Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»
Korxonalar aylanma mablag‘lar bilan
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Korxonalarda aylanma mablag‘larining foydalanish samaradorligining statistikasi
- Aylanma mablag‘lar (Ay.mabl.) samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash yo‘llari
- Mavzu IX. MAKROIQTISODIY FAOLIYAT NATIJALARI KO‘RSATKICHLARI Reja
- 1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati.
- O‘zbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsulot xajmining dinamikasi jadval Yillar 2000 2002 2003 2004
3. Korxonalar aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligining statistikasi Korxonalar aylanma mablag‘lar bilan yetarli miqdorda va assortimentda ta’minlangan bo‘lishi lozim. Korxonalarning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi. Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘larning haqiqiy qoldiqlari belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri ekanligi; korxona faoliyat natijalariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘larni, asosiy vositalarga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘larni, hamda xodimlarning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini yoki bitta xodimga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar va boshqalar. Faoliyat natijasiga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichi (Ay.mabl. sig‘imi) aylanma mablag‘lar summasini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbatan aniqlanadi. Ay.mabl. Ay.mabl.sig‘imi = ------------------------------ mahsulot hajmi (N) 4810,2 Misolda: o‘tgan yilda = --------------- = 1,050 9345 5830,0 hisobot yilida: = ----------------- = 1,24 5694,5 Aylanma mablag‘lar haqiqiy miqdori bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Ay.mabl.X.K.) aylanma mablag‘lar haqiqiy qoldig‘ini ularning belgilangan me’yorlariga nisbati bilan aniqlanadi. Ay.mabl.X. Ay.mabl.X.K. = ----------------------- Ay.mabl.M. 4810,2 Misolda: o‘tgan yilda = --------------- = 0,936 5140,0 5830,0 hisobot yilida = ----------------- = 1,014 58 5750,0 Asosiy vositalarga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar aylanma mablag‘lar (Ay.mabl.) summasining korxona asosiy vositalar summasiga nisbati bilan hisoblanadi 4810,2 Misolda: o‘tgan yilda = --------------- = 1,013 4747,5 5830,0 hisobot yili = ----------------- = 61,9 % 5147,5 Korxona xodimlarining aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi yoki bir xodimga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar o‘rtacha miqdorlarini xodimlar o‘rtacha soniga nisbati bilan aniqlanadi. Ay.mabl. X Ay.mabl. = ----------------------- xodimlar 4810,2 Misolda: o‘tgan yil X Ay.mabl. = --------------- = 42,9 ming so‘m 112 5830,0 hisobot yili X Ay.mabl.= ----------------- = 48,2 ming so‘m 121 Korxonada ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar hajmi yuqori sur’atlar bilan ko‘paygan sharoitda, har bir xodimga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘larning ortishi ijobiy holder. 59 Aylanma mablag‘lar (Ay.mabl.)bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash yo‘llari Ko‘rsatkichlar tizimi Ay.mabl.ning sig‘imi, ya’ni 1 so‘m natijaga to‘g‘ri keladigan Ay. mabl. Ay.mabl. Am.sg = -------------- N 1 so‘m natija ko‘rsatkichiga qancha Ay.mabl. to‘g‘ri kelishi Ay.mabl.me’yorining haqiqiy miqdori bilan Ay.mabl.. x K. = ----------------- Ay.mabl.m Ay.mabl. haqiqiy summasini me’yorga nisbatini 1 so‘m asosida vositalarga (Av) to‘g‘ri keladigan Ay.mabl. Ay.mabl. AVam = ----------------- Av 1 so‘m Av.ga to‘g‘ri keladigan Ay.mabl. summasini Bitta xodimga to‘g‘ri keladigan Ay.mabl. Ay.mabl. X. Ay.mabl.= ---------------- X 1 ta xodimga to‘g‘ri keladigan Ay.mabl. summasini 60 4. Korxonalarda aylanma mablag‘larining foydalanish samaradorligining statistikasi Korxonalar mavjud mablag‘lari shu jumladan aylanma mablag‘laridan ham samarali foydalanishlari lozim. Aylanma mablag‘lar foydalanish samaradorligini ko‘rsatkichlari tizimi belgilaydi. Ularning asosiylari quyidagilardir: Aylanma mablag‘larning aylanuvchanlik koeffitsienti, boshqacha aytganda aylanma mablag‘lar shu korxonada hisobot (tahlil) davri mobaynida necha marta aylangan. Ishlab chiqarish korxonalarida bu ko‘rsatkichni har bir so‘m aylanma mablag‘larga qancha mahsulot ishlab chiqarilgan deyish ham mumkin. Bu ko‘rsatkich (Ay.mabl.ak) korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (Q) aylanma mablag‘lar o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan hisoblanadi. Q Ay.mabl. ak = ----------------------- Ay.mabl. 4583,3 Misolda: o‘tgan yil X Ay.mabl. = --------------- = 0,95 ming so‘m 112 5694,5 hisobot yili Ay.mabl.ak = ----------------- = 0,98 ming so‘m 5830,0 Aylanma mablag‘larning kunlardagi aylanuvchanligi aylanma mablag‘lar o‘rtacha qiymatini o‘rtacha bir kunlik mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi : (Ay.mabl..a) = Ay.mabl.: Q : Ks Bunda: Ks - hisobot davridagi kunlar soni 4810,2 x 360 Misolda: o‘tgan yil = ------------------- = 377,8 112 5830,0 x 360 hisobot yili = ----------------- = 368,6 5694,5 Aylanma mablag‘lar daromadliligi olingan yalpi daromad summasini aylanma mablag‘lar summasiga foizlardagi nisbati bilan aniqlanadi va bu ko‘rsatkich 100 so‘m aylanma mablag‘lardan foydalanib, qancha daromad olinganligini bildiradi. Daromadlar x 100 Ay.mabl.d = --------------------------- Ay.mabl. 61 511,0 x 100 Misolda: o‘tgan yil Ay.mabl..d = ------------------ = 10,62 4810,2 711,7 x 100 hisobot yili Ay.mabl.d = ----------------- = 12,21 5830,0 Aylanma mablag‘lar rentabelligi (foydaliligi) korxonaning foydasini foydalanishdagi aylanma mablag‘lar summasiga foizdagi nisbati bilan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxona har bir 100 so‘m aylanma mablag‘larga qancha foyda olganligini ko‘rsatadi. foyda x 100 Ay.mabl f = ----------------------- Ay.mabl. 368,0 x 100 Misolda: o‘tgan yil Ay. mablf = ----------------- = 7,65 4810,2 496,2 x 100 hisobot yili AMf = ------------------- = 8,51 5830,0 Aylanma mablag‘larning samaradorligini tahlil qilganda debitor qarzlarning ham aylanuvchanligini aniqlash va tahlil qilish lozim. Bu ko‘rsatkich (D.a) debitor qarzlar summasini hisobot davri kunlariga ko‘paytirib va sotilgan mahsulot hajmiga bo‘lib topiladi. . Debitor x Ks Da = ----------------------- Q 1857,1 x 360 Misolda: o‘tgan yil Da = ---------------------- = 145,9 4583,3 62 Aylanma mablag‘lar (Ay.mabl.) samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash yo‘llari Ko‘rsatkichlar tizimi Ay.mabl.ning aylanuvchanligi, kunlarda Ay.mabl.Ks Ay.mabl.a = ----------- Q Ay.mabl. bir aylanish davrining necha kunligi Ay.mabl. ning aylanuvchanlik koeffitsienti, marta Q Ay.mabl.ak. = --------- Ay.mabl. Tahlil davrida Ay.mabl. ning necha marta aylanishini Ay.mabl.ning rentabelligi F . 100 Ay.mabl. r = ---------- Ay.mabl. 100 so‘m Ay.mabl. summasiga to‘g‘ri keladigan foydani Ay.mabl.ning daromadliligi Dar . 100 Ay.mabl..d = ------------ Ay.mabl. 100 so‘m Ay.mabl. summasiga to‘g‘ri keladigan daromadni Debitorlarning aylanuvchanligi (kunlarda) D . Ks Dat = ------------ Q Debitorlarning bir aylanish davri necha kunligini 63 1950,0 x 360 hisobot yili Da = ------------------------ = 123,3 5694,5 Bu ko‘rsatkich, korxonaning debitorlardagi qarzi o‘rtacha necha kunda qaytib kelishini bildiradi. Misoldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, debitor qarzlar qaytishi hisobot yilida tezlashgan bo‘lsada, lekin u hamon 123,3 kunda qaytarilar ekan. Demak bu korxonada muddati o‘tgan debitor qarzlar mavjud. Ularni tezroq qaytarish bo‘yicha tezda choralar ko‘rilishi lozim. Tahlil davomida aylanma mablag‘larni ifodalovchi bu ko‘rsatkichlarga ta’sir qilgan omillarni aniqlab, ularning salbiy ta’sirlarini bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish zarur. Natijada korxonaning umumiy faoliyat ko‘rsatkichlari ham yaxshilanadi, moliyaviy holati mustahkamlanadi. Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistika. Samarqand, SamKI, 2002. 10. Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 11. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 64 Mavzu IX. MAKROIQTISODIY FAOLIYAT NATIJALARI KO‘RSATKICHLARI Reja: 1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati. 2. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi. 3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari 1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati. O‘zbekiston mustaqillikga erishgach, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar tez suratlar bilan rivojlandi. Xalqaro aloqalar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqqoslanish zaruriyatini tug‘dirdi. Sobiq SSSR davrida xalq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari xalq xo‘jaligi balanslarida (XXB) ifodalanar edi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimida XXB lari faqat moddiy ishlab chiqarish soha tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olar edi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarining asosini davlat korxonalari tashkil etgan, nima ishlab chiqarish va kimga sotish oldindan reja – buyruq bilan kafolatlangan iqtisodiyotda XXBlar xizmat qildi. Lekin bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida turli mulkga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish lozimligi hisob va statistika ishlarini xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan hisoblar tizimiga o‘tish zaruriyatini taqazo etdi. O‘zbekistonda 1994 yilda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tishning Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi. • Davlat statistika va hisobning uslubiy asoslarini qayta kurib chiqish, ularni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga moslashtirish; • Xalq xo‘jaligi balanslari bilan milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini taqqoslash darajasiga keltirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblar tizimini yaratish; • Milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan me’yorlarga muvofiqlashtirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha MHT schyotlarini ishlab chiqish; • Boshlang‘ich hisob shakllarini, buxgalteriya, moliyaviy va bank tizimi hisoblarini xalqaro talablarga moslashtirish; • Aholi va mehnat, narx va tashqi savdo statistikasini xalqaro qoidalarga moslashtirish; • Xalqaro andozalarga mos keladigan yagona tasniflashlar va kodlashtirish tizimini yaratish; • Mulkning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar yagona davlat registrini tashkil etish; • Xalqaro statistika organlariga beriladigan ma’lumotlar tarkibi, davri va berilish tartibini aniqlash va shu kabi ishlardan iborat. 65 Davlat Dasturi asosida xalq xo‘jaligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari xalqaro andozalarga mos keladigan milliy hisoblar tizimiga (MHT) asta – sekinlik bilan o‘tkazila boshladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) bozor iqtisodiyoti sharoitida makrodarajadagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini muvofiqlashtirishda hamda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda foydalaniladi. «Milliy hisoblar» atamasini dastlab Gollandiyalik statistik olim Edvard Van Kliff 1941 yilda ilmiy maqolada qo‘llagan. Uning paydo bo‘lishiga bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, davlat boshqaruvi uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni to‘plash ehtiyoji sabab bo‘ldi.50 yillarda BMTning statistika byurosi topshirig‘iga asosan bir guruh ekspert – statistiklar milliy hisoblar tizimini qo‘llash bo‘yicha uslubiyot tayyorladilar. Natijada Angliya va AQSH hamda bir qancha Yevropa mamlakatlari MHTni qo‘llay boshladilar. BMTning statistika byurosi milliy hisoblar tizimini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirdilar va nihoyat 1968 yilda MHTning standartlari qabul qilindi. 1993 yil fevral oyida Nyu – Yorkdagi statistika komissiyasining navabatdagi sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi. Ushbu standart asosida «O‘zbekiston Respublikasi hisob va statistikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga o‘tkazish» to‘g‘risidagi Davlat dasturi ishlab chiqarildi va asta-sekinlik bilan dastur vazifalari amalga oshirilmoqda. MHT yangi standartida iqtisodiyot sektorlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: • nomoliyaviy korparatsiyalar sektori (tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi); • moliyaviy muassasalar sektori; • davlat muassasalari sektori; • uy xo‘jaligi sektori; • uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektori; • Tashqi iqtisodiy aloqalar sektori. Nomoliyaviy korxonalar guruhi turli mulkga (davlat, jamoa, aksioner, xususiy va shu kabi) asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ular mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi turli korxonalardir. Moliyaviy tashkilotlar guruhiga markaziy va boshqa tijorat banklari, kredit hamda sug‘urta muassasalari kiradi. «Uy xo‘jaligi» guruhi mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilarni ya’ni ishchi va xizmatchilarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, turli xunarmand – kosiblarni o‘z ichiga oladi. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar guruhiga fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, dam olish uylari sanatoriylar hamda jamoa tashkilotlari kiradi. MHT ikki tomondan iborat balans ko‘rinishdagi jadvallardan tuzilgan. Bir tomonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kirimi ko‘rsatilsa, ikkinchi tomonida ularning iste’moli, ishlatilishi ko‘rsatiladi. Tomonlar jami summalari teng bo‘lib, balans ko‘rinishini oladi. 66 Milliy hisoblar – bu xalq xo‘jaligi bo‘yicha milliy daromad va pirovard mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda foydalanish jarayonlarini xarakterlaydigan jamlanma iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi hamda bu operatsiyalar tomonlarining hisoblarida qiymat ko‘rinishida daromad (kirim) yoki harajat (chiqim) sifatida ko‘rsatiladi. MHTda barcha operatsiyalar 3 sinfga ajratiladi. Bular: • tovar va xizmat operatsiyalari; • ayirboshlash operatsiyalari; • moliyaviy operatsiyalar. Tovar va xizmat operatsiyalariga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, bozor va nobozor xizmatlar, asosiy kapital va moddiy aylanma mablag‘lar o‘zgarishi, tovar va xizmatlar eksporti kiradi. Ayirboshlash operatsiyalari xodimlarning mehnat haqi, soliqlar, olingan daromadlar, sug‘urta va subsidiya to‘lovlarini o‘z ichiga olib, sektorlar o‘rtasidagi daromadlarni o‘zaro ayirboshlash operatsiyalarini bildiradi. Moliyaviy operatsiyalar mavjud pul mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar, kredit va zayomlar bo‘yicha bo‘lgan moliyaviy aktivlar va passivlar, hamda fondlarning o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Demak, MHTning XXBdan asosiy farqi , MHTda ishlab chiqarish tarmoqlari ham, noishlab chiqarish sohalari (fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar va shu kabilar) natijalari ham hisobga olinadi. 2. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi. MHTdagi sektorlar hisoblari, hamda iqtisod tarmoqlaridagi hisob axborotlari quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. • yalpi ichki mahsulot (YAIM) • sof ichki mahsulot (SIM) • yalpi milliy daromad (YAMD) • sof milliy daromad (SMD) • pirovard istemol (PI) • yalpi foyda (YAF) • sof foyda (SF) • milliy jamg‘arma (MJ) • milliy boylik (MB) va boshqalar. YAIM – milliy hisoblar tizimida eng asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum davrda (vaqt ichida) pirovard (oxirgi) iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatidir. YAIM pirovard iste’molni bozor baxolarida, ya’ni transport harajatlari, soliqlar (aksiz, qqs) qo‘shilgan holda haridor to‘lagan baholarda hisoblanadi. 67 O‘zbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsulot xajmining dinamikasi jadval Yillar 2000 2002 2003 2004 2005 2006 2007 YAIM xajmi mlrd.so‘m 3255,6 7450,2 9837,8 12261,0 15210,4 20759,3 28186,2 Manba: Uzban iqtisodisti. ISAID. T.: O‘zbekiston. 2006. 17 bet YAIM – ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish darajalarini belgilashda, mehnat unumdorligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblashda foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu mamlakat ichida barcha xo‘jalik birliklari bo‘yicha: (moddiy ne’matlar ishlab chiqarishdagi korxonalar, tashkilotlar, xizmat ko‘rsatuvchi sohani hamda aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini, yakka tartibda mehnat faoliyati natijalari): yaratilgan moddiy ne’matlar va ko‘rsatilgan xizmatlar yig‘indisidir. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling