Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»


  Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana13.12.2020
Hajmi0.83 Mb.
#165967
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Iqtisodiy statistika


2.  Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish 
harajatlari va ularning turlari 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  uchta  element:  mehnat  qurollari,  mehnat 
predmeti  va  jonli  (inson)  mehnat  ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashishi  zarur. 
Shuning  uchun  ham  korxonalar  mahsulot  ishlab  chiqarish  (xizmat  ko‘rsatish) 
uchun  asbob-uskunalar,  xom  ashyo,  materiallar  sotib  oladi,  ishchi  kuchi  yollaydi. 
Korxonaning  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo‘lgan  iqtisodiy  resurslarga  sarflari 
ishlab chiqarish harajatlari deyiladi. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  ketgan  barcha  moddiy  (asosiy  vositalar 
yemirilish, xom ashyo, materiallar va shu kabilar) harajatlar va ishlab chiqarishda 
band  bo‘lgan  hodimlarga  hisoblangan  mehnat  haqi  mahsulot  tannarxini  tashkil 
etadi. 
Korxona  buxgalteriyasida  mahsulot  tannarxi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi № 54-son  qarori bilan tasdiqlangan. 
«Mahsulot  (ishlar  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  harajatlarining  tarkibi 
hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi  to‘g‘risidagi  Nizom»  asosida 
hisobga olib boriladi. 
Mahsulot  tannarxini  aniqlashda  xalq  xo‘jaligi  tarmoqlarining  o‘ziga  xos 
xususiyatlari mavjud. 
Lekin  barcha  tarmoq  korxonalarida  ishlab  chiqarishda  xalq  xo‘jaligi 
tarmoqlari harajatlarining iqtisodiy elementlariga asosan quyidagicha guruhlanadi. 
1.
 
Xom ashyo va asosiy materiallar; 
2.
 
Yordamchi materiallar; 
3.
 
Yoqilg‘i va energiya; 
4.
 
Asosiy va qo‘shimcha ish haqi 
5.
 
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 
6.
 
Asosiy vositalar amartizatsiyasi (eskirish) 
7.
 
Boshqa harajatlar 

 
 
 
127 
 
Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish uchun bo‘ladigan barcha harajatlar. 
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan: 
Mahsulot  tannarxiga  kiritiladigan  harajatlar  quyidagicha  guruhlanadi  a) 
Ishlab chiqarish moddiy harajatlari (xom ashyo, material); 
b) Ishlab chiqarishga oid mehnatga haq to‘lash harajatlari; 
v) Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug‘urtaga ajratma harajatlari 
g)  Asosiy  vositalar  va  ishlab  chiqarishga  oid  nomoddiy  aktivlar 
amortizatsiyasi 
d) Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar. 
II. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan harajatlar: 
a) sotish harajatlari  
b) ma’muriy-boshqaruv harajatlari 
v) boshqa operatsiya harajatlariga guruhlanadi. 
 
Mahsulotning  ayrim  turlari  tannarxiga  olib  borilishiga  qarab  harajatlar 
bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita (egri) guruhlariga bo‘linadi. 
Mahsulot  hajmi  bilan  bog‘liqligiga  qarab,  harajatlar  o‘zgaruvchan  va 
o‘zgarmas (doimiy) harajatlarga bo‘linadi. 
Demak  korxonaning  umumiy  harajatlari  (UX)  doimiy  harajatlari  (DX)  va 
o‘zgaruvchan harajatlar (UX) yig‘indisiga teng masalan: xodim ishbay haq olsa, bu 
o‘zgaruvchan  harajat.  Bir  oylik  maosh  belgilangan  bo‘lsa,  bu  shakli  doimiy 
harajatga olib boriladi. Mahsulot ishlab chiqarish harajatlari bo‘yicha hisobga olib 
boriladi. 
 
3. Korxonalarda mahsulot tannarxi statistikasi 
 
Mahsulot  tannarxi  deb  shu  mahsulotni  ishlab  chiqarishda  uning  tayyor 
bo‘lgunicha  ketgan  barcha  harajatlarning  yig‘indisiga  aytiladi.  Mahsulot  tannarxi 
ishlab chiqarish jarayonining xarakteriga qarab bir necha usullar bilan aniqlanadi. 
1)
 
Oddiy  usul.  (Asosan  1  xil  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarda 
qo‘llaniladi yoki kichik korxonalar) 
2)
 
Tannarxni aniqlashning bo‘linmali usuli 
3)
 
Tannarxni aniqlashning normativ usuli 
4)
 
Tannarxni aniqlashning buyurtmali usuli. 
Indeks  usulidan  foydalanib  korxonanining  mahsulot  ishlab  chiqarish 
rejasining bajarilishi, o‘tgan yillar bilan o‘zgarishini aniqlashimiz mumkin. Bunda 
mahsulot  ishlab  chiqarish  miqdorlari  va  har  bir    tannarxni  ko‘pincha  korxonalar 
qanchalik kamaytirishni rejalashtiradi. 
a) Plan topshirig‘i indeksi                          i
nl    
=  
0
1
Ζ
Ζ
n
  
b) Tannarx dinamikasi indeksi                   i
g    
=   
0
1
Ζ
Ζ
  

 
 
 
128 
              v) Tannarx plan bajarilishi indeksi          i
x
 = 
0
1
Ζ
Ζ
n
  
Z – konkret mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan tannarxlar: 
 
Korxona bo‘yicha umumiy indekslar: 
a) Plan topshirig‘i indeksi               Jnl =
dn
n
dn
Σ
Ζ
Σ
1
/
 
b) Tannarx dinamikasi indeksi:   Jg = 
1
0
1
1
q
q
ΣΖ
ΣΖ
  
                                                                                                                                                                                                                                     
v) Planning bajarilishi darajasi indeksi:   Jznl/ baj. =  
1
0
1
1
q
q
ΣΖ
ΣΖ
                                  
Bir xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar uchun umumiy indeks.                          
                  Jz = 
0
1
Ζ
Ζ

q
q
Σ
Ζ
Σ
1
1
0
0
0
Σ
Ζ
Σ
q
 
 Doimiy  tarkibli    (tarkibi  o‘zgarmaydigan)  ishlab  chiqarish  korxonalarida 
tannarx umumiy indeksi: 
 .                         
                  Jz = 
q
q
Σ
Ζ
Σ
1
1
:
0
0
0
q
q
Σ
Ζ
Σ
 
Mahsulot birligining tannarxining o‘zgarishini umumiy ishlab chiqariladigan 
mahsulot qiymatiga qanday ta’sir qilganligini bilishimiz mumkin. 
 
«Mahsulot ishlab chiqarish va tannarx statistikasi» mavzusi bo‘yicha  
tayanch iboralar 
 
Tugallanmagan  ishlab  chiqarish,  yarim  tayyor  mahsulot,  tayyor  mahsulot, 
tovar  mahsulot,  ishlab  chiqarish  harajatlari,  moddiy  harajatlari,  o‘zgaruvchan 
harajatlar, o‘zgarmas (doimiy) harajatlar. 
 
«Mahsulot ishlab chiqarish va tannarx statistikasi» mavzusi bo‘yicha 
o‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
 
Tugallanmagan ishlab chiqarishga nimalar kiradi? 
2.
 
Yarim tayyor mahsulotlar mohiyati nima? 
3.
 
Tayyor mahsulotlar degani nimani bildiradi? 
4.
 
Sotilgan mahsulot va yalpi mahsulot mohiyati nima? 
5.
 
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar nima? 
6.
 
 Mahsulot tannarxiga  qo‘shiladigan moddiy harajatlar? 
7.
 
Mahsulot tannarxiga kirtiladigan mehnat harajatlar  
8.
 
Mahsulot tannarxini hisoblash usullar 
9.
 
Bir so‘m tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan tannarx summasi. 
 
 
 
 

 
 
 
129 
 
               Foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar 
 
1.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonuni:  Davlat  statistikasi  to‘g‘risida»  2002  yil  12 
dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. 
«O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida 
davlat dasturi». 
3.
 
Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4.
 
Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 
5.
 
Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6.
 
Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7.
 
Nabiyev  X.  va  boshqalar.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  M.:  O‘zb. 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8.
 
Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9.
 
Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistikasi. Camarqand SamKI, 2002.       
10.
 
Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
130 
Mavzu XX. MUOMALA HARAJATLARI STATISTIKASI 
 
 
 
 
 
Reja: 
 
1. Muomala harajatlari mohiyati va turlari. 
2. Muomila harajatlari ko‘rsatkichlari statistikasi. 
3. Muomila harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar. 
 
1. Muomila harajatlari mohiyati va turlari 
 
Jamiyat  yashashi  uchun  tovarlar  ishlab  chiqariladi  va  iste’mol  qilinadi. 
Ishlab  chiqarish  va  iste’mol  doimiy  ravishda  takrorlanaveradi  va  bu  takror  ishlab 
chiqarishning  doiraviy  aylanishi  deyiladi.  Takror  ishlab  chiqarish  kengaytirilgan 
hajmda  bo‘ladi.  Takror  ishlab  chiqarishning  doiraviy  aylanishi  to‘rt  jarayondan 
tashkil  topadi.  Birinchisi  tovarlarni  (mahsulotlarni)  ishlab  chiqarish,  ikkinchisi  – 
ularga  taqsimlash  (iste’molchi  joylariga  yetkazish),  uchinchisi  –  tovarlarni 
ayirboshlash (asosan pul vositasida), to‘rtinchisi – iste’mol jarayonlardir.  
 
Takror ishlab chiqarishning doiraviy aylanish jarayonlari 
 
Tovarlarni 
ishlab 
chiqarish 
 
tovarlarni 
taqsimlash 
  
tovarlarni 
ayirboshlash 
 
tovarlarni 
iste’mol 
qilish 
 
Demak  tovarlarni  (mahsulotlarni)  ishlab  chiqargandan  keyin  ularni 
istemolchilar joylariga taqsimlab, yetkazish lozim bo‘ladi. Ayrim tovarlar (non va 
mahsulotlari,  sut va sut  mahsulotlari va shu kabilar) ishlab  chiqarilgan  joylarning 
o‘zida  yoki  unga  yaqin  joylarda  iste’mol  qilinadi.    Ayrim  tovarlarni 
iste’molchilarga  yetkazish  uchun  juda  uzoq  masofaga  tashish  lozim  bo‘ladi 
(masalan, sitrus o‘simliklari mahsulotlari). Demak har qanday sharoitda ham ishlab 
chiqarilgan  mahsulotlar  taqsimlanib,  kerakli  joylarga  yetkazilar  ekan.  Buning 
uchun  turli  transport  vositalaridan  (temir  yo‘l,  suv  va  havo  transporti, 
avtotransport, truba provod va shu kabilar) foydalaniladi. Tovarlarni transportlarda  
tashish va saqlash jarayonlarida turli xil harajatlar bo‘ladi. Tovarlarni tashib berish 
(ortish,  tushirish,  yetkazib  berish)  xizmatini  ko‘rsatganligi  uchun  transport 
tashkilotlari transport haqi oladilar.  
Ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchilarga sotish bo‘yicha asosan ulgurji 
va  chakana  savdo  bilan  shug‘ullanuvchi  tashkilot  va  firmalar  shug‘ullanadilar. 
Savdo  tashkilotlarning  saqlash  uchun  ombor,  dukonlari  bo‘ladi.  Ular  tovarlarni 
saqalaganda  tovarlar  sepiladi,  to‘kiladi  va  boshqa  tabiiy  kamayishlar  bo‘ladi. 
Bunday  bino  va  boshqa  asbob-uskunalar  bo‘lib,  ular  bo‘yicha  eskirish 
(amortizatsiya)  hisoblanadi.  Asosiy  vositalarni  saqlash  va  ta’mirlash  bo‘yicha 
harajatlar  bo‘ladi.  Savdo  tashkilotlarida  sotuvchilar  va  boshqa  xodimlar  ishlaydi. 
Ularga  to‘lanadigan  mehnat  haqi  va  turli  jamg‘armalarga  ajratmalar  (belgilangan 
tartibda) savdo tashkilotlarining harajatlari hisoblanadi. Savdo tashkilotlariga turli 

 
 
 
131 
xizmatlar  ko‘rsatiladi  (gaz,  elektroenergiya,  suv,  pochta,  telefon  kabilar),  bu 
xizmatlar uchun belgilangan tariflarda xizmat haqi to‘lanadi. Shunday qilib ishlab 
chiqarishdan  tayyor  bo‘lib  chiqqan  tovarlarni  (mahsulotlarni)  iste’molchilarga 
sotishgacha bo‘lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy harajatlari deyiladi.  
Muomala  harajatlari  turli  belgilari  bo‘yicha  guruhlarga  ajratilishi  mumkin. 
Harajatlar  turlari  bo‘yicha:  transport,  mehnat  haqi,  asosiy  vositalarni  saqlash  va 
ta’mirlash,  asosiy  vositalar  eskirish,  ijtimoiy  sug‘urta  va  boshqa  jamg‘armalarga 
ajratmalar,  bankdan  olingan  kreditlar  va  qarzlar  uchun  to‘langan  foizlar, 
tovarlarning  tabiiy  kamayishi,  reklama,  xodimlarning  xizmat  safari  va  boshqa 
harajatlarga  bo‘linadi.  Tovarlarning  sotilish  turiga  qarab:  ulgurji  tovar  aylanishi 
bilan  bog‘liq  harajatlar,  chakana  tovar  aylanishi  bilan  bog‘liq  harajatlar,  umumiy 
ovqatlanish bilan bog‘liq harajatlar kabilarga guruhlanishi mumkin.  
Sotilgan  tovarlar  (mahsulotlar)  hajmiga  qarab:  tovar  aylanmasi  o‘zgarishga 
bog‘liq-o‘zgaruvchan  harajatlar;  tovar  aylanmasi  hajmi  o‘zgarishga  bog‘liq 
bo‘lmagan o‘zgarmas (doimiy) harajatlarga bo‘linadi. 
O‘zgaruvchan  harajatlarga  trasport,  tovarlarning  tabiiy  kamayishi,  ishbay 
haq  to‘lanadigan  xodimlar  mehnat  haqi  va  shu  kabi,  tovar  aylanmasi  hajmi 
ko‘paysa, harajatlar ham ko‘payadigan va uning teskarisi (kamaysa harajatlar ham 
kamayadigan)  harajatlar  kiradi.  O‘zgarmas  (doimiy)  harajatlar  tovar  aylanmasi 
hajmi  o‘zgarishi  (ko‘payish  yoki  kamayish)  bilan  o‘zgarmaydi.  Demak  bunday 
harajatlar  tovar  aylanmasi  hajmiga  bog‘liq  emas.  O‘zgarmas  harajatlarga  asosiy 
vositalar eskirish, rahbar xodimlar mehnat haqi, reklama, ijara haqi _______va shu 
kabi harajatlar kiradi. 
 
 
2. Muomala harajatlari ko‘rsatkichlari statistikasi 
 
Tovarlarni  iste’molchilarga  yetkazib  berilguncha  bo‘lgan  barcha  harajatlar 
pul  qiymatida  umumlashtiriladi  (yig‘iladi)  va  korxona  muomala  harajatlarining 
umumiy  summasini  tashkil  etadi.  Albatta  tovar  aylanmasi  hajmi  katta  bo‘lgan 
tashkilotlarda muomala harajatlarning mutloq summasi ham ko‘p bo‘ladi va uning 
teskarisi  tovarlarni  sotish  bilan  shug‘ullanuvchi  kichik  firmalari,  qaysikim  tovar 
aylanmasi  hajmi  kichik  bo‘lgan  korxonalarda  muomala  harajatlar  summasi  ham 
kam  (kichik)  bo‘ladi.  Shuning  uchun,  muomala  harajatlarining  mutloq  summasi 
bilan,  tashkilotning  muomala  harajatlari  to‘g‘risida  xulosa  qilib,  boshqa  davrlar 
bilan taqqoslab (chunki tovar aylanmasi hajmi har xil) xulosa chiqarib bo‘lmaydi. 
Muomala  harajatlarini  reja  bilan,  o‘tgan  yillar  bilan  dinamik  o‘rganishda  uning 
darajasi asos qilib olinadi.  
Muomala  harajatlari  summmasining  tovar  aylanmasiga  foizlardagi  nisbati 
muomala harajatlarining darajasi (MXd) deyiladi. 
 
 
 
d
МХ
 = 
ТА
МХх
100
 
 
Bu yerda: MX – muomala harajatlarining mutloq summasi; 
 
TA – korxona tovar aylanmasi sumasi. 

 
 
 
132 
Boshqacha  aytganda,  savdo  tashkiloti  har  bir  100  so‘m  tovar  sotish  uchun 
(sotib)  necha  harajat  qiladi  degan  savolga,  muomala  harajatlari  darajasi  javob 
beradi,  hamda  tashkilotlarning  (korxonalarning  firmalarning)  muhim  sifat 
ko‘rsatkichi  bo‘lib  hisoblanadi.  Muomala  harajatlari  darajasi  bo‘yicha  harajatlar 
dinamikasi  taqqoslanib  o‘rganiladi.  Korxonalarning  (firmalarning)  muomala 
darajasiga  qarab,  xo‘jalikni  boshqarish  uslubiga.  iqtisodiy  tejamkorlikga  amal 
qilishiga,  mavjud  mehnat,  moddiy  va  moliyaviy  resurslardan  samarali 
foydalanishiga baho beriladi. 
Savdo  tashkiloti  faqat  ulgurji  sotish  bilan  shug‘ullansa,  muomala 
harajatlarining  darajasi  harajatlar  summasini  ulgurji  tovar  aylanmasiga  bo‘lib 
topiladi. Masalan ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bir yilda 260,0 mln. 
so‘mlik tovar sotgan va 10920,0 ming so‘m harajat qilgan. Demak bu ulgurji savdo 
tashkiloti muomala harajatlari darajasi (MXd) quyidagicha topiladi. 
 
MXd = 
aylanmasi
to
urji
u
х
МХ
summasi
i
ха
rajatlar
muomala
.
var
.
lg
100
)
(
.
.
 = 
%
2
,
4
260000
100
0
,
10926
=
х
 
 
 
Demak bu ulgurji savdo tashkiloti har 100 so‘m tovarni ulgurji sotish uchun 
4  so‘m  20  tiyin  harajat  qilar  ekan.  Savdo  tashkiloti  faqat  chakana  savdo  bilan 
shug‘ullansa  unda  muomala  harajatlarining  darajasi  (MXd)  harajatlar  umumiy 
summasini  chakana  tovar  aylanmasiga  (TA)  foizlarda  bo‘lib  topiladi.  Masalan, 
savdo  firmasi  bir  yilda  128,0  mln,  so‘mlik  tovar  sotdi.  Ushbu  yildagi 
harajatlarining umumiy summasi esa 12.160,0 ming so‘mni tashkil etdi. 
 
 
MXd = 
aylanmasi
to
chakana
x
summasi
i
ха
rajatlar
muomala
.
var
.
100
.
.
.
 = 
%
5
,
9
0
,
000
,
128
100
121600
=
х
 
 
Agarda savdo tashkiloti ham ulgurji, ham chakana savdo bilan shug‘ullansa, 
unda  muomala  harajatlari  darajasi  (MXd)  umumiy  harajat  (savdo  tashkiloti 
ulugurji  va  chakana  tovar  aylanmasi  bo‘yicha  bo‘lgan  harajatlarning  jami 
summasi)  summasini  (MXU)  ulgurji  va  chakana  tovar  aylanmalarining 
yig‘indisiga foizlarda bo‘lib topiladi. 
 
 
MXd = 
aylanmasi
to
chakana
urji
u
summasi
jami
xarajatlar
.
var
.
lg
.
.
+

Savdo  tashikilotlari  bo‘yicha  muomala  harajatlari  darajasi  ko‘pincha 
chakana tovar aylanmasiga nisbatan o‘rganiladi. Shuning uchun ulgurji va chakana 
savdo  bilan  shug‘ullanuvchi  tashkilotlarda  muomala  harajatlarining  umumiy 
darajasi  (MXd)  barcha  harajatlar  summasini  (ham  ulugurji,  ham  chakana  savdo 
bo‘yicha  harajatlar)  chakana  savdo  aylanmasiga  bo‘lib,  100  ga  ko‘paytirib 
aniqlanadi.  
 
 
;
100
.
var
.
.
.
х
aylanmasi
to
chakana
summasi
xarajatlar
barcha
МХ
d
=
 

 
 
 
133 
Statistikada muomala harajatlarining mutloq summalari va darajalarning reja 
topshiriq  yoki  o‘tgan  yillar  (dinamikada)  bilan  farqlari  aniqlanadi.  Agarda 
muomala harajatlari darajasini (MXd) qisqacha U bilan belgilasak, U

– bazis davr 
(reja  yoki  o‘tgan  davr)  muomala  harajatlari  darajasini,  U
1
  –  esa  muomala 
harajatlari hisobot davrdagi haqiqiy darajasini bildiradi. Ularning farqlari esa ∆U = 
U
1
  –  U
0
  hisoblanadi.  Bu  ifoda  muomala  harajatlarining  haqiqiy  darajasini 
taqqoslovchi  bazis  davrga  (rejaga  yoki  o‘tgan  davrga)  nisbatan  necha  punkt 
o‘zgardi  degan  savolga  javob  beradi.  Muomala  harajatlari  darajasining  o‘zgarish 
(kamayish yoki ko‘tarilish, o‘sish) sur’ati quyidagicha topiladi.  
 
 
 
 
 
 
0
0
1
100
)
(
U
х
U
U
yoki 
;
100
0
U
Uх

 
 
Muomala harajatlari darajasi pasayishidan savdo tashikiloti iqtisod (tejalgan) 
summani  topish  uchun,  muomala  harajatlari  darajasining  pasaygan  (∆MXd) 
darajasini haqiqiy tovar aylanmasiga ko‘paytirish lozim. 
 
 
 
(- ∆MXd) x T.A.; 
 
3. Muomala harajatlari darajasiga ta’sir etuvchi omillar 
 
Toshkent  rahbarlari,  mutaxassislar  muomala  harajatlarini  o‘rganib,  tahlil 
qilib, ular summasini kamaytirish, iqtisodiy tejamkorlikga erishish, ayniqsa savdo 
sifatiga  ta’sir  qilmaydigan  unumsiz  harajatlarni  kamaytirish  imkoniyatlarini 
topishlari  lozim.  Buning  uchun  muomala  harajatlariga  ta’sir  etuvchi  omillarni 
hisobga  olish  zarur.  Muomala  xarajatlari  darajasiga  ta’sir  etuvchi  omillarni 
quyidagicha guruhlash mumkin. 
Tovar  aylanmasi  hajmiga  bog‘liq  omillar.  Savdo  tashkilotlarining  tovar 
aylanmasi  hajmi  ko‘payishi  bilan,  harajatlar  summasi  ham  ko‘payadi,  lekin 
ularning  darajasi  (o‘zgarmas  harajatlar  hisobiga)  pasayadi.  Shuning  uchun  ham 
savdo tashiklotlari ko‘proq tovarlarni sotishga harakat qilishlari lozim.  
Tovar  aylanmasining  tarkibiga  bog‘liq  omillar.  Ma’lumki  iste’molga  juda 
ko‘p  tovar  turlari  lozim.  Ular  savdo  tashkilotlarida  sotiladi.  Ularning  muomala 
harajatlari turlicha. Masalan hajmi katta tovarlarni (mebelga o‘xshash) transportda 
tashishga  boshqa  tovarlarga  nisbatan  ko‘p  harajat  qilinadi.  100  so‘mlik  shakarni 
sotishga  nisbatan  bir  necha  baravar  ko‘p  harajat  (tashib  keltirish,  saqlash,  sotish) 
qilinadi  va  hokazo.  Tovarlar  narxlari  va  tovar  aylanishining  tezligi  bilan  bog‘liq 
omillar.  Tovar  aylanmasi  summasi  sotilgan  tovarlar  miqdori  (q)  va  narxlarga  (p) 
juda  bog‘liq.  Tovarlar  narxlari  pasaysa,  muomala  harajatlari  darajasi  ko‘trariladi, 
chunki  transport  harajatlari,  asosiy  vositalar  eskirishi  va  ularni  saqlash  kabi 
harajatlar  o‘zgarmasdan  qoladi.  Narx  kamayishi  bilan  sotilgan  tovarlar  miqdori 
o‘zgarmasa  ham  tovar  aylanmasi  hajmi  kamayadi.  Natijada  harajatlari  darajasi 
ko‘tariladi. 
Muomala  harajatlari  darajasiga  tovarlar  aylanish  tezligi  ham  ta’sir  qiladi. 
Tovarlar  aylanish  tezligi  oddiy  aytganda  ma’lum  davrda  avvalgidan  ko‘proq 
hajmdagi tovarlarning sotilishidir. Tovarlar aylanuvchanligi tezlashganda umuman 

 
 
 
134 
nisbatan  barcha  harajatlar,  ayniqsa  olingan  kreditlar  uchun  to‘lanadigan  foizlar, 
tovarlarni  saqlash,  ularning  nobudgarchiligi  bilan  bog‘liq  harajatlar  kamayadi. 
Natijada,  muomala  harajatlarining darajasi  pasayadi.  Shuning uchun  ham  tovarlar 
ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga  mos ravishda kichik hajmdagi qadoqlangan 
tovarlarni  ko‘proq  ishlab  chiqarsa,  tovar  aylanuvchanligi  tezligiga  ijobiy  ta’sir 
qilishi mumkin.  
Umuman  muomala  harajatlari  darajasiga  juda  ko‘p  omillar  ta’sir  qiladi. 
Ularga  boshqarishning  mukammalligi,  ishni tashkil  etish, xodimlar  mutaxassisligi 
va  tajribasi,  tovarlar  harakati,  savdo  tashkilotining  moddiy-texnika  bilan 
ta’minlanganligi,  xizmat  ko‘rsatuvchi  korxonalar  ko‘rsatgan  xizmatning  sifati 
(transport, gaz, elektroenergiya, aloqa va shu kabilar) va boshqa shu kabi omillar. 
Tashkilot  boshqaruv  apparati  (firma  rahbariyati)  harajatlarni  muntazam  nazorat 
qilib borishlari xo‘jasizlarcha bo‘ladigan harajatlarga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.   
 
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling