Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy statistika
I korxona balansi (ming so‘m) AKTIV PASSIV mablag‘lar turlari va joylanishi summa mablag‘larning tashkil topish manbalari summa 144 I Uzoq muddatli aktivlar 12500,0 I O‘z mablag‘larining manbalari 10800,0 II Joriy aktivlar 13500,0 II Majburiyatlar 15200,0 Jami balans 26000,0 Jami balans 26000 II Korxona balansi I Uzoq muddatli aktivlar 14200,0 I O‘z mablag‘larining manbalari 16300,0 II Joriy aktivlar 11800,0 II Majburiyatlar 9700,0 Jami balans 26000,0 Jami balans 26000 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rib turganlaringizdek, ikki korxona mablag‘larining umumiy summasi teng bo‘lgani bilan, 2-korxona mablag‘larining asosiy qismi (16300x100:26000,0=63%) o‘z mablag‘lari manbaidan tashkil topgan, bu korxonaning joriy aktivlari (11800, ming so‘m), majburiyatlaridan (9700,0 ming so‘m) ko‘p. Agarda majburiyatlarning to‘lov muddati kelsa, bu korxona joriy aktivlaridan qarzlarini o‘z muddatida qaytarishi mumkin. Shuning uchun ham bunday korxonalarni to‘lovga layoqatli, moliyaviy barqaror deyiladi. Lekin bu xulosalar dastlabki umumiy tahlil xulosalaridir. Korxonaning joriy aktivlaridagi (11800,0 ming so‘m) summaning katta qismi, korxonaning ishlab chiqargan tayyor mahsulot bo‘lib, ular talabga ega emas, sifatsiz bozori yo‘q mablag‘lardan iborat bo‘lishi mumkin. Agarda bunday bo‘lsa albatta moliyaviy barqaror, mustahkam degan dastlabki tahlili xulosamiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun ham korxona mablag‘larining turlarini va joylanishini rahbarlar doimiy ravishda tahlil qilib, ularning faoliyat jarayonidagi harakatini muntazam ravishda nazorat qilib borishlari lozim. 2. Korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar statistikasi Korxonalar moliyaviy holatini o‘rganish muhim bo‘lib, uning holati korxona xodimlariga ham, bu korxona bilan hamkorlik qilayotgan boshqa sub’ektlarga ham zarur. Korxonaning moliyaviy holati yaxshi bo‘lsa, yangi texnika va texnologiyani sotib olib, turli faoliyatlar bilan shug‘ullanib (qimmatbaho qog‘ozlar bozorida va shu kabilardir), iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, natijada barcha xodimlarni qo‘shimcha (ish haqidan tashqari) moddiy rag‘batlantirishga imkoniyat yaratiladi. Korxonaning moliyaviy holatining yaxshiligi bu korxona bilan hamkorlik qilayotgan barcha sub’ektlarga ham ijobiy xom ashyo yetkazib beruvchilar vaqtida sotgan xom ashyo qiymatini oladi, davlatga muddatida soliqlar to‘lanadi, investorlar esa ma’lum darajada foyda oladilar (dividend va boshqa shakllarda). Agarda korxonaning moliyaviy holati yomon bo‘lsa, yuqoridagilarning aksinchasi, faoliyatni rivojlantirishga mablag‘ yetishmaydi, soliqlar va jamg‘armalarga ajratmalar vaqtida to‘lanmaydi, qo‘shimcha rag‘batlantirish emas, xodimlarga ish 145 haqi ham vaqtida berilmaydi, kreditorlarga qarzlar muddati kelgach qaytarilmaydi, natijada korxona bankrotlik holatiga borib qoladi. Shuning uchun ham bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislar korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni yaxshi o‘rganib, ularni amaliyotda muntazam ravishda tahlil qilib borishlari lozim bo‘ladi. Umuman olganda korxonalar (korxonalar deganda faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlar tushuniladi) moliyaviy holati juda ko‘p omillarga bog‘liq: • mavjud asosiy vositalar (mashina, uskunalar) texnik holati va ulardan samarali foydalanishga; • hom ashyo, material va boshqa ishlab chiqarish resurslaridan tejamkorlik va unumli foydalanishga; • ishlab chiqarishni tashkil etish, sifatli va talabga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishga; • mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalanib, ularni to‘g‘ri ishlatishga (sarflangan); • mahsulot tannarxi va faoliyat moliyaviy natijalarga va hakozalar. Shuning uchun ham korxonalar moliyaviy holatiga kompleks ko‘rsatkich bo‘lib, uni baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi. Iqtisodchi olimlarning fikricha korxonalar holatini to‘liq baholash uchun 80 dan ortiq ko‘rsatkichlarni hisoblab, o‘rganish lozim ekan (Shodiyev. 248 bet, MMst. 248 bet). Korxonalar moliyaviy holatini baholashda iqtisod fanlari doktori, professor E.A. Akramov iqtisodchi olimlarning tavsiya etgan ko‘rsatkichlarini o‘rganib, ularning barchasini umumiy va xususiy ko‘rsatkichlarga ajratish kerakligini ta’kidlaydi. Korxonalar moliyaviy holatini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar qo‘yidagilar: 1. Mustaqillik koeffitsienti – bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari manbaini (O‘zM) barcha mablag‘larining umumiy summasiga (balans jamiga, BJ) bo‘lib topiladi. Must.k = BJ М Uz . ; Bu yerda Must.k – korxonaning mustaqillik koeffitsienti: Bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari mavjud barcha mablag‘larining qancha hissasini tashkil etishini bildiradi. Ma’lumki korxonaning o‘z mablag‘lari manbaining hissasi qancha ko‘p (katta) bo‘lsa, korxonani shunchalik mustaqil, ya’ni boshqa qarz manbalarida shuncha kam qaramligini bildiradi. 2. Likvidlik koeffitsienti (Likv.k) – korxonaning joriy aktivlar summasini (balans aktiv qismi II “Joriy aktivlar” ja’mi summasi, JA) joriy majburiyatlar (J.M.) summasiga bo‘lib topiladi. Joriy majburiyatlar summasi balans passivi II “Majburiyatlar” ja’mi summasidan uzoq muddatli qarz va uzoq muddatli bank kreditlarini ayirib topiladi. Likv. k. = JМ JА ; Bu ko‘rsatkich majburiyatlarning to‘lov muddati kelganda qanchalik joriy aktivlari bilan qoplab,to‘lanadi degan savolga javob beradi. Shuning uchun ham ayrim adabiyotlarga bu ko‘rsatkichni qoplash koeffitsienti deb ham yozishadi. 146 3. Barqarorlik koeffitsienti (Barq.k) – korxonaning o‘z mablag‘lari manbaini (O‘z.M) qarz majburiyatlarning umumiy summasiga (Qarz.M) bo‘lib topiladi. balans passivi I bo‘lim ja’mi Barq.k = = − М Qarz М z O . ' ------------------------------------------ balans passivi II bo‘lim ja’mi Bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘lari nechog‘lik qarz majburiyatlarini qoplaydi degan savolga javob beradi. Albatta ma’lumki korxonaning o‘z mablag‘lari manbai, qarz majburiyatlaridan ko‘p bo‘laganligi ya’ni bu koeffitsient > 1 (birdan katta) yaxshidir. 4. Korxonalar ish faollligi koeffitsienti (KIFK) – korxonalarning ma’lum bir davrda (ko‘pincha bir yilda) mahsulotlarni sotishdan, xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar summasini (STM) balansning jamiga ya’ni barcha aktivlar summasiga (BJ) bo‘lib topiladi. KIFK - BJ SТТ : Bu ko‘rsatkich, korxona mavjud mablag‘laridan foydalanib, ularning har bir so‘miga (100,1000 sumiga) necha so‘mlik mahsulot sotdi yoki xizmat ko‘rsatdi degan ma’noni anglatadi. Demak korxonaning mavjud mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi. Mablag‘larning foydalanish samaradorligi korxonaning moliyaviy holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. «Korxonalar moliyaviy holati statistikasi» mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar Buxgalteriya hisobotlari, buxgalteriya balansi, balans taktivi va passivi uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, o‘z mablag‘lari manbai, majburiyatlar, moliyaviy holat, bankrotlik holati, mustaqillik koeffitsienti, likvidlik koeffitsienti, ish faollligi koeffitsienti. «Korxonalar moliyaviy holati statistikasi» mavzusi bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat va muhokama savollari 1. Korxonalarda moliyaviy holatining mohiyati va statistik o‘rganish ahamyati. 2. Korxonalar buxgalteriya hisobotlari-moliyaviy holatini o‘rganish uchun asosiy ma’lumotlar manbai ekanligi. 3. Korxonalar buxgalteriya hisobotlari shakllari mohiyati. 4. Korxonalar moliyaviy holatini ifolovchi ko‘rsatkichlar 5. Mustaqillik va likvidlik (qoplash) koeffitsientlari mohiyati. 6. Korxonalar barqarorlik va faolligi koeffitsientlari mohiyati 147 Foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistikasi. Samarqand SamKI, 2002. 10. Yaqubov I.O. va boshqalar. Balans muammolari. T.: O‘zb. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004.-144 bet 11. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005. 148 ASOSIY MA’LUMOTLAR 1. 1991 yil 1 sentyabr -O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni. 2. 1991 yil 18 noyabr -O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilindi. 3. 1992 yil 2 mart -O‘zbekiston Respublikasi BMT-ga qabul qilindi. 4. 1992 yil 2 iyul -O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilindi. 5. 1992 yil 8 dekabr -O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. 6. 1992 yil 10 dekabr -O‘zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi qabul qilindi. 7. O‘zbekiston Respublikasi hududi 447,4 ming kv. km. 8. Respublika axolisi (2008 yilga)-27,1 mln. kishi. 9. O‘zbekiston Respublikasi tarkibi: Qorakalpog‘iston Respublikasi va 12 viloyat. Viloyatlar: Toshkent, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo, Xorazm. 10. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: «Davlat statistikasi to‘g‘risida» (yangi taxriri) 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan. 11. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» 1996 yil 30 avgustda qabul qilindi. 12. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida» 1995 yil 21 dekabrda qabul qilindi. 13. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» 1996 yil 25 aprelda qabul qilindi. 14. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» (yangi taxriri) 2000 yil 26 mayda qabul qilindi. 15. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: «Bankrotlik to‘g‘risida» (yangi taxrir) 2003 yil 24 aprelda qabul qilindi. 149 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tavsiyasi bo‘yicha yillarning nomlanishi 1997 yil – «Inson manfaatlari yili» 1998 yil – «Oila yili» 1999 yil – «Ayollar yili» 2000 yil – «Sog‘lom avlod yili» 2001 yil – «Onalar va bolalar yili» 2002 yil – «Qariyalarni qadrlash yili» 2003 yil – «Obod mahalla yili» 2004 yil – «Mehr-muruvvat yili» 2005 yil – «Sihat-salomatlik yili» 2006 yil «Homiylar va shifokorlar yili» 2007 yil «Ijtimoiy himoya yili» 2008 yil «Yoshlar yili» 2009 yil «Qishloq taraqiyoti va farovonligi yili» 150 O‘zbekiston aholisining o‘sishi (ming kishi) Yillar Aholi soni Yillar Aholi soni 1865 3320 1965 10068 1897 3730 1970 11799 1900 4016 1980 15757 1913 4366 1985 17927 1918 4366 1990 20322 1924 4258 1995 22562 1930 4926 2000 24654 1939 6440 2004 25857 1940 6264 2005 26100 1950 6551 2008 27100 1959 8119 1960 8395 Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 yil va keyinga stat. ma’lumotlar. Tug‘ilish, o‘lim va aholining tabiiy o‘sishi (ming kishi) Har 1000 aholi hisobiga Yillar Tug‘ilgan- lar soni O‘lganlar soni Aholininng tabiiy o‘sishi tug‘ilgan- lar o‘lganlar tabiiy o‘sish 1980 540,0 118,9 421,1 33,9 7,5 26,4 1985 679,1 1317 547,4 37,4 7,3 30,1 1986 708,7 132,2 576,5 37,9 7,1 30,8 1987 714,4 133,8 580,6 37,3 7,0 30,3 1988 694,1 134,4 559,4 35,3 6,8 28,5 1989 668,8 126,9 541,9 33,3 6,3 27,0 1990 691,6 124,5 567,1 33,7 6,1 27,6 2000 531,0 136,3 394,7 21,5 5,5 16,0 2003 508,4 135,9 372,5 19,8 5,3 14,5 2004 533,1 130,0 403,2 20,5 5,0 15,5 2005 538,0 139,0 399,0 20,5 5,3 15,2 2006 555,9 139,6 416,3 20,9 5,3 15,6 2007 603,7 140,1 463,6 22,4 5,2 17,2 Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar. 151 O‘zbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsulot xajmining dinamikasi Yillar 2000 2002 2003 2004 2005 2006 2007 YAIM xajmi mlrd.so‘m 3255,6 7450,2 9837,8 12261,0 15210,4 20759,3 28186,2 Manba: Uzban iqtisodisti. ISAID. T.: O‘zbekiston. 2006. 17 bet O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, % 1995 1998 2000 2002 2006 2007 Sanoat 17,1 14,9 14,2 14,1 22,1 24,0 Qishloq xo‘jaligi 28,0 26,8 30,1 30,6 24 21,7 Transport va aloqa 7,3 6,8 7,7 8,2 11,4 11,1 Qurilish 7,1 7,5 6,0 4,9 5,1 5,5 Savdo va umumiy ovqatlanish 5,2 8,4 9,7 9,8 9,5 9,4 Boshqa sohalar 22,2 21,2 19,8 20,7 18,6 18,8 Tovarlarga va eksport import muammolariga sof soliqlar 13,1 14,4 12,5 11,7 9,2 9,5 Jami 100 100 100 100 100 100 Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar. 152 O‘zbekiston Respublikasida 1992-2008 yillarda inflyatsiya darajasining yillik o‘zgarishi Yillar % 1992 910 1993 885 1994 1281 1995 117 1996 64 1997 28 1998 26 1999 26 2000 26 2001 24 2002 14 2003 3,8 2004 3,7 2005 7,8 2007 6,8 2008 7,8 Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar. 153 O‘zbekiston Respublikasi byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari Daromad Harajat Sal’do Yillar Mlrd. so‘m YAIMga nisb.% Mlrd. so‘m YAIM% nisb.% Mlrd. so‘m YAIM% nisb.% 1996 192,9 34,5 203,3 36,4 10,7 -1,9 1997 294,0 29,8 317,8 32,2 23,8 -2,4 1998 438,7 32,3 467,0 34,4 28,3 -2,1 1999 621,8 29,2 658,7 30,9 36,9 -1,7 2000 911,8 28,5 944,6 29,6 32,8 -1,0 2001 1265,8 26,0 1329,8 27,0 64,0 -1,0 2002 1882,3 25,2 1949,5 27,1 67,2 -0,9 2003 2342,0 24,2 2376,9 24,6 34,9 -0,4 2004 2749,3 22,5 2743,2 22,9 211,9 -0,4 Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar. 154 O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlar tarkibi dinamikasi Ko‘rsatkich- lar 2000 2005 2006 2007 2008 I.Daraomadlar jami 9.10.8 100% 3310.9 100% 4042.5 100% 5101.0 100% 7108.3 100,0% a. Bevosita soliqlar 253.3 27.8% 865.8 26.1% 1045.9 25.9% 1219.6 23.9% 1798.0 25.3 b. Bilvosita soliqlar 495.1 54.4% 1627.9 49.2% 1986.6 49.1% 2478.2 48.6% 3571.0 50.2 v. Resurs to‘lovlar va mol-mulk solig‘i 91.1 10.0% 629.8 19.0% 768.2 19.0% 931.8 18.3% 1218 17.1 z. Boshqa daromadlar 71.3 7.8% 187.4 5.7% 241.7 6.0% 471.2 9.2% 520.3 7.4 O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (mln. AQSH dollari) Eksport Import Yillar Tashqi savdo aylanmasi Summasi Hissasi Summasi Hissasi 1994 5299,4 2689,9 50,7 2609,5 49,3 1995 6001,7 3109,0 51,8 2892,7 48,2 1996 9311,3 4590,2 49,3 4721,1 50,7 1997 8910,5 4387,5 49,2 4523,0 5085,8 1998 6816,9 3528,2 51,7 3288,7 48,2 1999 6346,5 3235,8 51,0 3110,7 49,0 2000 6212,1 3264,7 52,5 2947,4 47,5 2001 6401,6 3264,7 51,0 3136, 9 49,0 2002 5700,4 2988,4 52,4 2712,0 47,6 2003 6689,2 3725,0 55,7 2964,2 44,3 2004 8669,0 4853,0 56,0 3816,0 44,0 2005 2006 2007 9500,1 11171,4 15719,6 5408,8 6389,8 8991,5 56,9 57,2 57,2 4091,3 4781,6 6728,1 43,1 42,8 42,8 2008 21197,3 11493,3 54,2 9704,0 45,8 Manba: O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlar. 156 M U N D A R I J A Mavzu - I. Iqtisodiy statistikaning predmeti, usullari va asosiy vazifalari …………………………………… Mavzu II. Makroiqtisodiy statistikada qo‘llaniladigan guruhlash va tasniflashlar…..………………………………………… Mavzu III. Makro-mikroiqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimi……………..….. Mavzu IV. Aholi soni va harakati ko‘rsatkichlari statistikasi….………………... Mavzu –V. Mehnat bozori statistikasi………..………………………………..… Mavzu VI. Milliy boylik statistikasi………………………..……………….....… Mavzu. VII. Korxonalarda asosiy vositalar statistikasi……………………….…. Mavzu. VIII. Korxonalarda aylanma mablag‘lar statistikasi…………………….. Mavzu IX. Makroiqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari……...................….. Mavzu – X. Yalpi ichki mahsulotning hajmini hisoblash usullari…...................... Mavzu XI. Narx statistikasi…………..…………………………………….…….. Mavzu XII. Davlat byudjeti statistikasi…………………………………………... Mavzu XIII. Pul muomalasi va kredit statistikasi…………...……...……. Mavzu XIV. To‘lov balansi va uning ko‘rsatkichlari……...…………………… Mavzu XV. Milliy iqtisodiyotning samaradorlik statistikasi…..……………...... Mavzu XVI. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi………..…………………..…. Mavzu XVII. Aholi turmush darajasi statistikasi…………...………………...… Mavzu XVIII. Korxonalarda xodimlar mehnati va ish haqi statistikasi……………...………………………….…. Mavzu XIX. Mahsulot ishlab chiqarish va tannarx statistikasi…........................ Mavzu XX. Muomala harajatlari statistikasi…………..……………………...... Mavzu XXI. Korxonalarda moliyaviy natijalar statistikasi……………………... Mavzu XXII. Korxonalar moliyaviy holati statistikasi…………....................…. Muharrir – dotsent U.Xudoyberdiyev Buyurtma hajmi -11,5 nusxa Samarqand sh. Shoxruh ko‘cha 60. SamISI, 2009. Bahosi kelishilgan narxda. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling