Mahsulotning bozor uchun, ayriboshlash orqali boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarilishi ijtimoiy xo‘jalikning qanday shaklini tashkil qiladi?
a) natural xo‘jalik;
b) tovar xo‘jaligi;
c) davlat xo‘jaligi;
d) jamoa xo‘jaligi;
Bozor uchun ishlab chiqarilgan, qiymatga va ma’lum bir naflilikka ega bo‘lgan iqtisodiy faoliyat mahsuli – bu:
a) mahsulot;
b) tovar;
c) ne’mat;
d) boylik;
Ishlab chiqarilgan mahsulotning qaysi qismi tovarga aylanmaydi?
a) zaxirada turgan qismi;
b) ichki iste’mol uchun foydalaniladigan qismi;
c) qaytadan ishlab chiqarishga jalb qilinadigan qismi;
d) zaxirada turgan, o‘z iste’moli uchun foydalaniladigan va qayta ishlab chiqarishga jalb qilingan qismi;
Tovarlarning kishilarning biror bir ehtiyojini qondirish layoqati – bu:
a) ijtimoiy naflilik;
b) keyingi naflilik;
c) naflilik;
d) qiyosiy naflilik;
Shaxsiy iste’mol tovarlari nafliligi qanday ehtiyojni qondirishga layoqatli?
a) ijtimoiy ehtiyojni;
b) shaxsiy ehtiyojni;
c) unumli ehtiyojni;
d) ishlab chiqarish ehtiyojini;
Tovar (xizmat)larning almashuv qiymati pul vositasida hisoblanganda va baholanganda qanday vazifani bajaradi?
a) qiymat o‘lchovi;
b) muomala o‘lchovi;
c) to‘lov vositasi;
d) jamg‘arish;
Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini tashkil etadi:
a) mulkchilikning turli-tumanligi va ularning tengligi qonun tomonidan birday muhofaza qilinishi;
b) xususiy mulkchilikning qonun asosida alohida qo‘llab-quvvatlanishi;
c) hamkorlikdagi mulk alohida qo‘llab-quvvatlanishi;
d) jamoa mulkiga alohida e’tibor berilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |