Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»


O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, %


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana13.12.2020
Hajmi0.83 Mb.
#165967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Iqtisodiy statistika


O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, % 
jadval 
 
 
1995 
1998 
2000 
2002 
2006 
2007 
Sanoat 
17,1 
14,9 
14,2 
14,1 
22,1 
24,0 
Qishloq xo‘jaligi 
28,0 
26,8 
30,1 
30,6 
24 
21,7 
Transport va aloqa  
7,3 
6,8 
7,7 
8,2 
11,4 
11,1 
Qurilish 
7,1 
7,5 
6,0 
4,9 
5,1 
5,5 
Savdo 
va 
umumiy 
ovqatlanish 
5,2 
8,4 
9,7 
9,8 
9,5 
9,4 
Boshqa sohalar 
22,2 
21,2 
19,8 
20,7 
18,6 
18,8 
Tovarlarga  va  eksport 
import muammolariga sof 
soliqlar   
13,1 
14,4 
12,5 
11,7 
9,2 
9,5 
Jami 
100 
100 
100 
100 
100 
100 
 
Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va 
keyinga stat. ma’lumotlar. 
 
SIM – YAIM qiymatidan asosiy kapital iste’moli chiqarib tashlanadi. Yalpi 
milliy  daromad  –  mamlakat  rezidentlarining  ma’lum  davr  (vaqt)  davomida  olgan 
birlamchi daromadlari yig‘indisidir. 
YAMD – YAIMdan sifat jihatdan ham, miqdor jihatidan ham farq qiladi. 
YAMDning  YAIM  dan  farqi  shundaki,  YAIM  pirovard  iste’mol  uchun 
bo‘lgan  tovarlar  va  xizmatlar  bo‘lsa  (ya’ni  yaratilgan  qo‘shilgan  qiymatni 
ifodalasa)  YAMD  mamlakat  rezedentlari  shu  mamlakatda  va  chetda  tovar  ishlab 
chiqarish, xizmat ko‘rsatishdan oladigan birlamchi daromadlarining yig‘indisidir. 

 
 
 
68 
Miqdor jihatdan YAMD bilan YAIM ning farqi chet davlatlardan olingan va 
chet davlatlarga to‘langan birlamchi daromadlar saldosidan iboratdir. 
  MHT  da birlamchi daromadlarga  mehnat haqi, sub’ektlar  foydasi, xususiy 
mulkdan oladigan daromad, hamda soliqlar kiradi. 
Sof  milliy  daromad  (SMD)  yangidan  yaratilgan  mahsulot  va  xizmatlar 
qiymatining yig‘indisidir. 
SMD = YAMD – A. Asosiy vositalar iste’moli 
SMD = SIM + 

1
D. 
Sof  milliy  daromad  daromadlarning  shaklanishi  bo‘yicha  quyidagicha 
aniqlanadi: SMD = MX+ICHS+ YAF. 
MX – mehnat haqi: ICHS - ishlab chiqarish sof soliqlari, YAF-yalpi foyda. 
Demak  sof  milliy  daromad  uni  yaratishda  ishtirok  etganlar  o‘rtasida: 
xodimlarga  –  ish  haqi,  kapital  egasiga  –  foyda,  yer  egasiga  –  renta  qimmatbaho 
qog‘oz egasiga – divident yoki foiz, tadbirkorga - foyda sifatida taqsimlanadi. 
 
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari 
 
MHT bo‘yicha YAIM uch xil uslub bilan hisoblanishi mumkin. 
YAIM  – ishlab chiqarish  usuli; 
           - daromadlarni taqsimlash usuli; 
           - pirovard iste’mol (foydalanish) harajatlari usullarida. 
YAIM  ishlab  chiqarish  usulida  barcha  yaratilgan  mahsulotlar  (m)  va 
xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatlari yig‘indisidan iborat. 
YAIM = MR+XR. 
Misol:  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarning  bozor  bahosidagi  qiymati  MR  = 
1092,6 birlik. 
Ko‘rsatilgan barcha xizmatlar qiymati XR = 900, 2 br. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  ishlatilgan  xom  ashyo  va  boshqa  oraliq 
iste’moli (OI)ning bozor baholaridagi qiymati = 546,3br. 
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan OI = 474,4 
YAIM = 1092,6 + 900,2 – 546,3 – 474,4  
YAIM  daromadlarni  taqsimlash  usulida  barcha  birlamchi  daromadlarni 
jamlash yordamida aniqlanadi. 
YAIM = MX+S+YAF 
Bu  yerda  MX  –  xodimlarga  hisoblangan  mehnat  haqi  va  undan  ijtimoiy 
sug‘urtaga ajratilgan ajratmalar. 
S – ishlab chiqarish va import uchun to‘lanadigan soliqlar: 
YAF – yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar. 
Bunda  mehnat  haqi  asosan  xodimlarga  hisoblangan  va  to‘langan  mehnat 
haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni o‘z ichiga oladi. 
Mehnat  haqiga  xodimlarga  to‘langan  barcha  ish  haqi  turlarini  jumladan 
natura  tarzida  berilgan,  bayram  va  ta’til  vaqt  uchun  berilgan  mehnat  haqlari  ham 
kiradi. 
Ishlab chiqarish va import uchun to‘lanadigan soliqlarga xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar  yerdan,  mehnat  resurslaridan,  mulkdan  foydalanganlik  uchun 

 
 
 
69 
to‘lanadigan soliqlar kiradi. (soliqlar ko‘p bo‘lib, ularga qqs, aksiz, yersolig‘i, suv 
resurslaridan foydalanish, yer osti va boshqalar). 
Import va eksport solig‘i, bojxona boji va shu kabilar kiradi. 
Yalpi  foyda  va  yalpi  aralash  daromadlarga  rezidentlar  olgan  daromadlari: 
korxonalar foydasi va shu kabilar kiradi. 
Pirovard  iste’mol-harajatlar  usulida  YAIM  uy  xo‘jaligi,  davlat  boshqaruv 
muassasalarining  tovar  va  xizmatlarning  pirovard  iste’molini,  yalpi  jamg‘armani,  
tovar va xizmatlar eksporti va importi saldosini o‘z ichiga oladi. 
  Uy xo‘jaligi tovar va xizmatlar pirovard iste’moli quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi.  
- sotib olish uchun qilingan harajatlar; 
- natura shaklida mehnat haqiga olingan mahsulotlar iste’moli. 
Davlat  boshqaruvi  muassasalarining  pirovard  iste’moli  uchun  qilingan 
harajatlariga bu muassasalarni saqlash uchun ishlatiladigan joriy harajatlar kiradi. 
Yalpi  jamg‘arish  –  asosiy  kapitalning  ko‘payishi,  moddiy  aylanma 
mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishidan, hamda boyliklarni sotib olishga sarflangan 
harajatlarni o‘z ichiga oladi. 
Asosiy  kapitalning  ko‘payishi  deganda  asosiy  vositalarni  qabul  qilingan 
summasidan  –  hisobdan  chiqarilgan  asosiy  vositalar  qiymati  ayirib  tashlanganiga 
teng. 
Moddiy  aylanma  mablag‘lar  zahirasining  ko‘payishi  deganda,  xom  ashyo, 
materiallarning,  mahsulot  ishlab  chiqarishga  sarflangan  harajatlarning,  tayyor 
mahsulotlarining,  tovarlarning  hisobot  davri  boshiga  va  oxiriga  bo‘lgan 
qiymatlarining farqi tushuniladi. 
 
 
 
«Makroiqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari» mavzusi bo‘yicha 
tayanch iboralar 
 
Xalq  xo‘jalik  balanslari,  milliy  hisoblar  tizimi,  makroiqtisodiy  faoliyat 
natijalari, yalpi ichki mahsulot, yalpi daromad, sof milliy daromad, ishlab chiqarish 
usuli, daromadlarni taqsimlash usuli, pirovard iste’mol usuli. 
 
«Makroiqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari» mavzusi bo‘yicha o‘z-
o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
 
Milliy hisoblar tizimining mohiyati. 
2.
 
Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. 
3.
 
Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy mahsulotlar ko‘rsatkichlari mohiyati. 
4.
 
Yalpi milliy daromad va sof milliy daromad ko‘rsatkichlari mohiyati. 
5.
 
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari. 
6.
 
Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash. 
7.
 
Yalpi ichki mahsulotni daromadlarni taqsimlash usulida hisoblash 
8.
 
Yalpi ichki mahsulotni pirovard iste’mol (foydalanish) usulida hisoblash. 

 
 
 
70 
                   Tavsiya etilgan adabiyotlar ruyxati 
 
1.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonuni:  Davlat  statistikasi  to‘g‘risida»  2002  yil  12 
dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. 
«O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida 
davlat dasturi». 
3.
 
Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4.
 
Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 
5.
 
Maxmudov B. Milliy hisobchilik asoslari. T.: “Akademiya” nashriyoti, 2003. 
6.
 
Ivanov Yu.N.i dr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7.
 
Nabiyev  X.  va  boshqalar.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  M.:  O‘zb. 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8.
 
Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9.
 
Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistikasi. Samarqand SamKI, 2002.   
10.
 
Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005.     
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
71 
Mavzu – X. YALPI ICHKI MAHSULOTNING HAJMINI HISOBLASH 
USULLARI 
 
                     Reja: 
 
1.
 
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati. 
2.
 
Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash. 
3.
 
Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash usulida hisoblash. 
4.
 
Yalpi ichki mahsulotni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash. 
1.
 
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati 
 
Makroiqtisodiy  darajada  iqtisodiyotni  bir  qancha  iqtisodiy  ko‘rsatkichlar 
(yalpi  ichki  mahsulot,  sof  ichki  mahsulot,  yalpi  milliy  mahsulot,  yalpi  milliy 
daromad va shu kabilar) ifodalaydi. 
Bu  ko‘rsatkichlar  ichida  asosiylaridan  biri  yalpi  ichki  mahsulot  (bundan) 
keyin YAIM) ko‘rsatkichidir. YAIM – mamlakat ichida ma’lum davrda (ko‘pincha 
bir  yil)  pirovard  iste’mol  uchun  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  va  ko‘rsatilagan 
xizmatlarning  qiymatlarining  yig‘indisidir.  YAIM  –  ko‘rsatkichining  iqtisodiy 
mohiyati  shundaki:  birinchidan  barcha  tarmoq  korxonalari  (tashkilotlari,  firmalari 
va  shu  kabilar)  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlardir.  Demak,  bu  sanoat, 
qishloq  xo‘jaligi,  transport,  qurilish,  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  va  shu  kabi 
tarmoqlarda ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu jumladan aholining 
shaxsiy  yordamchi  xo‘jaligi  va  yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyati  bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatlari ham kiradi. 
Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va shu kabi 
xizmat turlari kiradi. 
Ikkinchidan, YAIM – barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi) iste’mol uchun sarflanadigan 
mahsulot va xizmatlar qiymati bilan hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan xom 
ashyo,  materiallar,  elektroenergiya,  urug‘,  yem  –xashak  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar 
qiymatlari,  qaysikim  boshqa  bir  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan 
qiymatlar  YAIMga  qo‘shilmaydi.  Demak  YAIM  da  qaytadan  –  ya’ni  takroriy 
sarflar hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga moddiy va boshqa 
sarflar faqat bir marta hisobga olinadi. 
 
YAIM tarkibi quyidagicha: 
 
O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, % 
jadval 
 
 
1995 
1998 
2000 
2002 
2006 
2007 
Sanoat 
17,1 
14,9 
14,2 
14,1 
22,1 
24,0 
Qishloq xo‘jaligi 
28,0 
26,8 
30,1 
30,6 
24 
21,7 
Transport va aloqa  
7,3 
6,8 
7,7 
8,2 
11,4 
11,1 
Qurilish 
7,1 
7,5 
6,0 
4,9 
5,1 
5,5 

 
 
 
72 
Savdo 
va 
umumiy 
ovqatlanish 
5,2 
8,4 
9,7 
9,8 
9,5 
9,4 
Boshqa sohalar 
22,2 
21,2 
19,8 
20,7 
18,6 
18,8 
Tovarlarga  va  eksport 
import muammolariga sof 
soliqlar   
13,1 
14,4 
12,5 
11,7 
9,2 
9,5 
Jami 
100 
100 
100 
100 
100 
100 
Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va 
keyinga stat. ma’lumotlar. 
 
Jadval  ma’lumotlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  YAIM  tarkibida  qishloq 
xo‘jaligi tarmog‘i hissasi katta. 
 
2. YAIM ni ishlab chiqarish usuli bilan hisoblash 
 
YAIM  ni  ishlab  chiqarish  usulida  hisoblanganda  mamlakat  miqyosida 
barcha  rezidentlari  tomonidan  yaratilgan  qo‘shilgan  qiymatlar  summasini 
tarmoqlar  va  sektorlarda  ishlab  chiqarilgan  barcha  mahsulotlar  va  ko‘rsatilgan 
xizmatlar  qiymatidan  ishlab  chiqarish  jarayonida  to‘liq  iste’mol  qilingan 
mahsulotlar  va  xizmatlar  ya’ni  oraliq  iste’mol  (OI)  qiymatini  ayirib  tashlab 
topiladi. Ja’mi ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar ya’ni ja’mi 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar (JIM) tarkibiga: 

 
o‘z iste’moli yoki boshqa  rezidentlarga sotilgan mahsulotlar; 

 
boshqa rezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar; 

 
davlat  boshqaruv  idoralari  va  notijorat  nodavlat  tashkilotlariga 
ko‘rsatilgan xizmatlar; 

 
uy xo‘jaligiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va shu kabilar kiradi. 
Haq to‘lanadigan uy xo‘jaligi xizmatlari ya’ni o‘z uyidagi ovqat tayyorlash, 
Kir yuvish va shu kabilar MHT tasnifi bo‘yicha JIM tarkibiga kiritiladi. 
Demak GΣ ZQQ = JIM –ON;   
 
3. YAIM ni taqsimlash usulida hisoblash 
 
YAIM ni taqsimlash usulini hisoblashda mamlakatdagi barcha rezidentlarga 
taqsimlangan  va  ular  olgan  daromadlarning  umumiy  yig‘indisi  hamda  ishlab 
chiqarish  va  importga  qilingan  sof  soliq  sifatida  hisoblanadi.  Mamlakatdagi 
rezidentlar daromadlariga xodimlar (yollanma ishchilar) olgan mehnat haqi (MH), 
ishlab  chiqarishga  va  importga  sof  soliq  (s),  hamda  moliyaviy  va  nomoliyaviy 
aktivlardan olingan yalpi daromadlar (Yad) kiradi. 
Xodimlarga  to‘langan  mehnat  haqiga  natural  va  pul  ifodasida  berilgan 
vaqtbay  yoki  ishbay  ish  haqi,  ish  haqiga  qo‘shimcha  va  ustamalar,  turli  xil 
mukofotlar  va  rag‘batlantirishlar,  har  yilgi  ta’til  uchun  va  malaka  oshirish  uchun 
yo‘lovchilar va shu kabilar. 

 
 
 
73 
Ijtimoiy  sug‘urta  ajratmalar  ham  mehnat  haqi  guruhiga  kiritiladi.  Ijtimoiy 
sug‘urta  ajratmalari  rezidentlar  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  kelgusida 
xodimlarning  nafaqa  olishi  uchun  ishlatiladi.  Bundan  tashqari  ijtimoiy  sug‘urtaga 
ajratmalar  summasidan  xodimlar  kasal  bo‘lib  qolgan  paytlari  yoki  kasal  bo‘lgan 
oila a’zolariga qarash uchun ishga chiqmagan paytlari nafaqa to‘lash, nogironlarga 
nafaqa,  ayollarning  dekret  ta’tiliga  chiqqan  va  yosh  bolalarni  tarbiyalash  paytida 
to‘lanadigan nafaqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuning barcha xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar  belgilangan  stavkalarda  xodimlarga  hisoblangan  ish  haqi  jami 
summasidan  ijtimoiy  sug‘urta  jamg‘armasiga  ajratma  qiladi.  Xodimlarning 
ishsizlik  davrida  himoya  qilish  uchun  aholining  bandlik  jamg‘armasi  tuzilgan  va 
bu  jamg‘armani  mehnat  birjasi  boshqaradi.  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  aholi 
bandlik jamg‘armasiga ham ajratma qiladi va bu summa ham daromadlar taqsimoti 
hisoblanadi. 
Mahsulotlar  ishlab  chiqarish  va  import  solig‘iga  mahsulot  ishlab 
chiqaruvchilar  tomonidan  davlat  byudjetiga  to‘lanadigan  solig‘lar  (qo‘shilgan 
qiymat  solig‘i,  aksiz  solig‘i,  reklama  solig‘i,  yer  solig‘i,  suv  resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq va shu kabilar) hamda turli xil litsenziyalar olish uchun 
to‘lovlar  kiradi.  Bu  soliqlar  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  majburiy 
ravishda  to‘lanadi  va  qaytarib  berilmaydi.  Umuman  iqtisodiy  mohiyati  jihatdan 
yangidan yaratilgan qiymatning bir qismidir.. 
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  mahsulotlarni  sotish,  xizmat  ko‘rsatishdan 
olgan  sof  tushumlaridan  va  boshqa  daromadlaridan  sotilgan  mahsulot  tannarxini 
(ish  haqi  ham  birgalikda)  va  boshqa  moliyaviy  harajatlarini  ayirib  tashlasa, 
to‘langan soliqlarni ham chiqarib tashlasa yalpi foydasi qoladi. Qishloq xo‘jaligida 
shug‘ullanuvchi,  yakka  tartibda  faoliyat    yurituvchi  sub’ektlarda  mahsulot 
sotishdan  tushgan  tushumdan  harajatlar  va  soliqlar  chiqarib  tashlangandan  keyin 
qolgan  summa  yalpi  aralash  daromadlar  deyiladi.  Chunki  bu  daromadlar  ichida 
o‘zining mehnatiga tegishli haq (daromad) ham bor. 
Shunday qilib, YAIM ni taqsimlash usulida xodimlarga hisoblangan mehnat 
haqi  (MH),  davlat  byudjetiga  to‘langan  soliqlar  (S)  va  sub’ektlarning  yalpi 
foydalari (YAF) yig‘indisi ko‘rinishida ifodalasa bo‘ladi. 
                 YAIM = MH +S+YAF  
Agarda  juda  keng  ma’noda  yozadigan  bo‘lsak,  bu  formulani  quyidagicha 
yozish mumkin. 
YAIM = MH+ISA+ABFA+ST+YAF. 
Bu yerda ISA – ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; 
              ABFA – aholining bandlik fonidiga ajratmalar; 
               ST – soliq va to‘lovlar. 
 
4. YAIMni pirovard foydalanish usulida hisoblash 
 
YAIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash mumkin. 
Bu  usulda  tovarlar  va  xizmatlar  oxirgi  iste’mol  uchun  qilingan  xarajatlar, 
(TXI)  xo‘jaliklarning  yalpi  jamg‘armasini  (YAJ),  hamda  tovar  va  xizmatlar 
eksporti va importi saldolari (EIS) yig‘indisi sifatida aniqlanadi.  

 
 
 
74 
                  YAIM = TXI+YAJ+EIS. 
Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi: 

 
iste’mol  tovarlar  va  xizmatlarni  xarid  qilish  uchun  sarflangan 
summalar (TXX); 

 
natura  shaklida  olingan  (mehnat  haqi  yoki  boshqa  tarzda)  iste’mol 
tovarlari va xizmatlar (NTX); 

 
uy  xo‘jaligi  o‘z  ehtiyoji  uchun  ishlab  chiqargan  va  iste’mol  qilgan 
tovarlar va xizmatlar (UITX); 

 
davlat  boshqaruv  muassasalari  va  notijorat  tashkilotlarning  joriy 
is’temol  xarajatlari:  ya’ni  sog‘liqni  saqlash  maorif  sanoat  va  madaniyat  kabi 
sohalarga jamoa iste’moli uchun qilingan harajatlar (DBNTJIX). 
Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX; 
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  yalpi  jamg‘armasiga  (AVYAJ)  asosiy 
vositalar  yalpi  jamg‘arilish  (AVYAJ),  moddiy  aylanma  mablag‘lar  zaxiralarining 
o‘zgarishi (AMZO‘), sof harid qilingan boyliklar (qiymatliklar) kiradi. 
Asosiy  vositalar  bir  yildan  ko‘proq  ishlatiladigan  va  foydalanish  tufayli 
daromad  keltiradigan  mehnat  qurollaridir.  Ularga  binolar,  inshoatlar,  mashina  va 
asbob  uskunalar,  motor  va  stanoklar,  transportlar,  xo‘jalik  investorlari  kabilar 
kiradi.  Asosiy  vositalar  yalpi  jamg‘arilishi  (AVYAJ)  deganda  kelgusida  daromad 
olish  uchun  asosiy  vositalarni  ko‘paytirish  (sotib  olish,  qurish)  uchun  qilingan 
sarflar  mablag‘larga  aytiladi.  Asosiy  vositalar  yalpi  jamg‘arilishi  joriy  yilda 
olingan  (harid  qilingan,  qurilgan)  asosiy  vositalar  qiymatidan  shu  yilda  hisobdan 
chiqarilgan asosiy vositalar farqi sifatida aniqlanadi. 
                AVYAJ = AVS – AVX; 
Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati: 
AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati. 
MHTning  1993  yilgi  xalqaro  standartiga  asosan  yerning  holatini 
yaxshilashga, tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan sarflar patent, 
lesenziya va shu kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga kiritiladi. 
Moddiy  aylanma  mablag‘lar  zahiralarining  o‘zgarishi  (AMZO‘)  ishlab 
chiqarish  zahiralari  (xom  ashyo,  materiallar),  tayyor  mahsulotlar  sotish  uchun 
olingan tovarlar qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu ma’lumotlar asosan buxgalteriya 
balansi  yil  oxiridagi  qoldiqlaridan  yil  boshiga  bo‘lgan  summalarini  ayirish  yo‘li 
bilan  topiladi.  Lekin  bunda  moddiy  zahiralarning  saqlanish  davridagi  narx 
o‘zgarishlarini  hisobga  olish  zarur.  Buxgalteriya  balansida  moddiy  aylanma 
mablag‘lar:  ishlab  chiqarish  zaxiralari  (ICHZ);  tugallanmagan  ishlab  chiqarish 
(TICH),  tayyor  mahsulotlar  (TM)  va  tovarlar  (ST)  ko‘rinishda  beriladi.  Demak 
moddiy 
aylanma 
mablag‘lar 
zaxiralar 
o‘zgarishini 
(AMZO‘) 
ularning 
o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi. 
           AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM+ ST;  
Sof  harid  qilingan  boyliklarga  ishlab  chiqarishda  foydalanish  yoki  iste’mol 
qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun saqlanadigan qimmatbaho 
metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu kabilar kiradi. 

 
 
 
75 
 
«YAIM ni hisoblash usullari» mavzusi bo‘yicha 
tayan iboralar 
 
Yalpi  ichki  mahsulot  (YAIM),  yalpi  milliy  mahsulot  (YAMM),  sof  ichki 
mahsulot  (SIM),  pirovard  iste’mol,  oraliq  iste’mol,  jami  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotlar,  yaratilgan  qo‘shilgan  qiymat  (YAQQ),  yalpi  daromad  (YAD),  yalpi 
foyda (YAF),    
 
«YAIM ni hisoblash usullari» mavzusi bo‘yicha  
o‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
 
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati. 
2.
 
Moliyaviy sektorda yalpi ichki mahsulot qanday hisoblanadi? 
3.
 
Nomoliyaviy sektor YAIM ga nimalar kiradi? 
4.
 
YAIM ni qanday usullarda hisoblash mumkin? 
5.
 
YAIM ni  ishlab chiqarish usulida hisoblash. 
6.
 
YAIM ni taqsimlash usulida hisoblash. 
7.
 
Yalpi jamg‘arma deganda nimani tushunasiz? 
8.
 
YAIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash. 
9.
 
Nominal va real YAIM mohiyatlarini va farqini tushuntiring. 
10.
 
YAIM deflyatori mohiyatini tushuntiring. 
 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling