1. iqtisodiyotga kirish
IQTISODIY O‘SISH. BIZNES- SIKLLAR
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. PUL, INFLYATSIYA 15.1. Pulning kelib chiqishi va mazmuni
. IQTISODIY O‘SISH. BIZNES- SIKLLAR.
18 15. PUL, INFLYATSIYA 15.1. Pulning kelib chiqishi va mazmuni Pulning mohiyati har doim olimlarning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelgan. Bunday holat ba’zi iqtisodchilarning: "Pul - bu tovarlar va xizmatlar evaziga qabul qilinadigan narsadir", degan xulosaga kelishiga sabab bo‘lgan. Biroq, bunday ta’rif yuzaki va shuning uchun ilmiy emas. Pulning kelib chiqishini o‘rganishda ikkita yondashuv mavjud-ratsionallik va evolyutsiyaviy. Pulning vujudga kelishi haqidagi ratsionallik konsepsiya tarixan avval paydo bo‘lgan. Bu nazariya birinchi marta Aristotel o‘z asarida bayon etgan. Aristotel pul tabiatan emas, balki qonun tufayli pulga aylangan, odamlar bu qonunni o‘zgartirishi va pulni foydasiz qilishi mumkin deb hisoblaydi.19 Ratsionallik nazariyani tarafdorlari pullar odamlar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonini engillashtirish va yanada oqilona tashkil etish uchun odamlarning o‘zaro kelishuvi yoki davlat tomonidan tegishli qonun qabul qilish natijasida vujudga kelgan deb hisoblaganlar. Ushbu g‘oya XVIII-asrgacha, arxeologiya sohasidagi yutuqlar unga nisbatan shubxa tug‘durguncha keng tarqalgan. Biroq, pulning kelib chiqishi masalasini tushunishga bunday yondashuv hanuzgacha mavjud. Xususan, amerikalik iqtisodchi P. Samuelson “ "pul" tushunchasini sun’iy ijtimoiy qabul qilingan”, J.K.Gelbrayt esa "qimmatbaho metallar va boshqa buyumlar uchun pul funksiyalarini ta’minlash odamlar o‘rtasidagi kelishuvning mahsulidir" deb hisoblaydilar. Binobarin, ratsionallik nazariyada pullarning paydo bo‘lishini iqtisodiy bo‘lmagan sabablar bilan tushuntiriladi. Pulning kelib chiqishi haqidagi evolyusiyaviy konsepsiyaga muofiq pul tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Ushbu jarayonda tovarlar dunyosidan bitta tovar ajralib chiqib umumiy ekvivalent rolini o‘ynay boshlagan. Ana shu noyob bir mahsulotda barcha tovarlarning qiymati ifoda etilgan. A. Smit va D. Rikardolar mehnat taqsimoti natijasida pulning vujudga kelishi to‘g‘risidagi nazariyani asoslaganlar. K. Marks esa uni umumlashtirib rivojlantirgan. Xususan, Marks pulning kelib chiqishini ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir shaklini ob’ektiv stixiyali rivojlanish jarayoni sifatida izohlaydi. Pul - bu mahsulot va tovar ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartdir. Mehnat mahsulotlarining qiymatlarini o‘zaro o‘lchovdoshligi asosida vujudga keladigan pul ularning qiymati nisbatlarini ifodalash uchun tashqi shakl bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu nazariyaning muhim xulosasi pul tovar sifatida vujudga kelganligi haqidagi xulosadir. Ishlab chiqarishda tovar qiymati yaratiladi, ammo faqat bozorda bir tovarni ikkinchisiga tenglashtirish orqali aniqlanadi. Tovarlarning qiymatini o‘zida aks ettirishga material sifatida xizmat qiladigan tovar, ekvivalent tovar deyiladi. Masalan, X tovar, Y tovarga ayirboshlanmoqda ya’ni X=Y. Bunda Ytovar, X tovarni qiymatini o‘zida ifodalamoqda, demak Y tovar ekvivalent – tovar hisoblanadi. Ammo pulni vujudga kelishidan oldin ekvivalent – tovar uzoq tarixiy rivojlanish jarayonini bosib o‘tgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling