Pulning metallilik nazariyasi jamg‘arish va jahon puli vazifalarini mutlaqlashtiradi va shu asosda pulni qimmatbaho metallar bilan tenglashtiradi.
Pulning nominal nazariyasi tarafdorlari "metallistlar" ni tanqid qilib, pulning muomala va to‘lov vositasi funksiyalarini mutlaqlashtiradilar. "Nominalistlar" pullarni tovarlar almashinuviga xizmat qiluvchi va davlat hokimiyati mahsuli bo‘lgan shartli ramzlar va hisob birliklari deb e’lon qilishdi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi tarofdorlari pulning qiymat asosini himoya qiladilar. Ular pul birligining qiymati va tovar narxlari darajasi muomaladagi pul miqdoriga qarab belgilanadi, deb hisoblaydilar. Pulning miqdoriy nazariyasini takomillashtirishga I. Fisher (XX asr boshlarida), A.S. Pigu (XX-asrning o‘rtalari) va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Hozirgi davrda AQSHlik iqtisodchi I. Fisher teglamasidan foydalaniladi:
MV=PQ
Bunda: M- pul massasi;
V- pullarning aylanish tezligi yoki oborot soni ;
P- tovar va xizmatlarning o‘rtacha narxlar darajasi;
Q – sotilgan tovarlarning soni.
yoki
M= PQ/V
Demak, formula pulning qiymati uning miqdoriga teskari proporsional ekanligini va inflyatsiya, ya’ni tovar qiymatining oshishi natijasida pulning qadrsizlanishi hodisasini tushunishga yordam beradi.
Asta-sekin pulning miqdoriy nazariyasi zamonaviy iqtisodiy nazariyaning monetaristik nazariyasiga aylantirildi. Unga binoan pul muomalasidagi pul taklifi bozor iqtisodiyotining barqarorlashuvi va rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. M. Fridman monetarizm asoschisidir. Monetarizm XX asrning 50-yillarida paydo bo‘lgan. Monetarizmning nazariy rivojlanishida eng muhim omil AQSH iqtisodiyotini barqarorlashtirish konsepsiyasi va mashhur Reyganomika bo‘lib, uning amalga oshirilishi AQSHga inflyatsiyani pasaytirish va dollarni mustahkamlashga yordam bergan.
15.3. Pulning vazifalari
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko‘rib chiqamiz: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to‘plash vositasi; 4) to‘lov vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |