1. Iqtisodiy o‘sishni noelastik modellari


Zamonaviy iqtsiodiy o‘sish modellari


Download 39.28 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi39.28 Kb.
#1561657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mikro 4mus

4. Zamonaviy iqtsiodiy o‘sish modellari
YAlpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik.
To`liq bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YAIM xajmini bundan keyingi ko`paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur.
“Agar iktisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iktisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iktisodiy o`sishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”*
Iqtisodiy o`sish to`liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iste`mol xajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kiskartiradi.
Iktisodiy o`sish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda o`lchanadi..
Xar bir mamlakat iktisodiy o`sishga intiladi, chunki iktisodiy o`sish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi.
Iqtisodiy o`sish uni ta`minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab ko`prok ekstensiv, yoki ko`proq intensiv bo`lishi mumkin.
Iqtisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi.
Birinchi gurux omillari iqtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi:

  • tabiiy resurslar soni va sifati;

  • mexnat resurslari soni va sifati;

  • asosiy kapital xajmi;

  • texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;

  • jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..

Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o`sish potentsialini yuzaga chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:

  • bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;

  • iqtisodiyotdagi solik muxiti;

  • kredit-bank tizimi samaradorligi;

  • iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;

  • eksport xajmining o`sishi;

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;

  • daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.




Download 39.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling