1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi. Iqtisodiy o’sishga omillari va tiplari Iqtisodiy o’sishning E. Domar modeli


DYs= DK α , DK investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni: DYs= I α


Download 39.48 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi39.48 Kb.
#1414021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11.Iqtisodiy o‘sish modellari (1)

DYs= DK α , DK investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
DYs= I α deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital quyilmalar( investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so’mga oshirish uchun 4 mlrd so’m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo’ladi.
α=DYs / I bir so’mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini ko’rsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega
DYd= D I ( 1/ μ) , bu erda 1/ μ – xarajatlar multiplikatori,
μ–jamg’arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab qo’shimcha investitsiyalarning multiplikativ ko’payishiga teng miqdorda o’sishini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish to’plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qo’shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko’payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo’shimcha investitsiyalargina ko’rib chiqilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo’shimcha o’sish sur’atlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani echib suyidagi natijani olamiz:
D I / I = μ α
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik o’sish sur’ati bo’lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida to’liq bandlilikni ta’minlab turish uchun
(μ α) miqdorga teng bo’lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o’sish sur’atijamg’arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo’lsa D I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestitsiyalarning o’sish sur’ati 8% bo’lishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg’arish normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.

4. Iqtisodiy o’sishning R.Xarrod modeli


Agar E. Domar o’z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor ded olgan bo’lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o’sish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi ham kiritildi. Akselerator printsipiga ko’ra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning o’sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarningning o’sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod o’z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangano’sish surti tenglamasi;
2) haqiqiy o’sish sur’ati tenglamasi;
3)tabiiy o’sish sur’ati tenglamasi.

R Xarrod modelida haqiqiy o’sish sur’ati ishchi kuchining o’sish sur’ati va kapital unumdorligining o’sish sur’ati bilan belgilanadi.



Download 39.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling