarni o‘z ichiga oladi. Ular ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar iste’molchilari, hamda ishchi kuchini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida faoliyat yurituvchi yuqorida qayd qilingan 5 sektorga guruhlangan institutsion birliklar chet el rezidentlari bilan ham operatsiyalar amalga oshiradi. Ularning chet el rezidentlari bilan iqtisodiy munosabatlarini jamlash uchun MHTda tashqi dunyo sektori mavjud. Tashqi dunyo sektoriga mamlakat rezidentlari va norezidentlarining tovar va xizmatlar, aktiv va passivlar, investitsiya va kreditlar, daromadlar bo‘yicha chet el birliklari bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlari kiradi. MHTdagi sektorlar tasnifi qo‘yidagi jadvalda keltirilgan. Umuman faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni mulk shakllari, hududlar (faoliyat yuritgan), iqtisodiy sektorlar bo‘yicha tasniflash va guruhlash mamlakat 13 iqtisodiyotini makrodaraja o‘rganishga, tarmoqlarning hududlar bo‘yicha joylanishi va rivojlanishini, kelgusi rejalarni tuzishga yordam beradi. MHT dagi sektorlar tasnifi Sektorlar Iqtisodiy vazifasi Faoliyati uchun resurslar manbai 1.Nomoliyaviy korxonalar 1.1. Davlat sektori 1.2. Nodavlat (xususiy) sektor 1.3. Chet el firmalari Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish Tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan tushumlar, mulkdan olingan daromadlar 2. Moliya tashkilotlari 2.1. Markaziy bank 2.2. Pul korporatsiyalari 2.3. Yordamchi moliya tashkilotlari 2.4. Sug‘urta va nafaqa fondlari Moliya resurslarini yig‘ish, o‘tkazish va taqsimlash Sug‘urta va nafaqa fondlarini tashkil qilish Moliya operatsiyalaridan olingan foizlar, foydalar. Sug‘urta va nafaqa badallari. Mulkdan olingan daromadlari 3. Davlat boshqaruv idoralari 3.1. Markaziy hukumat idoralari 3.2. Mahalliy hokimiyat idoralari 3.3. Sotsial ta’minot fondlari Aholi guruhlariga, uy xo‘jaligiga nobozor xizmatlar ko‘rsatish, milliy daromad va boylikni taqsimlash va qayta taqsimlash Bevosita yoki bilvosita olingan soliqlar 4. Uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar Uy xo‘jaliklariga, aholi guruhlariga nobozor xizmatlar ko‘rsatish Ixtiyoriy to‘lovlar, badallar, mulkdan olgan daromadlari 5. Uy xo‘jaliklari 5.1. Ish beruvchilar 5.2. O‘zi uchun ishlovchilar 5.3. Yollangan ishchi- xizmatchilar 5.4. Xususiy mulkdan daromad oluvchilar Tovar va xizmatlarni iste’mol qilish, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish Ish haqi, mulkdan olgan daromadlari, transportlar, tovar va xizmatni sotishdan tushgan tushumlar «Makroiqtisodiy statistikada qo‘llaniladigan guruhlash va tasniflashlar» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar. Iqtisodiy faoliyat, milliy hisoblar tizimi (MHT), iqtisodiy rayonlar, hududiy va ma’muriy guruhlash, xalq xo‘jaligi tarmoqlari, xalqaro andozaviy tarmoqlar, moddiy ne’matlar, institutsion birliklar, nomoliyaviy korxonalar, uy xo‘jaligi, tashqi dunyo 14 «Makroiqtisodiy statistikada qo‘llaniladigan guruhlash va tasniflashlar» mavzusidan o‘z-o‘zini nazorat qilish va muhokama uchun savollar. 1. Iqtisodiy faoliyat yurituvchilarni makrodarajada guruhlash va tasniflashning ahamiyati. 2. Iqtisodiy faoliyat turlarini mulk shakllari bo‘yicha guruhlash. 3. Iqtisodiy faoliyat turlarini ma’muriy va iqtisodiy hududlar bo‘yicha guruhlash. 4. Iqtisodiy faoliyat turlarini tarmoqlar bo‘yicha guruhlash. 5. Iqtisodiy faoliyat turlarini sektorlar bo‘yicha guruhlash. Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistika. Samarqand, SamKI, 2002. 10. Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 11. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 15 Mavzu III. MAKRO-MIKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR TIZIMI Reja: 1. Satistik ko‘rsatkichlar tizimi to‘g‘risida tushuncha 2. Milliy mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi makro- mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining asosi 3. Makro-mikroiqtisodiy statistika fanining ko‘rsatkichlar tizimi 1. Satistik ko‘rsatkichlar tizimi to‘g‘risida tushuncha Jamiyatda bo‘layotgan barcha iqtisodiy voqea va hodisalar qandaydir ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Bu voqea-hodisalarning miqdori esa sonlarda (raqamlarda) ko‘rsatiladi. Voqea-hodisalar makon va zamonda shunchalik ko‘p sodir bo‘ladiki, ularni ifodalash uchun juda ko‘p ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Biror korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ham natural, ham pul (so‘mda) ifodalanishi mumkin. Masalan: Samarqand shahridagi № 1 non zavodi 2005 yil 10 sentyabrda oliy Navli nondan – 1460 kg, birinchi Navli bug‘doy nonidan – 18240 kg, jami – 19700 kg non mahsuloti ishlab chiqargan. Bu mahsulotning qiymati – 216000 so‘m bo‘ladi. Bu non zavodi o‘sha kuni 2 turdagi mahsulot ishlab chiqargan. Lekin korxona, firmalar ko‘p turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham korxona, tashkilot, firmalarning ko‘rsatkichlari pulda ifolanadi. Og‘irlik bilan o‘lchanadigan voqea hodisalar – og‘irlik o‘lchov birligi: kg, tonna kabi o‘lchovlar Bilan ifodalanadi. Bularga misol bo‘lib, tayyorlangan paxta, yetishtirilgandan (bug‘doy, arpa, makkajo‘xori) mahsulotlari, qazib olingan ko‘mir, temir rudalari vash u kabilar. Hajmi bilan o‘lchanadigan voqea-hodisalar-hajmi o‘lchov birligida: litr, , kub metr (m 3 ) kabi birliklarda ifodalanadi. Bularga misol: neft va neft mahsulotlari hisoblanadi. Uzunlik bilan ifolanagan voqea-hodisalar – uzunlik o‘lchov birligida: sm, m, km. larda ifodalangan temir, avtomobil yo‘llari bo‘la oladi. Demak voqea – hodisalar mohiyatiga qarab, qandaydir bir o‘lchov birligida sonli miqdorda (raqamda) ifodalanar ekan. Miqdorlar – voqea –hodisalarning tashqi qiyofasini, qanchaligini ifodalaydi. Lekin shu voqea-hodisalarning holati va o‘zgarishini ifodalovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar ularning sifat mohiyatini ham ochib beradi. Shunday qilib, statistik ko‘rsatkichlar bir (bitta) yoki bir nechta (to‘plam, guruh) voqea hodisalarning xususiyatini, belgisini, holatini, o‘zgarishini ifodalovchi raqamlardir (sonlardir). Agar raqam (son) bitta voqea-hodisani ifodalasa-bu yakka statistik ko‘rsatkich hisoblanadi. Voqea – hodisalar to‘plamini tavsiflovchi raqamlar (sonlar) umumlashtiruvchi statistik ko‘rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar – iqtisodiy munosabatalarda bo‘layotgan voqea- hodisalarni ifodalaydi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash va iste’mol bilan bog‘liqdir. Bunday iqtisodiy ko‘rsatkichlar nafaqat ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini, bilki ular bilan bog‘liq aholi soni,ish bilan bandlik, aholi daromadlari,harajatlar va 16 boshqa madaniy-ma’rifiy sohada bo‘ladigan voqea-hodisalar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Har qanday iqtisodiy ko‘rsatkichlarda voqea –hodisaning nomi (tavsifi), makon (qayerda sodir bo‘lganligi) va zamon (qachon sodir bo‘lganligi) jihatlarini bildiruvchi hamda miqdoriy tavsifini bildiruvchi raqamlar (sonlar) bo‘ladi. 2. Milliy mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi makro-mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining asosi. Jamiyat insonlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq. Insonlar yashashi va faoliyat yuritishlari uchun moddiy ne’matlar zarur. Ularni insonlarning o‘zi ishlab chiqaradi. Insonlar ovqatlanib, o‘z kuchini saqlashi, issiq-sovuqdan saqlanishi uchun juda ko‘p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq ovqat buyumlari kerak bo‘ladi. Insonlar ma’lum bir hududda yashaydilar. Bu hududlarnng tabiiy sharoiti, tabiiy boyligi, iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq ravishda ma’lum turdagi mahsulot va buyumlarni ishlab chiqarish ko‘proq shug‘ullanadilar. Demak, hududlar bo‘yicha mehnat taqsimoti vujudga kelib, bu hududlarda ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlar iste’molchilarga yetkazish uchun taqsimlanadi. Insonlarning ehtiyoji ham turlichadir. Shuning uchun ham ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlar taqsimlash jarayonidan o‘tar ekan. Iste’molchilarga yetkazilgan tovarlar ayirboshlanadi. Bunda dastlab biror mahsulot unga teng bo‘lgan mahsulotga (tovarga) almashtirilgan. Bir tovarni (mahsulotni) bevosita ma’lum miqdorlarda boshqa tovarga (mahsulotga) ayirboshlash barter deb ataladi. Barter iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy usulidir. Insoniyat jamiyatining dastlabki rivojlanishida mahsulot bilan mahsulot almashtirilgan, hozirgi paytda barter inflyatsiya juda yuqori bo‘lib, pul qadrsizlangan va oldi sotdi tovar muomalasi izdan chiqqan paytlarda qo‘llanilishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida tovarlarni ayirboshlash oldi-sotdi muomalasi bilan pul vositasida amalga oshiriladi. Tovarlar oldi-sotdi muammolari naqd pulsiz (to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, akkreditiv va boshqa tularini – boshqa fanlardan o‘rgatiladi) va naqd pul bilan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar) oraliq iste’mol, jamoa va aholi iste’moli bilan ishlatiladi. Shunday qilib, mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish doimo takrorlanib turadi. Bu takrorlanish kengaytirilgan va takomillashgan takroriy ishlab chiqarish bo‘ladi. Milliy mahsulotning doimiy aylanishi Iste’mol Mahsulot ishlab chiqarish Ayirboshlash Taqsimlash 17 Milliy mahsulotning doiraviy aylanishda asosiy bo‘g‘in mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Mahsulot ishlab chiqarish barcha omillar ta’sirida bo‘lgan mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liqdir. Insonlarga faqat oziq-ovqat, kiyim- kechak kerak bo‘lmasdan, ularning sog‘ligini ta’minlovchi sog‘liqni saqlash muassasalari, ta’lim olishi uchun maktab, o‘quv yurtlari, dam olish uchun madaniy- maishiy (kino, teatr, kitob-jurnallar, muzika, hammom va shu kabilar) muassasalarning xizmati ham zarur bo‘ladi. Demak, ishlab chiqarish tarmoqlari bilan bir vaqtda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha korxona, tashkilot, firmalar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisoblanadi. Bu sub’ektlar iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, takror ishlab chiqarish jarayonining qatnashchilaridir. Ishlab chiqarish – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga bo‘linadi. Moddiy ishlab chiqarish – moddiy buyum shakliga ega bo‘lgan predmetlardir. Ularga oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, mashina, asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni (sub’ektlarni)kiritish mumkin. Bunday mahsulotlar bozor munosabatlari sharoitida oldi-sotdi muomalasi orqali almashib, tovar sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar iste’mol talabiga ega bo‘lishi lozim. Ular to iste’molchiga sotilmaguncha ma’lum muddatgacha saqlanadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish tarmoqlarini kiritish mumkin. Nomoddiy ishlab chiqarish – moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, ammo zarur bo‘lgan turli xizmat ko‘rsatish faoliyatlari hisoblanadi. Masalan: shifokor – insonning salomatligini yaxshilaydi, o‘qituvchilar-o‘quvchilarga bilim beradi, xullas transport, aloqa, madaniy-maishiy xizmatlar zarur. Xizmatlar ko‘pincha shunga ehtiyoj bo‘lganda bevosita iste’molchiga ko‘rsatiladi. Demak, xizmatlar ko‘rsatish o‘ziga xos bo‘lib, bu yerda takror ishlab chiqarish jarayoni (ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol) bir vaqtning o‘zida, juda tez amalga oshmoqda. Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi keng taraqqiy etib, yuqori sifat darajasiga ko‘tariladi. Mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar juda ko‘p bo‘lib, ularning bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda, doimo iqtisodiy munosabatda bo‘ladilar va mamlakat miqyosida milliy iqtisodiyotni tashkil etadilar. Demak, milliy iqtisodiyotning eng quyi hamda eng asosiy pog‘onasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar deb ataluvchi: korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xo‘jaliklar (dehqon, fermerlar), firmalar va shu kabilar tashkil etadi. Ularning tegishli mol-mulki bo‘lib, ulardan foydalanib, daromad oladilar. Bunday iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar ma’lum hududlarda joylashgan bo‘ladi. Mamlakat ichki iqtisodiyotining gorizantal tarzda o‘rgansak, u ma’lum bir hudud: xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, tuman, viloyat, iqtisodiy rayonlar – iqtisodiyotlaridan tashkil topadi. Statistika iqtisodiyotning hududlar bo‘yicha holati, joylanishi va rivojlanishini o‘rganib borishi lozim. Iqtisodiy faoliyat yurituvchilarni vertikal tarzda ko‘rib chiqsak, ular bir turdagi yoki bir-biriga o‘xshash turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) birlashib, uyushma, birlashma, konsern, korporatsiya kabi uyushmalarga birlashgan. Keyinchalik ular iqtisodiy tarmoqlarini, kichik tarmoqlarni 18 (tarmoq osti tarmoqlarini) tashkil etadi. Korxonalar (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar) va tarmoqlar iqtisodiyoti mikroiqtisodiyot deb yuritiladi. Tarmoqlarning holati hududlar bo‘yicha joylanishi va rivojlanishi statistika ob’ekti hitsoblanadi. Demak, bo‘lim, sex, korxona, firma, muassasa, tashkilot, xullas iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar, tarmoqlar iqtisodini mikroiqtisodiy statistika o‘rganadi. Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tarmoqlarda yaratilgan (ishlab chiqilgan) mahsulotlar va xizmatlar yig‘indisi yalpi ishlab chiqarish deyiladi. Bu mahsulot va xizmatalrning bir qismi tovar sifatida sotilmasdan (bozorga chiqarilmasdan) ushbu korxonaning o‘zida iste’mol qilinadi. Masalan: chorvachilikda sog‘ilgan sutning ma’lum qismi, buzoqlarga berish uchun qoldirilishi mumkin. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotish uchun bozorga taklif etiladigan qismi (katta qismi) Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling