Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana13.12.2020
Hajmi0.83 Mb.
#165967
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Iqtisodiy statistika


 
 
Tashqi  savdoda  tovarlar,  yuklar,  brutto,  netto  og‘irligi  va  maxsus  xalqaro 
miqyosda  qo‘llaniladigan  narxlarda  hisobga  olib  boriladi.  Eksport  qilinadigan 
tovarlar  qiymati.  «FOB»  usulida  hisoblanadi.  FOB  qiymatida  2  usulda:  1)  FOB 
jo‘natish porti 2) FOB franka oluvchi mamlakatning quruqlik chegarasi usullarida 
olib boriladi. 
FOB  usulida  tovarlar  qiymatiga  tovarlarning  narxi,  tovarlarni  jo‘natish 
uchun  transportga  yuklash  harajatlari,  transport  harajatlari,  bojxona  harajatlari  va 
boshqa  harajatlar  kiradi.  Import  tovarlari  «SIF»  hisobida  yuritiladi.  SIF  ham  2 
usulda  olib  boriladi:  1)  import  qilinadigan  mamlakat  chegarasigacha  2)  fraxt 
qilinadigan  dengiz  portgacha.  Xalqaro  iqtisodiy  faoliyat  statistikasida  quyidagi 
ko‘rsatkichlar  o‘rganiladi:  1)  tashqi  savdo  aylanmasi  -  bu  import  va  eksport 
qilinadigan tovarlarning umumiy summasidan iborat; 2) savdo balansi saldosi. Bu 

 
 
 
102 
yerda  summa  eksport  qiymatidan  import  qiymatini  olib  tashlaganiga  teng.  Agar 
eksport  importdan ko‘p  bo‘lsa,  saldo  ijobiy,  ya’ni  aktiv  saldo  deyiladi.  Aksincha, 
import  eksportdan  ko‘p  bo‘lsa,  saldo  manfiy,  salbiy,  passiv  saldo  hisoblanadi.  3) 
qoplash koeefitsenti. Eksport qiymatini import qiymatiga bo‘lish bilan topiladi. 4) 
savdo  balansi.  Savdo  balansida  bir  tomondan  eksport  qilingan  tovarlar,  xizmatlar 
ko‘rsatiladi  va  boshqalar.  Ikkinchi  tomondan  esa,  import  qilingan  tovarlar, 
xizmatlar ko‘rsatiladi va savdo balansi, to‘lov balansi tayyorlanadi. 
Tashqi savdo aloqalari quyidagi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi: 
- import kvotasi; 
- eksport kvotasi; 
- jon boshiga to‘g‘ri keladigan tashqi savdo aylanmasi; 
- tashqi savdo aylanmasining elastiklik koeffitsienti; 
- importning mamlakat iste’molidagi salmog‘i; 
- eksportning YAIMdagi, ayrim mahsulot turlaridagi salmog‘i; 
- mamlakatning xalqaro savdo-sotiqdagi salmog‘i.  
Bu  ko‘rsatkichlar  asosida  tashqi  savdo  aloqalarining  holati,  davrlar 
mobaynidagi  o‘zgarishi,  tarkibi,  tashqi  savdo  faoliyatlarining  samaradorliklari 
o‘rganiladi.  
Kvota  –  bu  ishlab  chiqarish  hajmi,  import,  eksport,  sotish  va  boshqa 
iqtisodiy  faoliyat  sohalaridagi  kelishuv  asosida  har  bir  ishtirokchi  uchun  joriy 
qilingan hissadir.  
Import kvota – mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan chet el mahsulotlari 
hajmining cheklangan miqdoridir.  
Eksport  kvota  –  mamlakatdan  tovarlarni  chet  mamlakatlarga  (eksportga) 
belgilangan hajmda yetkazib berish (sotish) tushuniladi.  
Import va eksport kvotalar ham milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida 
qo‘llanadi.  
Import  kvota  darajasi  (Kik)  import  hajmini  YAIMga  nisbati  bo‘yicha 
aniqlanadi. 
YAIМ
I
К
ик
=
 
Bu yerda: I – import hajmi; 
YAIM – yalpi ichki mahsulot 
Import kvotasi indeksi  
0
1
iк
iк
iк
К
К
J
=
; bo‘yicha hisoblanadi.  
Eksport  kvota  darajasi  (Kek)  eksport  hajmini  (EKS)  YAIMga  nisbati  bilan 
aniqlanadi.  
YAIМ
EКК
К
eк
=
 
Eksport  kvota  darajasi  mamlakatning  iqtisodiy  rivojlanganlik  darajasi  va 
uning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qanchalik qatnashayotganligini bildiradi.  
Eksport  hajmini  (EKS)  sanoat  ishlab  chiqarish  hajmiga  nisbati  real  eksport 
kvotasi  darajasini  bildiradi.  Chunki  haqiqiy  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar, 
xom ashyo emas, sanoat mahsulotlarini eksport qiladi.  

 
 
 
103 
SМ
EКК
РК
eк
=
 
Bu yerda: SM – sanoat mahsulotlari hajmi. 
Tashqi  savdo  aloqalarida  proteksionizm  siyosati  va  demping  qo‘llanilishi 
mumkin.  Proteksionizm  –  milliy  iqtisodiyotni  xorij  raqobatidan  himoya  qilishga 
qaratilgan siyosatdir. Proteksionizm quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llash yordamida 
amalga oshiriladi.  

 
import tovarlariga yuqori darajada boj o‘rnatiladi; 

 
davlat ayrim tovarlarni import qilishni taqiqlaydi; 

 
import kvotasi kamaytiriladi (litsenziya yordamida) 

 
tovarlarni import qilish uchun to‘lanadigan valyuta cheklanadi; 

 
import  qilinadigan  tovarlar  sifatiga  va  ekologik  tozaligiga  talab 
oshiriladi va shu kabilar. 
Demping  deganda  tashqi  bozorni  egallash  uchun  tovarni  ishlab  chiqarish 
harajatlaridan  past  (arzon)  baholarda  chetga  eksport  qilish  yoki  tovarlarni  tashqi 
bozorda mamlakat ichidagi bozordan arzon bahoda sotish tushuniladi.  
Tashqi  savdo  aylanmasi  eksport  va  import  yig‘indisidan  iborat  umuman 
olganda  eksport  import  hajmidan  ko‘p  bo‘lsa,  tashqi  savdo  qoldig‘i  musbat  (+) 
bo‘lib,  ijobiy  hisoblanadi.  Import  eksport  hajmidan  ko‘p  bo‘lsa,  tashqi  savdo 
qoldig‘i  manfiy  (-)  bo‘lib,  mamlakat  yalpi  milliy  mahsulot  hajmini  kamaytiradi. 
Eksportning importdan ko‘p bo‘lishi, umuman olganda mamlakat iqtisodiyotining 
rivojlanganligidan  darak  bersada,  lekin  xom  ashyolarni  ko‘proq  eksport  qilishni 
ijobiy baholab bo‘lmaydi.  
Tovarlar eksporti ularning ishlab chiqarishiga nisbatan, tovarlar importi esa 
ularning  iste’moliga nisbatan  tezroq  o‘sib  borishi  lozim.  Bunday  nisbatlarni tahlil 
qilishda eksport va import elastikligi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.  
Eksport  elastikligi  (Ee)  eksportning  qo‘shimcha  o‘sishini 







EКК
E
YAIM 
qo‘shimcha o‘sishiga nisbati bilan aniqlanadi.  
YAIМ
YAIМ
EКК
E
E
e


=
:
 
Bu yerda: YAIM – yalpi ichki mahsulotning qo‘shilgan qismi (farqi). 
Importning 
elastikligi 
ham 
importning 
 
qo‘shimcha 
o‘sishini 







IМ
I
YAIMning  qo‘shimcha  o‘sishiga 







YAIМ
YAIМ
nisbati  bilan  aniqlanadi.  Shunda 
eksport indeksi YAIM indeksidan katta bo‘lsa, ushbu mamlakatda tovarlar eksporti 
ularni ishlab chiqarishdan tezroq o‘sganligini bildiradi.  
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
104 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
 
1.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonuni:  Davlat  statistikasi  to‘g‘risida»  2002  yil  12 
dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. 
«O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida 
davlat dasturi». 
3.
 
Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4.
 
Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 
5.
 
Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6.
 
Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7.
 
Nabiyev  X.  va  boshqalar.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  M.:  O‘zb. 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8.
 
Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9.
 
Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistika. Samarqand, SamKI, 2002. 
10.
 
Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 
11.
 
Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
105 
Mavzu XVII. AHOLI TURMUSH DARAJASI      
 
STATISTIKASI 
 
Reja: 
1.
 
Aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlari va ular statistikasining vazifalari. 
2.
 
Aholi daromadlari statistikasi 
3.
 
Aholi harajatlari statistikasi. 
4.
 
Aholining moddiy ne’matlar iste’moli statistikasi. 
5.
 
Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari. 
6.
 
Aholining madaniy ma’rifiy darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
7.
 
Daromad tengsizligi va kambag‘allik chegarasi. 
 
1.
 
Aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlari va ular 
 statistikasining vazifalari 
 
Aholi  turmush  darajasi  murakkab  iqtisodiy-ijtimoiy  jarayon  bo‘lib,  juda 
ko‘p ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Aholining turmush darajasi birinchi navbatda 
ularning  hayot  kechirish  uchun  zarur  bo‘lgan  tovar-moddiy  ne’matlar  va 
ko‘rsatilgan  xizmatlar  yig‘indisini  jon  boshiga,  bir  oilaga  to‘g‘ri  kelishi  bilan 
o‘lchanadi.  Mamlakat  miqyosida  (makrodarajada)  aholi  turmush  darajasi  yalpi 
ichki mahsulotning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatkichi bilan ifodalanadi. 
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropadagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar, AQSH va 
Yaponiya mamlaktlari dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Ma’lumotlarga qaraganda 
1995  yilda  YAMM  (yalpi  milliy  mahsulot)  aholi  jon  boshiga  Lyuksemburg 
davlatida  –  41210  AQSH  dollari,  Shveysariyada  -  40630,  Yaponiya  –  38420, 
AQSH  –  24750  AQSH  dollariga  to‘g‘ri  kelgan  (Yo  Abdullayev  Statistika 
nazariyasi.  T.:  O‘qituvchi,  2002,  576-578  betlar).  Bu  ma’lumotlarni  «Chet  El 
iqtisodiyoti  almanaxi»,  T.:  «Fan»  2003  yil  ham  tasdiqlaydi.  Shu  bilan  birga 
dunyoda iqtisodi juda qaloq mamlakatlar (Afrikadagi juda ko‘p mamlakatlar) ham 
ko‘p.  Ular  iqtisodiyotining  qaloq  bo‘lishiga  ko‘p  yillar  mustamlaka  bo‘lishi 
(Yevropa  mamlakatlariga  qaram  edi),  mamlakat  ichidagi  ko‘p  yillik  urushlar  va 
boshqalar sabab. 
O‘zbekiston  iqtisodiyoti  yildan-yilga  yuqori  suratlar  bilan  rivojlanmoqda. 
Bu  o‘z  navbatida  aholini  ish  bilan  ta’minlash,  hamda  ko‘proq  tovar-moddiy 
boyliklar ishlab chiqarishga olib keladi. Natijada aholi turmush darajasi yaxshilana 
boradi. 
Aholining  turmush  darajasi  eng  avvalo  oladigan  daromadlariga  bog‘liq. 
Aholining  daromadlari  asosini  mehnat  haqi  tashkil  etadi.  Respublika  Prezidenti 
I.A. Karimov formoni bilan mamlakatimizda ish haqi bir necha bor oshirilmoqda. 
2005 yil 1 oktyabrdan boshlab ish haqi miqdori 1,2 marta oshirildi va minimal ish 
haqi 9400 so‘m belgilandi. 
Aholi  daromadi  iste’mol  tovarlari  va  xizmatlarga  sarflanadi.  Demak 
daromadiga  to‘g‘ri  keladigan  iste’mol  tovarlari  va  xizmatlar  aholi  turmush 
darajasiga  ta’sir  etadi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  narx  va  uning  o‘zgarishiga  bog‘liq. 

 
 
 
106 
Demak  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan  iste’mol  tovarlarining  natural 
miqdorlari aholi turmush darajasini real ifodalaydi. 
Lekin yuqoridagi ko‘rsatkichlar aholi turmush darajasini ifodalovchi miqdor 
ko‘rsatkichlardir.  Muhumrog‘i  aholi  turmush  darajasini  ifodalovchi  ijtimoiy, 
madaniy-ma’rifiy ko‘rsatkichlardir. Ularga quyidagilar kiradi: 

 
aholining  uy-joy  bilan  ta’minlanganligi  –  bir  kishiga  yoki  bir  oilaga 
to‘g‘ri keladigan turar-joy maydoni, m
2
 bilan o‘lchanadi; 

 
aholining  sog‘ligini  himoya  qilish  –  10 000  kishiga  to‘g‘ri  keladigan 
(prodesimill)  shifoxonalar  soni  va  undagi  o‘rinlar,  vrachlar  va  shu  kabi 
ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi; 

 
ta’lim va maorif sohalari bilan ta’minlanganligi: maktabgacha tarbiya, 
o‘rta maktab, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari soni va ulardagi o‘quvchilar 
soni bilan o‘lchanadi; 

 
madaniy  –  ma’rifiy  jihatdan  ta’minlanganligi  –  kutubxona,  kinoteatr, 
teatrlar va  boshqa madaniy -  ma’rifiy sohalar soni va boshqa ko‘rsatkichlar bilan 
ifodalanadi. 
Statistikaning  asosiy  vazifasi  aholining  turmush  darajasini  ifodalovchi  bu 
ko‘rsatkichlari holatini va qanday o‘zgarayotganligini o‘rganishdir. 
 
2. Aholi daromadlari statistikasi 
 
Aholi  daromadlariga  turli  xil  faoliyatlardan  olingan  daromadlar,  bular  ish 
haqi,  shu  jumladan:  natura  shaklida  berilgan  ish  haqi,  tamorqadan  olingan 
daromad,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olingan  daromadlar,  qimmatbaho  qog‘ozlardan 
olinadigan  daromadlar,  pensiyalar,  stipendiyalar,  turli  xil  nafaqalar,  chet  el 
valyutasidan  olinadigan daromadlar va  chet  mamlakatlardan   olingan  daromadlar, 
shu    jumladan,  chet  mamlakatlardan  turli  xil  yordamlardan  olingan  daromadlar 
kiradi.  Keyingi  yillarda  aholining  daromadlari  tarkibiga  tadbirkorlik  faoliyatidan 
jumladan:  dehqon-fermer  xo‘jaliklari  faoliyatidan,  hamda  qimmatbaho  qog‘ozlar 
operatsiyasidan olingan daromadlar ko‘payib bormoqda.  
Aholining turmush darajasi asosan inson, oila istemoli uchun zarur bo‘lgan 
tovar  va  xizmatlar  miqdori  bilan  belgilanadi.  Bunda  asosiy  ko‘rsatkich  aholining 
daromadi  hisoblanadi,  qaysikim  istemol  uchun  mavjud  tovar  va  xizmatlarni  harid 
qilib  oladi.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  aholi  daromadlar  turlari  kengayib 
bormoqda. 
Aholining daromadlariga qo‘yidagilar kiradi: 

 
Ish haqi, - ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan olgan – renta yoki ijara 
haqi, tamorqa va chorvachilikdan olingan daromad; 

 
Aksiya egalari oladigan dividend, kreditga berishdan olingan foiz.  
Aholining  ish  haqi  daromadlarining  asosini  tashkil  etadi.  Unga  asosiy  ish 
haqi, mukofat, tekin berilgan xizmatlar haqi, naturada berilgan haq va shu kabilar 
kiradi. 
Xodimlarga  hisoblangan  ish  haqini  brutto  ish  haqi.  Haqiqatan  qo‘lga 
oladigan ish haqini  netto-ish haqi desak  bo‘ladi.  Netto  ish  haqi  –  hisoblangan ish 

 
 
 
107 
haqidan ya’ni brutto ish haqidan – daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma va 
boshqa tulovlarni ayirib tashlangandan qolgan qismi tushiniladi. 
Mustaqillik  yillarida  qishloq  aholisiga  juda  ko‘p  yerlar  maydoni  tomarqa 
qilib  bo‘lib  berildi.  Qishloq  aholisi  bu  tomarqa  yerlaridan  o‘zi  uchun,  ortiqcha 
qismini  sotish  uchun  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  yetishtirib,  natura  va  pul 
ifodasida daromad oladi. 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  aholi  tadbirkorlik  faoliyatidan  ham  foyda 
olishi mumkin. Foyda tadbirkorning yalpi tushgan daromadidan faoliyatini yuritish 
uchun qilgan harajatlari o‘rtasidagi farqdan iborat. 
Dividend – bu aksiyadorga foyda taqsimlanganda tekkan ulushdir. 
Aksiyalar  =  oddiy  va  imtiyozli  bo‘ladi.  Imtiyozli  aksiyalarning  divident 
olishi  kafolatlangan.  Aksiyadan  olinadigan  nominal  daromad  (And)  qo‘yidagicha 
aniqlanadi. 
And = 
А
b
Dх
100
 . Bu yerda D – dividend, Ab – aksiya bahosi. 
Foiz  –  pul  egasining  pulini  boshqalarga  qarzga  berganligi  uchun  olgan 
daromadi. Foiz summasi uning stavkasiga bog‘liq. 
Foiz stavkasi kredit (ssuda) ga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq. 
Fns  (foizning  nominal  stavkasi)  = 
К
S
К
Dх
100
  =  Bu  yerda  KD  –  ko‘zlangan 
daromad, QS – qarz summasi. 
Foiz stavkasiga inflyatsiya darajasi katta ta’sir etadi. Shuning uchun real foiz 
stavkasi (Frs) baho indeksi asosida aniqlanadi Frs = 
NS
F
 x Jp: 
Renta  –  kuchmas  mulk  egalarining  mulkini  (yer,  imorat,  va  shu  kabilar) 
ijaraga berib, olgan daromadi hisoblanadi. 
Nafaqa  va  stipendiyalar  aholi  daromadlarining  maxsus  turi  hisoblanadi. 
Qarilik nafaqasi – ishlab topilgan, lekin keyin berish uchun yig‘ilgan daromad. 
Nogironlik  nafaqasi  yordamga  muhtojlarga,  ko‘p  bolali  oilalarga  berilgan 
nafaqalar aholini ijtimoiy himoya bilan bog‘liqdir. 
Stipendiya – talabalarga yordam puli. Kelajakda jamiyatga naf keltiradi. 
Demak,  yuqoridagi  aholining  barcha  daromadlari  individual  daromadlariga 
kiradi.  Undan  tashqari  aholi  jamiyat  miqyosida  bepul  beriladigan  xizmatlar 
(bolalar bog‘chasi, maktabda o‘qitish va shu kabilar) kiradi. 
Aholi  daromadlari  (D)  dinamikasini  o‘rganganda,  daromad  indekslaridan 
foydalanadi. Jd = 
Dо
D


1
;  
Har bir aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar.  
J
jd  
=
1
1
S
D


So
Dо

: bu yerda: S – aholining o‘rtacha soni; 
2000 yilda aholi boshiga  to‘g‘ri keladigan daromadi 96000 so‘mga yaqinni 
tashkil  qilgan  va    1997  yilga  nisbatan  3  baravar  ko‘paygan  hisoblanadi.  Lekin 
statistikada  aholining  pul  daromadlari  nominal  va  real  daromadlari  bo‘yicha 
hisoblanadi.  Aholining  nominal  daromadlari  pul  va  bozor  narxlarida  hisoblangan 
daromadlarning  umumiy  qiymati  hisoblanadi.  Real  daromadlar  deb,  aholining 

 
 
 
108 
nominal  daromadiga  sotib  olishi  mumkin  bo‘lgan  moddiy  boyliklar  qiymati 
hisoblanadi.  Demak,  inflyatsiya  darajasi  yuqori  bo‘lgan  sari  aholining  real 
daromadlari  kamayib  boradi,  ya’ni  nominal  qiymatda  olgan  pul  daromadlariga 
inflyatsiya darajasi kuchayganligi sababli, kamroq moddiy boyliklar sotib olinadi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  pulning  harid  quvvati  kamayadi.  Aholining  real 
daromadlarini aniqlash uchun nominal daromadlarini narx indeksiga bo‘lish lozim.                       
              Nominal daromad 
ARD =  ------------------------ 
                        Narx indeksi (Jp); 
 
3. Aholi harajatlari statistikasi 
 
Aholi  harajatlari  ham  turli  xil  bo‘ladi.  Ularning  eng  asosiylari  iste’mol 
tovarlari  sotib  olish  uchun  ishlatiladi.  Bundan  tashqari,  turli  xil  xizmatlar  uchun 
to‘lovlar,  majburiy  va  ixtiyoriy  to‘lovlar,  uy  joylari  sotib  olish  va  saqlash 
harajatlari. Aholining daromadlari va harajatlari asosan turli oilalarning byudjetini 
maxsus  tanlama  kuzatish  natijasida  olinadi.  Mintaqalar  bo‘yicha  aholining  pul 
daromadlari va harajatlari balansi  tuziladi. Axolining xizmatlar uchun to‘lovlariga 
transport,  gaz,  svet,  suv  va  boshqa  kommunal-maishiy  xizmatlariga  to‘lanadigan 
to‘lovlar  kiradi.  Bunday  harajatlar  is’temol  tovarlari  uchun  qilinadigan 
harajatlaridan    keyin  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  Majburiy  to‘lovlariga  aholi 
to‘laydigan  turli  xil  soliqlar,  ixtiyoriy  to‘lovlarga  sug‘urta  va  boshqa  to‘lovlar 
kiradi.  Axolining  uy-joy    sotib  olish  va  ularni  saqlash  harajatlari  har  bir  kishiga 
to‘g‘ri  keladigan,  uy  joy  har  bir  oilaga  to‘g‘ri  keladigan  uy-joy  maydoni  metr 
kvadrat  bilan  hisoblanadi.  Ma’lumotlarga  qaraganda  Respublika  aholisining 
o‘rtacha  harajatlari  45,0%  oziq-ovqat  mahsulotlariga  ,  29,0  %  esa  nooziq-ovqat 
mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.  
 
4. Aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli statistikasi 
 
 
Iste’mol  ham  iqtisodiy  ham  ijtimoiy  ko‘rsatkichdir.  Iqtisodiy  ko‘rsatkich 
deyishimizga asos, iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi bo‘g‘inidir. Iste’mol 
bir tamondan ishlab chiqarish va taqsimlash, ikkinchi tamondan aholi daromadiga 
bog‘liqdir.  
 
Iste’mol  ko‘rsatkichini,  ijtimoyi  deyishimizga  asos  iste’mol  hayotni 
takrorlanishi uchun eng zaruriy shartdir. Jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy 
ehtiyoji iste’mol natijasida qondiriladi. 
Milliy  daromad  iste’mol  va  jamg‘arishga  sarflanadi.  Milliy  daromadning 
iste’mol  qismi:  uy  xo‘jaligining  (aholining)  pirovard  iste’moli;  davlat 
muassasalarining pirovard iste’moli (ma’orif, madaniyat, soqliqni saqlash internat) 
va  uy  xo‘jaligiga  xizmat  qiluvchi  tashkilotlarining  pirovard  iste’molidan  tashkil 
topadi.  (Kasaba  uyushma,  diniy  tashkilotlar,  siyosiy  partiya  turli  fondlarning 
aholiga harajatlari). 
Uy xo‘jaligining pirovard iste’moliga tovarlar sotib olish va xizmatlar haqini 
to‘lash  uchun  ketgan  harajatlar:  oziq-ovqat,  kiyim-kechak  sotib  olish;  uy-joy, 

 
 
 
109 
kommunal  xizmatlar  haqini  to‘lash;  transport,  kino-teatr,  aloqa  xizmatlari  haqi; 
majburiy  va  ko‘ngilli  to‘lovlar:  soliqlar,  ijtimoiy  sug‘urta  jamg‘armasiga,  kasaba 
uyushma badali: tibbiy xizmatlar kiradi. 
Aholi  iste’moliga  natura  shaklida  berilgan  iste’mol  mahsulotlari,  o‘z 
tomorqa xo‘jaligida  yetishtirib, iste’mol qilingan mahsulotlar ham kiritiladi. 
Uy  xo‘jaligi  harajatlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  uch  xil  manbalar  orqali 
olinadi. 
1.
 
Maxsus oila byudjetini tanlab kuzatish natijasida. 
2.
 
Aholining daromadlari va harajatlari balansini tuzish orqali. 
3.
 
Maxsus hisob-kitoblar bo‘yicha. 
Maxsus  tanlab  kuzatish  yo‘li  bilan  va  sotilgan  mahsulotlar  hajmi  asosida 
asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlarining  aholi  tomonidan  iste’mol  miqdorini  aholining 
o‘rtacha  soniga  bo‘lib,  jon  boshiga  to‘g‘ri  kelgan  iste’mol  miqdori  aniqlanadi. 
Maxsus  ilmiy  muassasalar  tomonidan  aholining  asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlarini 
bir yilda iste’mol qilish miqdorining fiziologik me’yorlari hisoblangan. Aholining 
haqiqiy  iste’moli  bu  me’yorlar  bilan  taqqoslanib  o‘rganiladi.  Statistik 
ma’lumotlarga qaraganda ular quyidagicha. 
Ma’lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki,  respublika  aholisi  non  va  non 
mahsulotlarini,  o‘simlik  yog‘i  kabi  mahsulotlarni  belgilangan  me’yorlardan  ko‘p 
iste’mol  qilar  ekan,  lekin  ular  iste’molini  dinamik  o‘rganish  kamayish 
tendensiyasini  ko‘rsatayotgan  bo‘lsa,  ham.  Shu  bilan  bir  vaqtda  aholi  sut  va  sut 
mahsulotlarini,  tuxumni,  mevalarni,  ayniqsa  baliq  va  baliq  mahsulotlarini 
belgilangan me’yorlardan ancha kam iste’mol qilar ekan. 
 
 
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling