1. Iqtisodiyot
boshlagan?
|
nazariyasi
|
qachon
|
fan
|
sifatida
|
shakllana
|
a) kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab;
b) XVII–XVIII asrlar orasida;
c) XIX asrda;
d) A.Smitning «Xalqlar boyligi...» kitobi chop etilishi bilan;
e) o‘rta asrlarda.
2. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini
ifodalaydi?
a) iqtisodiy prognozlash;
b) iqtisodiy tamoyillar majmuasi;
c) iqtisodiy jarayon va hodisalarning obyektiv xususiyatlariga va
tadqiqot maqsadi va xarakteriga ko‘ra abstrakt tarzda umumlashtirib
ifodalangan reallikning konstruksiyasi, maketi, andozasi;
d) iqtisodiyot va siyosatning ideal tipi bo‘lib, uni amalga oshirish
uchun zarur;
e) iqtisodiy bilish usullari.
3. Quyida ifodalangan iqtisodiy maqsadlardan qaysi birini aniq
miqdor bilan o‘lchash mumkin?
a) iqtisodiy kafolat;
b) iqtisodiy erkinlik;
c) to‘la bandlik;
d) daromadlarni adolatli taqsimlash;
e) ijtimoiy himoya.
4. Pozitiv iqtisodiy nazariya:
a) iqtisodiy hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligiga o‘rganadi;
b) iqtisodiy hodisalar qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi;
c) iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiyalarni o‘rganadi;
d) bildirilgan fikrlarni tahlil qiladi;
e) iqtisodiy tahlillarni umumlashtiradi.
5. Agar iqtisodiy jihatdan umumlashtirish dalillar, raqamlarga
asoslansa, u holda bunday tahlil usuli:
a) bayon qilish;
b) qiyosiy tahlil;
c) tarixiy;
d) deduktiv;
e) induktiv hisoblanadi.
6. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat
tomo-nidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
a) markazdan boshqariladigan iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) natural xo‘jalik;
d) aralash iqtisodiyot;
e) an’anaviy iqtisodiyot hisoblanadi.
7. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi?
a) to‘la bandlikni qanday ta’minlash mumkin?
b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
c) inflyatsiyadan qanday qutulish mumkin?
d) iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘batlantirish mumkin?
e) yalpi daromad va yalpi xarajatlarni qanday muvozanatga
keltirish mumkin?
8. Rivojlanish bosqichlariga sivilizatsion yondashuvning asoschisi
kim?
a) Alfred Marshall;
b) Uolter Rostou;
c) Ronald Kouz;
d) Artur Pigu;
e) Karl Marks.
9. Sivilizatsion yondashuv bo‘yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo‘linib, u quyidagilardan iborat:
a) o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, industrial
jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, kommunistik jamiyat;
b) an’anaviy jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, feodalizm,
industrial jamiyat, kommunistik jamiyat;
c) an’anaviy jamiyat, quldorlik, industrial jamiyatga o‘tish,
industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
d) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga
o‘tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
e) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, kommunistik jamiyat,
industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati.
10.Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘rin almashinish sabablari
formatsion yondashuvda qanday izohlanadi?
a) ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga
ishlabchiqarish munosabatlarining mos kelishi;
b) ishlab chiqarish texnologik usulining o‘zgarishi;
c) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab
chiqa-rish munosabatlarining mos kelmasligi o‘rtasidagi ziddiyat;
d) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga
ustqurmaningmos kelmasligi;
e) ishlab chiqarish texnologiyalarini yangilash orqali.
Do'stlaringiz bilan baham: |