10. Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:
a) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
b) moddiy ehtiyoj;
c) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj;
d) madaniy-maishiy ehtiyoj;
10. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
markazdan boshqariladigan iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) natural xo‘jalik;
d) aralash iqtisodiyot;
Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi?
a) to‘la bandlikni qanday ta’minlash mumkin?
b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
c) inflyatsiyadan qanday qutulish mumkin?
d) iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘batlantirish mumkin?
Iqtisodiy tizim nima?
a) jamiyatning asosiy yo‘nalishi;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish shakli;
c) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosi;
e) siyosiy va ma’naviy munosabatlardir.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
a) ishlab chiqarishni reja asosida yurgazishga asoslangan;
b) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga asoslangan;
c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan;
d) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida tashkil etishga qaratilgan;
Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
a) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish hukmron bo‘lgan jamiyatlarga;
b) faqat bozor iqtisodiyotiga;
c) faqat an’anaviy iqtisodiyotga;
d) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har qanday jamiyatga;
Do'stlaringiz bilan baham: |