Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «iqtisodiy statistika»


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana13.12.2020
Hajmi0.83 Mb.
#165967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Iqtisodiy statistika


tovar mahsulotni tashkil etadi.  
Boshqa  mahsulotlarni  tayyorlash  uchun  ishlatilgan  mahsulotlar  va 
xizmatlarning  qiymati  oraliq  iste’molni  tashkil  etadi.  Mamlakat  miqiyosida  bozorda 
sotish  uchun  tayyorlangan,  pirovard  (oxirgi)  iste’mol  uchun  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotlar  va  xizmatlarning  bozor  bahosidagi  yig‘indisi  yalpi  ichki  mahsulotni 
tashkil  etadi.  Bu  muhum  iqtisodiy  ko‘rsatkich  bo‘lib,  mamlakatning  iqtisodiy 
rivojlanish darajasini bildiradi.  
Mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  sharoit  (binolar),  asbob-uskunalar,  xom 
ashyolar  kerak  bo‘ladi.  Binolarning,  asbob-uskunalarning,  transport  vositalarining 
turli-tuman  va  juda ko‘p  ekanligini tasavvur qilamiz.  Ularni  umumlashtirib –  asosiy 
vositalar  (ayrim  kitoblarda:  asosiy  kapital,  asosiy  fondlar)  deyiladi.  Faqat  asosiy 
vositalar  bialn  mahsulot  ishlab  chiqarib  bo‘lmaydi.  Kerakli  turda  xom  ashyo, 
materiallar  zarur,  omborlarda    ishlab  chiqarilgan  tayyor  mahsulotlar,  savdo 
do‘konlarida  –  tovarlar  mavjud.  Ularning  puldagi  qiymatini  aylanma  mablag‘lar 
(ayrim adabiyotlarda – aylanma fondlar, joriy aktivlar) deb ataladi. Bundan tashqari 
mamlakatda  madaniy-ma’rifiy  boyliklar  ham  bo‘ladi.  Masalan:Samarqandda  jahon 
madaniy xazinasidan joy olgan Registon (Tilla-kori, Ulug‘bek, Sherzod) madrasalari 
mavjud.  Mamlakatdagi  foydalanishda  bo‘lgan  tabiiy  qazilmalari,  asosiy  vositalar, 
aylanma  mablag‘lar,  madaniy-ma’rifiy  xazinalar  uy  xo‘jaligi  mulklari  mamlakat 
milliy boyligini tashkil etadi.  
 
3. Makro-mikroiqtisodiy statistika fanining 
ko‘rsatkichlar tizimi 
 
Iqtisodiyotni  makrodarajada  o‘rganish  uchun  makroiqtisodiy  statistika 
quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi: 

 
aholi va mehnat resurslarining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar; 

 
ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 

 
iqtisodiy  o‘sish  va  iqtisodiy  samaradorlikni  ifodalovchi  umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlar; 

 
milliy boylikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar; 

 
tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. 

 
 
 
19 
Bu  ko‘rsatkichlar  tizimi  mamlakatni  yaxlit  holda  ijtimoiy-iqtisodiy  holatini, 
iqtisodiy samaradorlik natijasini, tashqi iqtisodiy aloqalar darajasini hamda iqtisodiy 
rivojlanish imkoniyatlarini ko‘rsatib (aks ettirib) beradi. Makroiqtisodiy statistikaning 
ko‘rsatkichlar  tizimi  o‘zaro  bir-biri  bilan  bog‘liq.  Masalan:  milliy  iqtisodiyotni 
rivojlantirish  rejalari  tuzilsa  (ko‘rsatkichlar  tizimi)  –  rivojlanishning  samaradorlik 
natijalari  ko‘rsatkichlari  ham  o‘rganiladi  va  tuziladi.  Ko‘rsatkichlar  tizimi  ilmiy 
prinsiplarga,  muhim  qoidalarga  asoslangan  bo‘lishi  lozim.  Makroiqtisodiy  statistika 
ko‘rsatkichlari  tuzilishi  va  hisoblash  uslubiyati  bo‘yicha  xalqaro  statistika 
amaliyotida  qabul  qilingan  standart  talablariga  mos  bo‘lishi  kerak.  Makroiqtisodiy 
statistika qo‘llanadigan tizimlar ko‘p qirrali va pog‘analidir. Bu ko‘rsatkichlar tizimi 
gorizantal tarzda ham, vertikal tarzda ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda.  
Makroiqtisodiy  statistika  ko‘rsatkichlarining  ko‘p  qirrali  bo‘lish  zaruriyatini 
iqtisodchi  olim  Yo.Abdullayev  quyidagicha  (Yo.Abdullayev  –  Mikroiqtisodiy 
statistika. T., Mehnat, 1998 y. 21-bet) tasvirlagan.  
jadval 
Makroiqtisodiy statistik ko‘rsatkichlarni qo‘llash qirralari 
 
T/R 
Ko‘rsatkichlarni 
qo‘llash qirralari 
Tahlil maqsadi 
1. 
Sektorlar 
va 
quyi 
sektorlar 
tahlilida 
qo‘llash 

 
makroiqtisodiyotning sektorlari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni; 

 
sektorlar bo‘yicha daromad va harajatlar oqimini; 

 
moliya-kredit  aktiv  va  passivlarini  o‘rganishdan 
iborat. 
2. 
Tarmoq 
va 
qo‘yi 
tarmoqlar 
tahlilida 
qo‘llash 

 
ishlab  chiqarish  jarayoni,  tovar  resurslari,  xizmat 
ko‘rsatishda va iste’mol o‘rtasidagi munosiblikni; 

 
tarmoqlar  bo‘yicha  tovar  ishlab  chiqarish  va 
xizmat 
ko‘rsatish 
va 
ulardan 
foydalanish 
jarayonidagi oqimlarni tahlil qilishdan iborat. 
3. 
Funksional 
tahlil 
qilish 
maqsadida 
qo‘llash 
Regionlarda 

 
mehnat bilan bandlikni; 

 
moliyaviy holatni; 

 
iste’mol darajasini; 

 
tashqi  iqtisodiy  aloqalar  kabi  hodisalarni  maxsus 
tahlil qilishdan iborat. 
4. 
Sotsial  tahlil  qilish 
maqsadida qo‘llash 

 
regionlar  miqyosida  turmush  darajasini  qay 
ahvolda ekanligi; 

 
boy va kambag‘allar o‘rtasida tafovutni; 

 
iste’mol  savatchasining  qay  darajada  ekanligini 
tahlil qilishdan iborat. 
5. 
Hududiy  tahlil  qilish 
maqsadida qo‘llash 

 
iqtisodiy  o‘sish  darajasi  va  regionlar  reytingini 
aniqlashdan iborat. 
 
 

 
 
 
20 
Manba: Yo.Abdullayev. Makroiqtisodiy statistika. 
 T.: Mehnat, 1998 y., 21-bet 
 
Hozirgi  paytda  O‘zbekistonda  xalqaro  amaliyotda  qabul  qilingan  hisob  va 
statistika  asosida  millliy  hisoblar  tizimi
1
  ishlab  chiqilgan  hamda  amaliyotga  tadbiq 
qilingan.  Milliy  hisoblar  tizimiga  o‘tish  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarni  xalqaro 
miqyosda  qo‘llanayotgan  uslublar  bilan  hisoblash  va  ularni  xalqaro  miqyosda 
taqqoslash imkoniyatini yaratdi.  
 
«Makro-mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi»  
mavzusi bo‘yicha tayanch iboralar. 
 
Iqtisodiy  faoliyat,  iqtisodiy  ko‘rsatkichlar,  yakka  statistik    ko‘rsatkich, 
umumlashtiruvchi  statistik  ko‘rsatkichlar,  milliy  mahsulot,  yalpi  ichki  mahsulot, 
moddiy  ishlab  chiqarish,  nomoddiy  ishlab  chiqarish,  milliy  iqtisodiyot,  yalpi  ishlab 
chiqarish,  tovar  mahsuloti,  oraliq  iste’moli,  yalpi  ishlab  chiqarish,  tovar  mahsuloti, 
oraliq  iste’moli,  asosiy  vositalar,  aylanma  mablag‘lar,  milliy  boylik,  doiraviy 
aylanma. 
 
«Makro-mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi» mavzusidan o‘z-o‘zini 
nazorat qilish va  
muhokama uchun savollar. 
 
1. Statistik ko‘rsatkichlar mohiyati. 
2. Statistik ko‘rsatkichlar miqdor va sifat tomonlari 
3. Statistik ko‘rsatkichlarga qo‘yiladigan talablar. 
4. Milliy mahsulotning doiraviy aylanmasi mohiyati. 
5. Moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish nima? 
6. Yalpi ishlab chiqarish, oraliq iste’mol, tovar mahsuloti, yalpi ichki mahsulot kabi 
iqtisodiy kategoriyalar mohiyati 
7. Makroiqtisodiy statistika fani ko‘rsatkichlarining ko‘p qirrali ekanligi. 
8. O‘zbekistonda xalqaro amaliyotda qo‘llanayotgan hisob va statistika uslublarining 
qo‘llanilishi va milliy hisoblar tizimi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                 
1
 Milliy hisoblar tizimi to‘g‘risida to‘liq  VI va XVI mavzularda berilgan. 

 
 
 
21 
 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 
dekabrda qabul qilingan. 
2.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. 
«O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida 
davlat dasturi». 
3.
 
Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining 
asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998. 
5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar 
uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistika. Samarqand, SamKI, 2002. 
10. Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 
11.  Xudayberdiyev  U.X.  Makro-mikroiqtisodiy  statistika.  Ma’ruzalar  matni. 
Samarqand, SamISI, 2005. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
22 
Mavzu IV. AHOLI SONI VA HARAKATI  
KO‘RSATKICHLARI  STATISTIKASI 
                   
                 Reja: 
 
1.
 
Aholi soni va ularning o‘rtachasini hisoblash. 
2.
 
Aholi tarkibi statistikasi 
3.
 
Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi 
 
4.1. Aholi soni va ularning o‘rtachasini hisoblash 
 
Jamiyat  –  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’mol  qiluvchilar  ya’ni  aholi 
soni  va  tarkibiga  bog‘liq.  O‘zbekiston  aholisi  yildan  –  yilga  yuqori  sur’atlar  bilan 
o‘sib bormoqda. Aholi soni va tarkibini o‘rganishning asosiy usuli ro‘yxatga olishdir. 
Aholini  ro‘yxatga  olish  ularni  bir  vaqtda  yoppasiga  (to‘liq)  kuzatish  usuli  bo‘lib, 
natijada  aholining  soni,  ularning  jinsi,  yoshi,  millati,  ma’lumoti  va  boshqa 
xususiyatlari bo‘yicha tarkibini aniqlashga imkoniyat yaratadi. 
Aholini  ruyxatdan  o‘tkazish  –  ularning  har  birini  hisobga  olish  bo‘lib,  juda 
katta kuch va mablag‘, hamda tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham aholini 
ro‘yxatga  olish  ma’lum  muddatlarda,  ko‘pincha  hukumat  qarorlariga  asosan 
o‘tkaziladi.  Sobiq  SSSR  paytida  aholi  ro‘yxati  bir  necha  bor  o‘tkazilgan.  Aholi 
ro‘yxati  keyingi  yillarda  1970  yil  15  yanvar,  1979  yillarda  bo‘lib  o‘tgan, 
O‘zbekistonda  oxirgi  marta  aholini  ro‘yxatga  olish  1989  yil  bo‘lgan  edi.  ro‘yxatga 
olishdagi kritik payt. 
O‘zbekiston  Respublikasi  aholisi  soni  1989  yilning  boshida  23872,5  ming 
kishini  tashkil  etgan.  Respublika  aholisi  yildan  –  yilga  yuqori  sur’atlar  bilan 
ko‘paymoqda.  Faqat  1990-1997  yillarning  o‘zidayoq  mamlakat  aholisi  13,3% 
ko‘paygan. 2006 yil boshiga Respublika aholisi 26,4 mln. kishi. 
O‘zbekiston  aholisining  yuqori  sur’atlar  bilan  ko‘payishiga  to‘g‘ilishning 
yuqoriligi, o‘limning kamayganligi, nikohning ko‘pligi, oilaning mustahkamligi kabi 
omillar ta’sir qiladi. 
Aholi sonining o‘sishi tabiiy va mexanik tarzda sodir bo‘ladi. Aholining tabiiy 
o‘sishi to‘g‘ilish va o‘lim o‘rtasidagi farqdir. 
Aholining sonini hisoblashda va ro‘yxatga olish jarayonida  doimiy va mavjud 
aholi, vaqtincha yo‘qlar va vaqtincha yashovchilar sonini hisobga olish zarur. 
Mavjud  aholi  deb  ro‘yxatga  olish  vaqtida  (paytda)  shu  joyda  bo‘lgan  aholi 
soniga aytiladi. Lekin aholini ro‘yxatga olish paytida mazkur aholi punktidan boshqa 
joylarga vaqtinchalik turli sabablar bilan ketganlar  
(6  oydan  ozroq    muddatga)  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  aholilar  vaqtinchalik  yo‘qlar 
deyiladi va ro‘yxatga olishda ular shu punkt aholi soniga qo‘shiladi. Xuddi shunday 
aholini  ro‘yxatga olishda, mazkur punktda vaqtinchalik bo‘lib turganlar ham bo‘lishi 
mumkin  (xizmat  safarida,  mehmonda  va  boshqa  sabablar  bilan).  Ular  ro‘yxatga 
olishda  bor  bo‘lib,  mavjud  aholi  soniga  qo‘shiladi,  lekin  shu  punktda  doimiy 
yashaydigan aholi soniga qo‘shilmaydi. 

 
 
 
23 
Doimiy  aholi  deganda  aholi  punkitida  doimiy  yashaydigan  (6  oydan  ko‘proq 
muddat  yashaydigan)  aholi  soni  tushuniladi.  Demak,  aholi  ro‘yxatini  olayotgan 
paytida,  doimiy  yashaydigan  aholining  ma’lum  qismi,  ushbu  punktda  vaqtinchalik 
yo‘q  bo‘lishi  mumkin.  Shu  vaqtning  o‘zida  ushbu  punktda  ro‘yxatga  olish  paytida 
vaqtincha yashayotganlar ham bo‘lishi mumkin. 
Mavjud  aholiga  (MA)  ro‘yxatga    olish  paytida  ushbu punktda vaqtincha  yo‘q 
(VY)  aholi  sonini  qo‘shib,  bu  punktda  vaqtincha  bo‘lganlar  (VB)  sonini  chiqarib 
tashlasak, shu punktda doimiy yashaydigan (DYA) aholi sonini aniqlaymiz: 
DYA = MA + VY – VB. 
Demak,  mavjud  aholi  soni,  shu  punktda  doimiy  yashovchi  aholi  soniga 
vaqtincha yo‘qlar (VY), sonini ayirib vaqtincha bo‘lganlarni (VB) qo‘shish lozim. 
MA = DYA + VB – VY. 
Statistika bo‘yicha aniqlangan, doimiy yashovchi va mavjud aholi sonlari хalq 
xo‘jaligi  tarmoqlarini  joylashtirish  va  rivojlantirish  istiqbollarini  belgilashda,  hamda 
aholi  harakati  sabablarini  (ayniqsa  vaqtincha  yo‘qlar  va  vaqtincha  bo‘lganlar  soni) 
o‘rganishda  katta  ahamiyatga  ega.  Hududdagi  doimiy  aholi  soniga  qarab,  ishlab 
chiqarish,  xizmat  ko‘  rsatish  tarmoqlarini,  o‘quv  yurtlarini  tashkil  qilishni 
rejalashtirish  mumkin.  Mavjud  aholi  sonini,  ularni  oziq-ovqat  va  boshqa  tovarlar 
bilan  ta’minlashda,  transport  tarmoqlarini  rivojlantirishda  foydalanish  mumkin 
bo‘ladi. 
Albatta  aholi  soni  muhim  ko‘rsatkich  bo‘lib,  boshqa  juda  ko‘p  iqtisodiy  – 
ijtimoiy  ko‘rsatkichlarni  hisoblashda  qo‘llaniladi.  Masalan,  oliy  va  o‘rta  maxsus 
o‘quv yurtlarining, kasalxonalarning mavjudligi, har 1000 kishiga oliy, o‘rta maxsus 
ma’lumotli  mutaxassislarning  to‘g‘ri  kelishi  va  hokazo.  Lekin  aholi  soni  ko‘pincha 
yil  boshidagi  sanaga  yoki  ma’lum  davrlarga  beriladi.  Statistik  ma’lumotlar  ma’lum 
davrlarga hisoblangani  uchun,  aholining  o‘rtacha  soni  asosida aniqlanadi.  Aholining 
o‘rtacha  soni  ma’lumotlar  qanday  bo‘lishiga  qarab,  bir  necha  usullarda  aniqlanishi 
mumkin. 
I. Agarda faqat aholi sonining ikki davrga ma’lumotlari mavjud bo‘lsa, u holda 
aholining  o‘rtacha  soni  oddiy  arifmetik  o‘rtacha  formulasi  bo‘yicha  hisoblanadi. 
Masalan, O‘zbekiston aholisi 1997 yil boshiga 2344,37 ming kishi, 1998 yil boshiga 
esa  23867,0  ming  kishini  tashkil  etgan.  Demak,  Respublika  aholisining  1997  yilda 
o‘rtacha sonini topish uchun 
            
5
,
23655
2
0
,
23867
7
,
23443
=
+
=
А
   ming kishi bo‘lgan. 
II.  Agar  aholi  soni  har  oy  boshiga  berilgan  bo‘lsa,  bunda  aholining  o‘rtacha 
sonini xronologik usul bilan aniqlanadi. 
 
                                                           
2
......
3
2
2
1
Аn
А
А
А
+
+
+
 
                                       A = ----------------------------------------- 
                                                                    P – 1 
Masalan, mazkur tumanda aholi soni bo‘yicha qo‘yidagi ma’lumotlar mavjud: 
 
 

 
 
 
24 
San

lar 
1,01 
200

yil 
1,0

1,03  1,04  1,05 
1,06

1,07  1,08  1,09  1,10  1,11  1,12  1,01 
200

yil 
Ahol

soni 
ming 
kishi 
120,

120,

120,

121,

120,4  119,

120,

121,

121,

122,

122,

122,

123,

 
           
киши
минг
А
.
2
,
121
1
13
2
123
4
,
122
6
,
122
122
8
,
121
2
,
121
4
,
120
6
,
119
4
,
120
121
8
.
120
5
,
120
2
120
=
=

+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
=
  
III.  Agarda  aholi soni  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  ma’lum  davr mobaynida  teng 
bo‘lmagan  intervallarda  ma’lum  bo‘lsa,  unda  aholining  o‘rtacha  soni  o‘rtacha 
tortilgan xronologik tarzda hisoblanadi. 
                  
=
А
t
t
А









; bu yerda t vaqt oralig‘i. 
 
Masalan:  Aholi  soni  2000  yil  1  yanvarga 

120,0  ming  kishi,  1  mayga 

 
120,4 ming kishi, 1 avgustga 

 121,2 ming kishi va 2001 yil 1  yanvarga 

 123,0 
ming  kishi  bo‘lsin.  Bunday  ma’lumotlar  bilan  aholining  o‘rtacha  soni  qo‘yidagicha 
hisoblanadi: 
=
А
2
4
,
120
0
,
120
+
= 120,2 ming kishi; davr muddati = 4 oy; 
 
Shunday tarzda boshqa oylar bo‘yicha ham aniqlaymiz. 
O‘rtacha aholi soni: 
 
=
А
5
3
4
)
5
1
,
122
(
)
3
8
,
120
(
)
4
2
,
120
(
+
+
×
+
×
+
×

12
77
.
1453
= 121, ming kishi. 
 
4.2. Aholi tarkibi statistikasi 
Aholining umumiy soni muhim statistik ko‘rsatkich bo‘lib, juda ko‘p iqtisodiy 
jarayonlarda  foydalaniladi.  Lekin  aholi  statistikasining  vazifalaridan  biri,  uning 
tarkibini ham o‘rganishdir. Aholining tarkibi quyidagi belgilari bo‘yicha o‘rganiladi: 
umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati), milliy tavsifi bo‘yicha (millati, 
ona  tili);  aholining  madaniy  –  ma’rifiy  darajasini  tavsiflovchi  belgilar  bo‘yicha 
(ma’lumot  va  shu  kabilar);  aholining  ijtimoiy  tarkibini  tavsiflovchi  va  boshqa 
belgilari bo‘yicha. 

 
 
 
25 
Umuman statistika yangi to‘g‘ilgan chaqaloqlar orasida, o‘g‘il bolalar ko‘proq 
tug‘ilishini  ko‘rsatadi.  Lekin  ular  ulg‘aya  borgan  sari,  o‘zaro  tenglashib  boradi. 
Aholining  jinsiy  tarkibiga  jamiyatda  bo‘lgan  turli  xil  jarayonlar  ham  ta’sir  etadi. 
Ikkinchi jahon urushi ta’siri natijasida 1959 yilda Respublika aholisi tarkibining 48% 
ni  erkaklar;  52%  ni  ayollar  tashkil  etgan.  Keyingi  yillar  bu  nisbatlar 
baravarlashmoqda. Hozirgi vaqtda aholi tarkibida erkaklar -49,6% ni, ayollar – 50,4 
% ni tashkil etadi. 
Statistika aholining yoshini quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganadi: 
3 yoshgacha; 3 yoshdan 7 yoshgacha; maktab yoshidagilar (7-17 yosh); 18 va 
undan katta yoshdagi aholi; nafaqaxo‘rlar (55 va undan yuqori yoshli ayollar, 60 va 
undan yuqori yoshli erkaklar). 
Hozirgi  vaqtda  bolalar  va  o‘smirlar  (0-14  yoshgacha)  aholi  umumiy  sonining 
40,8  %ni,  yoshlar  esa  (15-29  yoshgacha)  –  28,3%  ni  tashkil  etadi.  Demak, 
Respublikamiz  aholisining  2/3  qismini  bolalar  va  yoshlar  tashkil  etadi.  Bu 
ma’lumotlar mamlakatimiz juda katta mehnat potensialiga ega ekanligini va u yildan 
– yilga ko‘payib borayotganligini ko‘rsatadi. 
Aholining  oilaviy  holati  qayd  qilingan  nikohlar  va  nikohdan  ajralishlar  soni 
bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston jahonda eng yuqori nikoh darajasi va oila ajralishining 
eng  past  darajasi  kuzatilgan  mamlakatlardan  biridir.  Statistikada  nikohdan  o‘tganlar 
va  nikohdan  ajralishlar  koeffitsientlari  hisoblanadi.  Nikohdan  o‘tganlar  koeffitsienti 
(Nk) nikohdan o‘tganlar sonini (NO‘) 1000 ga ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga 
bo‘lib topiladi. 
               Nikohdan o‘tganlar soni x 1000 
      Nk = -------------------------------------- 
                  Aholining o‘rtacha soni 
Nikohdan  ajralishlar  koeffitsienti  (Ak)  nikohdan  ajralganlar  sonini  1000  ga 
ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi. 
          Nikohdan ajraganlar soni x 1000 
Ak = --------------------------------------------- 
                Aholining o‘rtacha soni 
Jadval 1 
O‘zbekiston Respublikasida nikoh va ajralishlar soni 
1000 kishi hisobiga 
Yillar 
Nikohlar soni, 
ming 
Ajralishlar 
Soni, ming 
Nikohlar 
Ajralishlar 
1980 
173,6 
22,5 
10,8 
1,4 
1990 
217,3 
29,9 
10,6 
1,5 
1996 
171,7 
20,2 
7,4 
0,9 
1997 
181,4 
21,5 
7,7 
0,91 
2000 
172,9 
22,6 
7,1 
0,8 
2002 
165,6 
18,3 
6,5 
0,7 
2004 
155,8 
17,4 
6,0 
0,7 
2005 
183,3 
16,4 
7,0 
0,6 
2006 
208,5 
16,2 
7,8 
0,6 
2007 
248,5 
18,1 
9,2 
0,7 

 
 
 
26 
 
O‘zbekiston  ko‘p  millatli  mamlakat  bo‘lib,  hozirgi  paytda  120  tadan  ko‘proq 
millat va elatlarga  mansub  aholi  yashaydi.  1989  yil  aholi  ro‘yxatiga ko‘ra  o‘zbeklar 
Respublika  aholisining  74  %  ni  tashkil  etadi.  Ulardan  keyingi  o‘rinlarda  ruslar, 
tojiklar,  qozoqlar,  qoraqalpoqlar,  tatarlar  turadi.  Tojiklar,  qozoqlar,  qirg‘izlar, 
qoraqalpoqlar O‘zbekistonda qadimdan yashab kelayotgan tub joy aholi hisoblanadi. 
Ruslar,  nemislar,  tatarlar,  mesxeti  turklar  va  boshqa  shu  kabi  millat  vakillari 
O‘zbekistonga turli vaqtlarda, asosan ikkinchi jahon urushi natijasida majburiy tarzda  
keltirilgandir.  Shuning  uchun  ham  bu  millat  vakillarining  ayrimlari  keyingi  yillarda 
o‘z    vatanlariga  qaytib  ko‘chib  ketmoqdalar.  Lekin,  mustaqil  O‘zbekistonda 
Konstitutsiyamizning  18  –  moddasiga  yozilganidek,  fuqoralar  jinsi,  irqi  millatidan 
qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egadir, qonun oldida tengdir. 
Aholining  madaniy  –  ma’rifiy  darajasini  mavjud  teatrlar,  kutubxonalar  va 
ulardagi  kitoblar  soni  chop  qilinayotgan  kitob  va  davriy  nashriyotlar  soni,  oliy  va 
o‘rta  maxsus  ma’lumotlilar  soni,  fan  doktorlari  va  nomzodlari  soni  va  shu  kabi 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin. 
O‘zbekistonda  hozirgi paytda 60 tadan ziyod oliy o‘quv yurtlari, 260 ta o‘rta 
maxsus o‘quv yurtlari mavjud. Respublika oliy majlisi IX sessiyasida qabul qilingan. 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ni  amalga  oshirish  uchun  joylarda  kasb  hunar 
kollejlari  va  akademik  –  litseylar  ochilmoqda.  Mamlakatda  majburiy  umumiy  o‘rta 
ma’lumot olish qonun bilan belgilangan. Har 1000 ming kishi hisobiga 143 ta oliy va 
to‘liqsiz oliy, 200 ta o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kishilar to‘g‘ri keladi. 
 
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling