1. Iqtisodiy sikl nima va ularning qanday asosiy turlarini hamda fazalarini bilasiz


Download 18 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi18 Kb.
#1788780
  1   2   3
Bog'liq
Maxliyo Oraliq


Oraliq Nazorat ishi
9-variant
1.Iqtisodiy sikl nima va ularning qanday asosiy turlarini hamda fazalarini bilasiz.
1. Iqtisodiy sikl - umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya, jonlanish fazalaridan iborat. Vaqtga nisbatan har 20—25-yilda takrorlanib turadigan uzoq va har 5—10-yilda takrorlanadigan qisqa I.s. bor. Alohida I.s. bir-biridan davomiyligi va jadalligi boʻyicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega boʻladi. Siklning eng yuqori nuqtasida iqtisodiyotda toʻliq bandlik kuzatiladi va i.ch. toʻliq yoki deyarli toʻliq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi oʻsish tamoyiliga ega boʻladi, iqtisodiy faollikning oʻsishi toʻxtaydi. Tanglik fazasida i.ch. va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanglikning quyi nuqtasida i.ch. va bandlik oʻzining eng past darajasi bilan harakterlanadi. Jonlanish fazasida i.ch. darajasi koʻtariladi, bandlik esa toʻliq bandlik dara-jasigacha oʻsadi.Sobiq sovet ittifoqi davrida iqtisodiy sikl doimo yuksalish darajasida bo'lgan.Ittifoqning parchalanishiga esa AQSH ning g'alamisligi sababchi bo'lgan.SSSR ning oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Garbachyov AQSH ning laycha iti bo'lganva aynan u sobiq ittifoqni parchalagani uchun AQSH hukumatidan 15MLRD dollorlik mukofot olgan
Iqtisodiyot nazariyasida I.s.ning asosiy sababi yalpi talab bilan yalpi taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi va uning yana kaytadan tiklanishi tarzida izohlanadi. I.s. milliy iqtisodiyotning oʻzini oʻzi tartibga solishi usullaridan biridir.
Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari
Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.

Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.


Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Milliy
mahsulot
hajmi yuksalish
inqiroz
yuksalish
jonlanish
inqiroz turg‘unlik
jonlanish
turg‘unlik
Vaqt
5-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo‘lib, ularni quyidagi 5-chizma orqali ifodalash mumkin.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi.1 Quyidagi 6-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.
6-jadval. Sikllarning asosiy turlari
Sikl turlari

Siklning davomiyligi


Asosiy xususiyatlari
Kitchin sikli
2–4 yil
Zahiralar miqdori  YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
Juglar sikli
7–12 yil
Investitsion sikl  YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi
Kuznets sikli
16-25 yil
Daromad  immigratsiya  uy-joy qurilishi  yalpi talab  daromad
Kondratev sikli
40-60 yil
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar
Forrester sikli
200 yil
Energiya va materiallar
Toffler sikli
1000-2000 yil
Sivilizatsiyalarning rivojlanishi

Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling