1. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot
Download 21.62 Kb.
|
Mamatkulov Akbar
1.Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot: d) aralash iqtisodiyot; 2. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi? b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur? 3. Rivojlanish bosqichlariga sivilizatsion yondashuvning asoschisi kim? b) Uolter Rostou; 4. Sivilizatsion yondashuv bo‘yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo‘linib, u quyidagilardan iborat: d) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati; 5. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘rin almashinish sabablari formatsion yondashuvda qanday izohlanadi? c) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelmasligi o‘rtasidagi ziddiyat; 6. Iqtisodiy tizim nima? b) ishlab chiqarishni tashkil etish shakli. 7. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim? c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan; 8. Aralash iqtisodiyot nima? d) buyruqli va bozor iqtisodiyoti qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan iqtisodiyot; 9. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’- minlanadi? b) sof kapitalizmda. 10. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador? b) faqat bozor iqtisodiyotiga; 11. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi? b) iqtisodiy tizim; 12. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi? d) xo‘jalik yuritish mexanizmi; 13. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi? c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni; 14. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish (mehnat taqsimoti, uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi) natijasida vujudga keladigan munosabatlarni toping: b) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar; 15. Hayotiy vositalar va boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar qanday nomlanadi? b) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar; 16. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi turining birligi nimani tashkil qiladi? b) ishlab chiqarish usulini; 17. Ishlab chiqarish usuli va jamiyatdagi mavjud ustqurma birgalikda nima deb ataladi? c) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya; 18. Ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning ma’lum bir usullari qanday nomlanadi? c) texnologiya; 19. Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishga qaratilgan choratadbirlari qanday siyosatni anglatadi? b) iqtisodiy siyosat; 20. Iqtisodiy tizimning iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg‘unlashtirish mexanizmi hamda mulkchilikning hukmron shakli bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: b) bozor iqtisodiyoti; 21. Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarishning texnologik usuli bo‘- yicha turkumlangan turini aniqlang: c) oddiy kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizim; 22. Iqtisodiy tizimning industrial ishlab chiqarishning vujudga keli-shi va rivojlanishi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: c) industrial jamiyat; 23. Iqtisodiy tizimning jamiyat iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang: d) o‘tkinchi jamiyat; 24. Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang: d) o‘tkinchi jamiyat; 25. Iqtisodiy tizimning jamiyatning siklli rivojlanish sivilizatsiyasi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang: d) monoiqtisodiyot; 26. Iqtisodiy tizimning amal qilish darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang: d) neolitik; 27. Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda nimani tashkil qiladi? b) texnologik usulni; 28. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni bajaruvchilar mehnatining bir joyda, oddiy shaklda uyushtirilishi qanday nomlanadi? a) oddiy kooperatsiya; 29. Manifakturaga uyushgan xodimlar mehnatiga mashinalarning joriy qilinishi natijasida qanday ishlab chiqarish vujudga keladi? d) mashinalashgan ishlab chiqarish; 30. Oddiy kooperatsiyaga birlashgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mehnat taqsimoti joriy qilinishi qanday nomlanadi? c) manufaktura; Javoblar:
SAVOLLAR 1. Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. Qadimgi Sharq va G’arb xalqlaridagi iqtisodiy g’oyalar. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: mеrkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va marjinalizm. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar. 2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishida turli xil oqimlarning roli Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kеlayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi. Siyosiy iqtisod grеkcha so’zdan olingan bo’lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo’jaligi, «nomos» - qonun dеgani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari ma’nosini bеradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan frantsuz iqtisodchisi Antuan Monkrеtеn birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Kеyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod kеng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to’g’risidagi fandir, dеb yozgan edilar. “Iqtisodiy nazariya” fan sifatida shakllanish jarayonida vujudga kelgan oqimlar quyidagilar: mеrkantilizm, fiziokratlar, klassik iqtisodiy maktabi. 3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi – cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini toppish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi: 1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytiradi; 2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir; 3)bashorat qilish vazifasi– jamiyat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining isriqbollarini ilmiy asoslab beradi 4)metodologik vazifasi– boshqa iqtisodiy fanlar o’z predmetini iqtisodiyot nazariyasi asoslab bergan qonun kategoriyalariga tayangan holda o’rganadi. 4. Iqtisodiyot nazariyasi fanining bilish uslub va usullari
Download 21.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling