1. Iqtisodiy o‘sishni noelastik modellari


Ochiq iqtisodiy siyosatda byudjet-soliq siyosati


Download 39.28 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi39.28 Kb.
#1561657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mikro 4mus

3. Ochiq iqtisodiy siyosatda byudjet-soliq siyosati. Ochiq iqtisodiy siyosatda pul-kredit siyosati
Hozirgi paytgacha soliqbudjet siyosatining barqarorligiga yagona ta’rif ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaхassislar tomonidan joriy va kelgusi budjetlar kamomadi YaIMga nisbatan tez sur’atlarda oshib borsa, olib borilayotgan Budjet-soliq siyosati barqaror emas, deb qabul qilingan. Shunday qilib, barqarorlikning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qarzning YaIMga nisbati va uning o‘sish sur’atlaridir.
Ko‘pchilik mamlakatlar tajribasi qarz miqdorining YaIMga nisbati baland bo‘lishi oхir-oqibatda olib borilayotgan siyosatning kelajagi yo‘qligi va uni o‘zgartirish lozimligini ko‘rsatdi.
Qarzning YaIMga nisbati baland bo‘lishi real foiz stavkalariga bosim o‘tkazib, budjet kamomadi sharoitlarida qarzga хizmat ko‘rsatish xarajatlari salmog‘ining oshishiga olib keladi va budjet siyosatida iхchamlik va egiluvchanlik imkoniyatlaridan foydalanishga imkon bermaydi.
Moliya bozorining ishtirokchilari olib borilayotgan siyosat ishonch uyg‘otmayotganligi sababli, uni o‘zgartirish lozimligiga ko‘zi yyetib, o‘z kutishlarini o‘zgartirilardi va natijada hukumat olib borayotgan siyoatni davom ettirish imkoniyati tugaydi. Bu esa, hukumat tomonidan qarz majburiyatlarini joylashtirish masalasida muammolar tug‘diradi va oхir oqibatda ularni sota olmay qoladi.
Bozor faoliyatining qatnashchilari qarz miqdorining YaIMga nisbati qanchalik baland bo‘lsa, hukumat shunchalik xarajatlarni qisqartirish hisobiga budjet chegaralarida qolishi qiyinlashishini tushunib yetadilar va hukumatning emission moliyalashtirish yoki qarzni to‘lashdan bosh tortish va qarzni qaytarish shartlarini o‘zgartirish xavfi oshadi.
Yuqoridagilardan ayon bo‘ldiki, Budjet-soliq siyosatida barqarorlikni aniqlash masalasiga yondoshuvlardan biri bo‘lib, foiz stavkalari va inflatsiyaning maqbul o‘sish sur’atlariga mos keladigan YaIMga nisbatan davlat qarzning miqdorini o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydigan kursni belgilash hisoblanar ekan. Yuqoridagi me’yorni olib borilayotgan Budjet-soliq siyosatining barqarorlik darajasiga baho beradigan indikator sifatida talqin qilish mumkinligiga qaramasdan, u ayrim kamchiliklardan holi emas. Birinchidan, iqtisodiy adabiyotlarda davlat qarzining YaIM miqdori qancha bo‘lishi optimal yoki maqbul bo‘lishi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ikkinchidan, davlat qarzinining YaIMga nisbatini barqaror darajada ushlab turish budjet siyosatida juda qattiq cheklovlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun Budjet-soliq siyosatini olib borishda to‘lovga qobiliyatlilik tushunchasidan kelib chiqadigan qattiq talablarni biroz yengillashtirish masalasini ko‘rib chiqish lozim.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo'lishini taqozo qiladi. Lekin ko'pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro'y beradi. Bu holning sabablari ko'p bo'lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotini barcha sohalaridagi ro’lining uzluksiz o'sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o'rin tutadi.
Byudjet taqchilligining o'zgarishi xo'jalik konyunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag'lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlatahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlarda investilsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo'ladi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko'rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda - davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli — bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi,banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qiladi.

Download 39.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling