Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»


 Davlat byudjeti harajatlari statistikasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana13.12.2020
Hajmi0.83 Mb.
#165967
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Iqtisodiy statistika


3. Davlat byudjeti harajatlari statistikasi 
 
Davlat byudjeti harajatlariga davlatning o‘z funksiyasini bajarish maqsadida 
mamlakatni  boshqarish,  mudofaa  qilish,  xalq  xo‘jaligini  rivojlantirish  hamda 
ijtimoiy  sohani  yanada  yaxshilash  bo‘yicha  davlat  byudjetidan  qilgan  sarflari 
yig‘indisiga aytiladi. 
Respublika  Davlat  byudjetining  2005  yilgi  harajatlari  3420,0  mlrd.  so‘mni 
tashkil qildi.  
Davlat mamlakatni boshqarish uchun xokimiyat apparatini saqlashi, tartibni 
saqlash  va  qonunni  himoya  qilish  uchun  sud,  prokuratura,  ichki  ishlarni  tuzadi, 
hamda barcha harajatlarini byudjetdan qoplaydi. 
Davlat mamlakatni himoya qilish (tashqi va ichki qarshi kuchlardan) uchun 
mudafaa  –  qurolli  kuchlarni  tashkil  etadi  va  barcha  harajatlarni  byudjetdan 
sarflaydi. 
Davlat  madaniy  sohasidagi  barcha  asosiy  harajatlarini  byudjetdan 
moliyalashtiriladi. 
Davlat byudjeti harajatlarini  ikki  xil  guruhlash  mumkin:  a)  yo‘nalishi  ya’ni 
qaysi  funksiyani  bajarish  uchun  sarflangani  bo‘yicha;  b)  sarflarning  iqtisodiy 
mohiyati bo‘yicha. 

 
 
 
85 
Respublika  Prizidenti  I.A.Karimov  2005  yilni  “Sixat-salomatlik  yili”  deb 
e’lon qildi. 
Yuqorida  yozilganlardan  ma’lumki,  davlat  byudjeti  ijtimoiy  sohani 
(sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya,  fan,  madaniyat  va  shu  kabi)  hamda  mamlakatni 
boshqarish va mudafaa qilishga sarflanadi. Bunday sarflarni quyidagicha tasniflash 
mumkin. 
 
Davlat byudjeti harajatlari (YAIM ga nisbatan foiz hisobida)  
 
YAIM ga 
nisbatan, % 
Jamiga 
nisbatan, % 

 
Ko‘rsatkichlar 
1999 
2000 
1999 
2000 
1.  Jami harajatlar  
31,0 
29,5 
100,0  100,0 
Ijtimoiy soha: 
11,5 
10,4 
37,0 
35,4 
- ta’lim-tarbiya 
7,5 
7,0 
24,2 
23,6 
- sog‘liqni saqlash 
2,9 
2,6 
9,2 
8,7 
- madaniyat 
0,7 
0,4 
2,1 
1,5 
- ilm-fan 
0,2 
0,1 
0,7 
0,5 
2. 
- ijtimoiy ta’minot 
0,2 
0,3 
0,7 
1,0 
Ijtimoiy muhofaza: 
2,9 
2,3 
9,3 
7,7 

kommunal 
xizmatlardan 
foydalanish uchun subsidiyalar 
 
0,8 
 
0,6 
 
2,7 
 
2,0 
- yosh bolali oilalar uchun nafaqalar  1,8 
1,6 
5,8 
54 
3. 
-  kam  ta’minlangan  oilalar  uchun 
nafaqalar 
 
0,2 
 
0,1 
 
0,8 
 
0,3 
 
 
 
 
 
 
 
«Davlat  byudjeti  harajatlarining  iqtisodiy  klassifikatsiyasi»  O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirining 1999 yil 9 denkabrdagi № 230 – son buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan. 
Davlat  byudjeti  harajatlari  iqtisodiy  mohiyati  bo‘yicha  quyidagicha 
tasniflanadi: 
I.  Joriy  sarflar  –  davlat  byudjeti  sarflarining  katta  qismini  tashkil  etadi.  Bu 
guruhga davlat boshqaruv sektorining barcha joriy harajatlari kiradi. 
II.  Kapital  sarflar  –  bu  tarmoqlarni  rivojlantirish  uchun  asosiy  kapital, 
nommodiy aktivlar, yer moddiy zaxiralar, qimmatbaho buyumlar sotib olish va shu 
kabi boshqa kapital sarflarni o‘z ichiga oladi. 
III.  Kreditlash  minus  qarzning  qoplanishi  –  bu  guruhga  davlatga  tegishli 
muassasalarning  boshqalarga  bergan  ssudalarni  yoki  aksiyalarni  sotib  olishga 
sarflangan  (qaytarilgan  ssudalar  va  qaytarib  sotilgan  aksiyalar  qiymati  chiqarib 
tashlanganidan keyin) harajatlar kiritiladi. 
Davlat byudjetining asosiy parametr ko‘rsatkichlari har yili Respublika Oliy 
Majlisida ko‘rib chiqiladi. Yil davomida davlat byudjeti ijrosini Respublika Moliya 
vazirligi  va  uning  joylardagi  hududiy  (viloyat,  shahar,  tuman)  moliya  organlari 

 
 
 
86 
amalga  oshiradi.  Xo‘jalik  yurituvchi  boshqa  soliq  to‘lovchilardan  soliqlarning 
to‘g‘ri hisoblanganligini va o‘z muddatida byudjetga o‘tkazilganligini Davlat Soliq 
Qo‘mitasi  va  joylardagi  uning  boshqarmalari  nazorat  qilib  boradi.  Davlat 
byudjetiga  tushgan  mablag‘lar  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  yoki 
boshqa tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlarda (Respublika byudjeti, mahalliy 
byudjetlar)  saqlanadi  va  Moliya  vazirligi  ko‘rsatmasi  bilan  sarflanadi.  Shuning 
uchun  ham  soliq,  bojxona  organlari,  banklar  davlat  byudjetiga  tushumlar 
(daromadlar)  hamda  byudjet  mablag‘larini  ishlatuvchilar  olingan  mablag‘larni 
maqsadli, reja (smeta) asosida foydalanganliklari bo‘yicha hisobot topshiradilar. 
Umuman  davlat  byudjetini  o‘rganishda  statistik  usullardan  keng 
foydalaniladi.  Amaliyotda  davlat  byudjeti  daromadlari  rejasining  bajarilishi 
(hududlar  bo‘yicha,  daromad  turlari  bo‘yicha),  daromadlarning  bir  necha  yillarda 
umumiy  hajmining  va  turlari  bo‘yicha  o‘zgarishini  dinamika  qatorlaridan 
foydalanib aniqlanadi. 
Daromadlar  tushumini  tahlil  qilganda  indeks  usulidan  foydalanib,  soliq 
solinadigan baza  (B),  soliq stavkasi  (SS) va  soliqning  yig‘ilish  darajasiga  (d) deb 
olinib, ularning o‘zgarishi soliqning umumiy hajmiga ta’sirini (∆st – soliq tushimi 
hajmining farqi) aniqlash mumkin. 
O‘tgan davrdagi soliq hajmi: ST

=B
0
· SS
0
· d
0
 ; 
Joriy yildagi soliq tushumi: ST
1
= B
1
· SS
1
· d
1

Joriy yilda soliq tushumining o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi (farqi) ∆ST 
=  St
1
-ST
0
.  Bu  farqga  yuqoridagi  uchta  omilning  ta’sirini  qo‘yidagicha  aniqlash 
mumkin: 
a) Soliq solish bazasining o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri: ∆STa 
= (B
1
-B
0
)· SS
0
 · d
0

b)  Soliq  stavkasining  o‘zgarishining  soliq  tushumi  umumiy  hajmiga  ta’siri. 

STb = (SS

– SS
0
) · d
0
B
1

v) Soliq yig‘ilishi darajasi o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri ∆STv 
= B
1
· SS
1
(· d
1
-d
0

 
4. Davlat byudjeti defitsitini qoplash manbalari 
 
Davlat  byudjeti  defitsiti  (taqchilligi)  deganda  byudjet  daromadlaridan 
harajatlarning  ko‘p  bo‘lganligi  tushuniladi.  Ko‘pgina  davlatlarda,  hatto  iqtisodiy 
rivojlangan  mamlakatlarida  ham  byudjet  defitsiti  kuzatiladi.  XVF  ning 
ma’lumotiga ko‘ra 2000 yilda  126 davlatdan 98 tasi byudjeti defitsit bo‘lgan. 
2004  yil  O‘zbekiston  Davlat  byudjeti  taqchilligi  YAIMga  nisbatan  0,4  % 
tashkil etdi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining  defitsit  bo‘lishiga  bozor 
munosabatlariga  o‘tish  sharoitida  aholining  kuchli  ijtimoiy  himoya  qilinishi 
natijasida  ijtimoiy  sohaga  yildan-yilga  ko‘proq  mablag‘  ajratilishi  hamda 
xodimlarning  minimal  ish  haqining  miqdorini  har  yili  oshirib  kelinishi  asosiy 
sabablardan biridir. 
2004 yil ijtimoiy sohani rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy 
ko‘rsatkichlarini  yaxshilashga  katta  ahamiyat  berildi.  Natijada  aholi  jon  boshiga 

 
 
 
87 
yalpi  ichki  mahsulot  6,5  %,  aholining  ish  bilan  bandligi  –  3,4%,  real  pul 
daromadlar  16  %  ko‘paygan,  davlat  tomonidan  kam  ta’minlangan  oilalarga 
to‘lanadigan  yordam  va  nafaqalar  ko‘paygan.  Faqat  «Mehr  va  muruvvat  yili» 
dasturi  doirasida  aholining  ijtimoiy  ko‘makka  muhtoj  qatlamlariga  yordam  va 
boshqa tadbirlarga 377, 5 milliard so‘m sarflangan. 
Faqat  keyingi  yillarda  Respublika  Prezidenti  farmoniga  asosan  2002  yilda 
minimal ish haqi 2 marta (2002 yil 1 apreldan, 2002 yil 1 avgustdan), 2003 yilda 
1,2  barovar va  2004 yilda  1  avgustdan  1,3  baravar  oshirildi.  2002  yil  aprel  oyida 
minimal ish haqi miqdori 3945 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2004 yil avgust oyidan 6530 
so‘mni tashkil etadi, ya’ni ushbu davr ichida 165,5 % o‘sgan. 
Davlat  byudjeti  defitsiti  ichki  va  tashqi  manbalar  hisobidan  qoplanishi 
mumkin.  Byudjet  defitsitini  qoplovchi  ichki  manbalarga  davlat  boshqaruviga 
qarashli  va  iqtisodiyotning  boshqa  sektorlariga  qarashli  mablag‘larning  jalb 
qilinishi:  Respublika  Markaziy  bankidan  olinadigan  qarzlar,  davlatning  qisqa  va 
uzoq  muddatli  obligatsiyalarini  chiqarish  va  sotish,  yangidan  pul  chop  qilib, 
muomalaga chiqarish (pul emissiyasi) va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. 
Tashqi  manbalar  ham  mamlakat  byudjet  defitsitini  qoplash  uchun  xorijiy 
davlatlardan,  xalqaro  tashkilotlar,  banklardan  olinadigan  qarzlar  yoki  ularning 
mablag‘larini iqtisodiyotga jalb qilishdir. 
Demak davlat byudjetining difitsitini qoplash davlatning ichki va tashqi qarz 
majburiyatlarini  ko‘paytiradi.  Lekin  yuqoridagi  davlat  byudjeti  defitsitini  qoplash 
manbalari  iqtisodiyotni  rivojlantirishga  turlicha  ta’sir  qiladi.  Masalan,  yangi  pul 
massasini  muomalaga  (pul  emissiyasi)  chiqarish,  tovar-moddiy  boyliklar  bilan 
ta’minlanmagan  muomaladagi  pulning  ko‘payishiga  olib  keladi,  natijada  narxlar 
oshib, inflyatsiya darajasi ko‘tariladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari 
jadval 
 
Daromad  
Harajat 
Sal’do 
Yillar  
Mlrd. 
so‘m  
YAIMga 
nisb.% 
Mlrd. 
so‘m 
YAIM% 
nisb.% 
Mlrd. 
so‘m 
YAIM% 
nisb.% 
1996 
192,9 
34,5 
203,3 
36,4 
10,7 
-1,9 
1997 
294,0 
29,8 
317,8 
32,2 
23,8 
-2,4 
1998 
438,7 
32,3 
467,0 
34,4 
28,3 
-2,1 
1999 
621,8 
29,2 
658,7 
30,9 
36,9 
-1,7 
2000 
911,8 
28,5 
944,6 
29,6 
32,8 
-1,0 
2001 
1265,8 
26,0 
1329,8 
27,0 
64,0 
-1,0 
2002 
1882,3 
25,2 
1949,5 
27,1 
67,2 
-0,9 
2003 
2342,0 
24,2 
2376,9 
24,6 
34,9 
-0,4 
2004 
2749,3 
22,5 
2743,2 
22,9 
211,9 
-0,4 
 
Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va 
keyinga stat. ma’lumotlar. 

 
 
 
88 
  
“Davlat byudjeti statistikasi” mavzusi bo‘yicha  
tayanch iboralar 
 
Davlat  byudjeti,  byudjet  daromadlari,  soliq  tushumlari,  soliqsiz  tushumlar, 
fiskal  siyosat,  byudjet  harajatlari,  joriy  harajatlar,  byudjetning  kapital  sarflari, 
byudjet  kamomadi  (taqchilligi),  byudjetidan  moliyalashtirish,  byudjet  taqchilligi 
manbalari. 
 
“Davlat byudjeti statistikasi” mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va 
muhokama qilish uchun savollar 
 
1.
 
Davlat byudjetining iqtisodiy mohiyati. 
2.
 
Davlat byudjeti statistikasining vazifalari. 
3.
 
Davlat byudjeti daromadlari va uning manbalari. 
4.
 
Davlat byudjeti daromadlari soliq tushumlari. 
5.
 
Davlat byudjeti daromadlari soliqsiz tushumlari. 
6.
 
Davlat byudjeti harajatlari tasnifi. 
7.
 
Byudjetning ijtimoiy sohaga harajatlari. 
8.
 
Byudjetning iqtisodiyotni (tarmoqlarni) rivojlantirishga qilgan sarflari. 
9.
 
Davlat byudjeti defitsiti va uni qoplash manbalari. 
 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 
12 dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) 
qarori.  «O‘zbekiston  hisob  va  statistika  tizimini  jahon  andozlariga 
o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 
3.
 
Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining 
asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4.
 
Abdullayev  Yo.  Makroiqtisodiy  statistika:  100  savol  va  javob.  T: 
Mehnat, 1998. 
5.
 
Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6.
 
Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7.
 
Nabiyev  X.  va  boshqalar.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  M.:  O‘zb. 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8.
 
Soatov  N.M  Statistika.  Darslik.  T.:  A  Sino  nomli  tibbiyot  nashriyoti, 
2003 
9.
 
Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 
10.
 
Shodiyev  X.,  Hamroyev  M.  Moliya  statistikasi.T.:  A.  Sino  nomidagi 
tibbiyot nashriyoti., 2002. 
11.
 
Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005. 
 

 
 
 
89 
Mavzu XIII. PUL MUOMALASI VA KREDIT     
STATISTIKASI 
 
 
Reja: 
 
1.
 
Pul  muomalasi  mohiyati  va  bozor  munosabatlari  sharoitida  pul  muomalasi 
statistikasi vazifalari. 
2.
 
Muomaladagi pul massasi ko‘rsatkichlari. 
3.
 
Kredit mohiyati, manbalari va turlari. 
 
1.
 
Pul muomalasi mohiyati va bozor munosabatlari sharoitida pul 
muomalasi statistikasi vazifalari. 
 
 
Iqtisodiy nazariya fanida pulning paydo bo‘lish tarixi va uning funksiyalari: 
qiymat  o‘lchov,  muomala  vositasi,  to‘lov  vositasi,  jamg‘arma  vositasi  vazifalari 
o‘rganilgan. Pul muomalasi statistikasi ob’ekti bo‘lib pul muomalasi bilan bog‘liq 
ko‘plab hodisalarning miqdori jihatlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida baholash 
va ularning o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganishdir. 
 
Ma’lumki,  pulning  yuqoridagi  o‘z  vazifalarini  bajarishdagi  to‘xtovsiz 
harkati pul muomalasini tashkil etadi. Pul muomalasi naqd va naqdsiz mablag‘lari 
harakatida  nomoyon  bo‘ladi.  Demak,  tayyor  mahsulotlar,  tovarlar  sotish,  xizmat 
ko‘rsatish  va  turli  xil  to‘lovlarni  amalga  oshirish  jarayonlaridagi  pullarning  naqd 
va naqd pulsiz hisoblar orqali bo‘ladigan harakatlari pul muomalasini tashkil etadi. 
 
Statistikada pul massasi, uning darajasi, davr mobaynida dinamik o‘zgarish, 
tarkibi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar yordamida pul muomalasi o‘rganiladi. Bu 
ko‘rsatkichlarni  ifodalovchi  miqdorlar  o‘rganilib,  pul  muomalasini  tavsiflovchi 
sifat o‘zgarishlarni aniqlaymiz. 
 
Pul  muomalasi  bozor  iqtisodiyotining  moliyaviy  asoslaridan  biri  bo‘lib, 
uning  barqarorligi  mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlantirishning  kengayishi  aholining 
bandligini ta’minlovchi, narxning keskin tebranishga yo‘l qo‘ymaydigan quroldir. 
 
Shuning  uchun  ham  pul  muomalasi  statistikasining  asosiy  vazifasi 
muomaladagi pul massasining miqdorini va uning o‘zgarishini o‘rganishdir. 
 
Pul muomalasi va kredit statistikasining asosiy vazifalari: 

 
pul massasi miqdori va uning tarkibini o‘rganish; 

 
pulning  aylanishini  izohlash  va  pulning  qadrsizlanishga  sabab  bo‘lgan 
omillarni o‘rganish; 

 
kredit siyosati va kredit turlarini o‘rganish; 

 
Ssuda foizini va ssudalarning qaytarilishini o‘rganish; 
 
               2. Muomaladagi pul massasi ko‘rsatkichlari 
 
Barcha  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar,  aholi  tovarlarni  sotish,  xizmatlar 
ko‘rsatish  va  turli  xil  to‘lovlarni  amalga  oshirish  jarayonida  naqd  pul  yoki  naqd 
pulsiz  hisob-kitoblarni  bajaradi.  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  (bundan  keyin 
korxonalar) faoliyatlarini yuritish uchun kerakli mehnat predmetlarini sotib olishi; 
xodimlarni ishlatib, ularga ish haqi to‘lashlari, byudjetga soliqlarni o‘tkazishlari va 

 
 
 
90 
shu kabi to‘lovlarni amalga oshirish lozim. Aholi o‘z ehtiyojlari uchun oziq-ovqat 
tovarlarini sotib olishi; transport, kommunal xizmatlar uchun (gaz, svet, suv va shu 
kabilar)  to‘lovlarni amalga oshirishi  lozim.  Bu  operatsiyalarni  amalga oshirishlari 
uchun korxonalarga ham, aholiga ham yetarli miqdorda pul mablag‘lari kerak. 
Xalqaro  valyuta  fondi  (XVF)  tasdiqlangan  standartlarga  asoslangan  holda 
umumiy pul miqdori quyidagicha aniqlanadi. 
M
0
 – naqd pullar; 
M
1                       
M
0
  +  talab  qilib  olinguncha  depozitdagi  pullar:  ya’ni  byudjet 
mablag‘lari,  jamoa  va  boshqa  tashkilotlarning  hisob-kitob  schetlaridagi  pul 
mablag‘larining qoldig‘i; 
M

 
       
M

+ banklardagi muddatli va jamg‘armali omonatlar (depozitlar). 
M
3
          M
2
 + chiqarilayotgan sertifikatlar + zayom obligatsiyalari + hazina 
majburiyatlari. 
O‘zbekisitonda  ham  bu  pul  massasi  agregatlaridan  foydalanilmoqda  va  u 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
M
0
 – naqd pullar; 
M
1
 – M
0
 + hisob varaqlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari + 
jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari; 
M
3
  –  M
2
  +  sertifikatlar  +  maqsadli  zayom  obligatsiyalari  +  Xazina 
majburiyatlari. 
Ma’lum  davrda  muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  pul  miqdori  quyidagicha 
aniqlanadi. 
Pm
 

.
.
. Т
А
P
Х
МКТ
КТ
ТХ


+



 
 
Bu yerda Pm = muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori; 
Σ
TX – sotilish lozim tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi; 
Σ
KT – Kreditga sotilgan tovarlar summasi. 
Σ
MKTX – to‘lov muddati kelgan, qarzga sotilgan tovarlar va xizmatlar. 
P.A.T. – pulning aylanish tezligi. 
Agarda keditga sotiladigan tovarlarning hozirgi paytda yo‘qligini yoki (- KT 
va ΣMKTX) o‘zaro teng bo‘lishini inobatga olsak, asosan  
       Pm = 
.
.
. Т
А
P
ТХ

;  Bu yerda PMx P.A.T. = ΣTX yoki Σqp: 
Amerikalik iqtisodchi olim I. Fisher pulning miqdoriy nazariyasini quyidagi 
«almashuv tengligi» bilan ifodalagan: 
       MU = QP 
Bu yerda: M – muomaladagi pullar miqdori; 
               U – pulning aylanish tezligi; 
               Q  - tovarlar fizik hajmi; 
                P – narxlarning o‘rtacha darajasi. 
Demak yuqoridagi formulalardan ko‘rinib turibdiki, baho (narx) darajasi pul 
massasi  va  uning  aylanish  tezligiga  to‘g‘ri,  tovar  hajmi  bilan  esa  teskari 
bog‘lanishda. 
P = 
ТХ
PММхPА
 yoki  
Q
U
М .


 
 
 
91 
Shuning  uchun  ham  narxning  (bahoning)  ko‘paytirilib  ketmasligi  ishlab 
chiqarilayotgan tovar-mahsulot hajmiga bog‘liq ekan. 
O‘zbekistonda 1995 yilda nominal pul massasi M
2
 bo‘yicha pul massasining 
1994  yildagi  o‘sish  darajasidan  1,5  baravar  (marta)  kam  bo‘lgan.  Respublika 
Markaziy  banki  tomonidan  inflyatsiyaga  qarshi  olib  borilayotgan  chora-tadbirlar 
natijasida muomaladagi pul massasining o‘sish sur’atlari qisqarib bormoqda. 
 
           
 3. Kredit mohiyati, manbalari va turlari 
 
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni 
ma’lum  maqsad  uchun  pulga  muhtojlarga  ma’lum  muddatga  foizi  bilan  qaytarish 
sharti  bilan  qarzga  berishdir.  Kreditning  mavjudligi  takror  ishlab  chiqarish 
jaryonida  pul  mablag‘larining  (kapitalning)  aylanishi  bilan  bog‘liq.  Takror  ishlab 
chiqarish  jaryonining  biror  joyida  vaqtincha  bo‘shab  qolgan  mablag‘lar,  takror 
ishlab  chiqarishning  boshqa  biror  joyida  kerak  bo‘lib,turganda,  bo‘sh  mablag‘lar 
kredit  manbai  sifatida  paydo  bo‘ladi.  Bozor  munosabatlarining  boshlang‘ich 
davrlarida  mablag‘larga  talab  ko‘payadi.  Shuning  uchun  ham  hozir  kredit  xalq 
xo‘jaligi  tarmoq  korxonalarini  rivojlantirishda,  umuman  pul  aylanmasini  tashkil 
etishda ahamiyati katta.  
Kredit resurslarining asosiy manbalari: 

 
korxona, tashkilotlarning bankdagi amartizatsiya ajratmalari; 

 
takror aylanish jarayonida korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari; 

 
korxonalarning  fan  va  texnikani  rivojlantirish  fondlari,  moddiy 
rag‘batlantirish va boshqa fondlar mablag‘lari; 

 
aholining bankdagi omonatda saqalanayotgan mablag‘lari; 

 
Byudjet  muassasalari,  kasaba  uyushmalari    va  boshqa  nodavlat 
tashkilotlarining banklardagi pul mablag‘lari. 
Kreditni  tijorat  banklari,  korxona  va  tashkilotlar,  kredit  uyushmalari, 
investitsiya  jamg‘armalari,  davlat,  firmalar,  sug‘urta  kompaniyalari  berishi 
mumkin. 
Statistikada  kreditlar  bir  necha  belgilari  bo‘yicha  guruhlanishi  mumkin: 
Kreditning  maqsadi  bo‘yicha:  iste’mol  krediti,sanoat,  savdo,  qishloq  xo‘jaligi, 
kommunal kredit va boshqalar. 
Kredit  miqdori  bo‘yicha  kreditlar:  mayda,  o‘rta  va  yirik  (katta)  hajmdagi 
kreditlar  bo‘linadi.  Katta  hajmdagi  kreditlar  ko‘pincha  asosiy  vositalarni 
modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi bo‘yicha 
kreditlar:  ta’minlangan  va  ta’minlanmagan  kreditlarga  bo‘linadi.  Ta’minlangan 
kreditlar  aniq  bir  moddiy  yoki  nomoddiy  boyliklar  bilan  garovga  qo‘yilib  yoki 
sug‘urta qilinib qaytarilishi garantiyalangan bo‘ladi. 
Kredit  statistikasida  kredit  hajmi  asosiy  ko‘rsatkichlardan  biridir.  Kredit 
hajmi  ma’lum  davrga  berilgan  kredit  summalaridan  (barcha  mijozlarga  berilgan) 
qaytarilgan  kredit  summasini  ayirib  tashlanganiga  teng.  Kreditlar  qo‘yilmalari 
hajmi banklar, mijozlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga berilgan kredit hajmi va 
hissalari aniqlanib o‘rganiladi. 

 
 
 
92 
Kreditning  o‘rtacha  hajmi  vaznli  arifmetik  o‘rtacha  bilan  aniqlanishi 
mumkin. Bunda kredit summalari (Pi) kredit muddatlariga (t
i
) ko‘paytirilib, kredit 
muddatlari yig‘indisiga bo‘linadi. 
 
i
i
i
t
t
P
P
Σ
Σ
=

; bu yerda 

P
 = kreditning o‘rtacha hajmi. 
Kreditdan  foydalanish  o‘rtacha  muddati  –  bu  barcha  kreditlarning  o‘rtacha 
necha kunda bir marta qaytarilganligini bildiradi. Bu quyidagicha aniqlanadi: 
 
 
 
 
 
=

t
i
i
i
P
P
t
Σ
Σ
 
Kredit summasining bir yilda o‘rtacha marta aylanganligini bilish uchun har 
bir  ssuda  bo‘yicha  kredit  hajmi  va  aylanishini  kredit  hajmlari  yig‘indisiga  bo‘lib 
tashladi. 
 
 
 
     
i
i
i
P
P
n
n
Σ
Σ
=

yoki 


=
t
D
n

Bu yerda 

n
 - kreditning bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligi D – bir 
yildagi yoki ma’lum davrdagi kunlar soni. 
 
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling