1. Iqtisodiy o‘sishni noelastik modellari
Zamonaviy iqtsiodiy o‘sish modellari
Download 39.28 Kb.
|
mikro 4mus
4. Zamonaviy iqtsiodiy o‘sish modellari
YAlpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To`liq bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YAIM xajmini bundan keyingi ko`paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur. “Agar iktisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iktisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iktisodiy o`sishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”* Iqtisodiy o`sish to`liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. Iste`mol xajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kiskartiradi. Iktisodiy o`sish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda o`lchanadi.. Xar bir mamlakat iktisodiy o`sishga intiladi, chunki iktisodiy o`sish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi. Iqtisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iqtisodiy o`sish uni ta`minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab ko`prok ekstensiv, yoki ko`proq intensiv bo`lishi mumkin. Iqtisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi. Birinchi gurux omillari iqtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi: tabiiy resurslar soni va sifati; mexnat resurslari soni va sifati; asosiy kapital xajmi; texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish; jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi.. Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o`sish potentsialini yuzaga chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi: bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi; iqtisodiyotdagi solik muxiti; kredit-bank tizimi samaradorligi; iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi; eksport xajmining o`sishi; iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari; daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi. Download 39.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling