1. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot


Download 21.62 Kb.
bet2/4
Sana09.11.2021
Hajmi21.62 Kb.
#172153
1   2   3   4
Bog'liq
Mamatkulov Akbar

Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:

1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi.

2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish. Bu erda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir iqtisodiy hodisa o‘zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo‘lgani holda, boshqa bir iqtisodiy jarayonga sabab yoki omil bo‘lishi mumkin. Masalan, mashina, dastgoh, asbob-uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo‘lgani holda ikkinchi ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida o‘zgarish bo‘lishiga, qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar esa sanoatda o‘zgarish bo‘lishiga turtki bo‘ladi va h. k.

3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha rivojlanishida deb qarash. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.

4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga rivojlanishning manbai deb yondashish. Ilmiy abstraksiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.


Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling