1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi. Iqtisodiy o’sishga omillari va tiplari Iqtisodiy o’sishning E. Domar modeli


Download 39.48 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi39.48 Kb.
#1414021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11.Iqtisodiy o‘sish modellari (1)

G c = s , bu erda
G - YaIMning haqiqiy qo’shimcha o’sish sur’ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamg’arish hajmi yoki jamg’arishga o’rtacha moyillik, S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o’sish sur’ati bo’lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o’sish sur’atiga asoslanib o’z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o’sish sur’ati jamg’arishga o’rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
Gw = s / cr , bu erda:
Gw – kafolatlangan o’sish sur’ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( qtgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko’rsatkichlar doimiy bo’lganligi sababli kafolatlangan o’sish sur’atlari ham doimiy bo’ladi.
Agar haqiqiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o’sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo’lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro’y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to’liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bo’lgan maksimal o’sish sur’ati tabiiy o’sish sur’ati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to’liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o’sish sur’atlari o’zaro teng bo’lganda ta’minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.

Qisqacha xulosalar

Iqtisodiy o’sish to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish potentsial YaIM hajmining uzoq muddatli ko’payishi tendentsiyasini anglatadi. U o’sish ishlab chiqarish natijalari va omillarida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlarini xarakterlaydi.


Iqtisodiy o’sish real YaIM ning, yoki aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real YaIM ni o’sish sur’ati bilan o’lchanadi.
Iqtisodiy o’sish taklif, talab va taqsimot omillari bilan belgilanadi.
Iqtisodiy o’sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mehnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshqalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko’ra iqtisodiy o’sish ekstensiv va intensiv turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarish resurslar miqdorini o’zgartirmagan holda o’ssa, intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sish modellari deganda iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniqlash va qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iqtisodiy o’sishning asosiy omil investitsiyalar deb qaraladi. Jamg’arish normasini ko’tarish orqali investitsiyalarni ko’paytirish va ularning samaradorligini oshirish ihtisodiy o’sish shartlari deb qaraladi.
Klassik modellarda iqtisodiy o’sish ishlab chiqarishning barcha omillariga bog’liq, mehnat va kapital o’zaro almashiniladi deb qaraladi. Shunga ko’ra kapitalning ma’lum darajasida mehnatning kapital bilan qurollanganlik darajasi, o’z navbatida ishlab chiqarish hajmi ham turlicha bo’ladi.

Download 39.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling