1. iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni «Iqtisodiyot nazariyasi»
Download 19.88 Kb.
|
fan haqida
1. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O’RNI «Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarni jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Shuningdek, bu fan jamiyatning har bir a’zosini g’oyaviy jihatdan yo’naltirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. «Iqtisodiyot nazariya»si fanini o’qitishning asosiy maqsadi talabalarga iqtisodiy tushunchalarni, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo’jalik yuritish sirlarini, bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmuni va xususiyatlarini, iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib berishdan iboratdir. Fanning asosiy maqsadidan kelib chiqib, uning oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo’yiladi: iqtisodiy hodisalarning nazariy asoslarini, iqtisodiy tushunchalarni o’rganish; iqtisodiy hodisalarni tahlil etishda turli davr va mamalakatlar iqtisodchilarining nazariy-ilmiy va amaliy qarashlarini o’rganish; iqtisodiy resurslarning cheklanganlik sharoitida ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini amalda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirib borish. “Iqtisodiyot nazariya”si fani bo’yicha talaba: a) quyidagi tushunchaga ega bo’lishi: iqtisodiy hodisalarni aks ettiruvchi qonun-qoidalar, ilmiy kategoriyalarni tahlil etish xususiyatlari; iqtisodiy jarayonlarni tahlil uslublarini; iqtisodiyot nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqasini (makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, agroiqtisodiyot, menejment, marketing, moliya ishi, korxona iqtisodiyoti va boshqalar). b) quyidagilarni bilishi va qo’llay olishi: iqtisodiy hodisalarning asosiy kategoriyalarini ilmiy izohlay olishi; iqtisodiy hodisalarni makroiqtisodiy darajada tahlil eta olishi; iqtisodiyot sohalari o’rtasidagi bog’lanishlarni tahlil eta olishi; iqtisodiy o’sish yo’llari, bunda davlatning va bozorning o’rnini baholay olishi; resurslarning cheklanganlik sharoitida ulardan samarali foydalanish va ehtiyojlarni to’laroq qondirish imkoniyatlarini amalda qo’llash. v) quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi: iqtisodiyot qonun-qoidalarini, ilmiy kategoriyalarni, formula va amaliy tavsiyalarni amalda qo’llay olish; turli tahlil uslublarni, jumladan, mantiqiy, sifatiy, matematik, statistik uslublarni qo’llab, iqtisodiy jarayonlarni baholay olish ko’nikmalari shakllangan bo’lishi kerak. Download 19.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling