1. Iqtisodiy o‘sishni noelastik modellari


Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diverrsifikatsiyalash yo‘llari


Download 39.28 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi39.28 Kb.
#1561657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mikro 4mus

2. Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diverrsifikatsiyalash yo‘llari

Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga sol ish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o'z navbatida, mamlakatning o'ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy


o'zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda egaUangan mavqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta'minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo'llanilishini taqozo etadi.
O'tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o'zini erkin bozor girdobiga tashlab qo'ya olmaydi.
Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish importdan tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi.
Mamlakatlar oʻrtasida savdosotiqni rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng kad, shaklidir.
Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan.
Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan Buyuk Ipak yoʻli kitalararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan edi.
Tashqi savdoning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng yangi dengiz yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab chiqarish. xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi.
Yangi tarmoklar, ishlab chiqarish. turlarining paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda kupchilik mamlakatlarda xom ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini amalga oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi.
Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini i. ch.da muayyan ustunliklar beradi.
Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan sarf-xarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar.

Download 39.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling