1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet173/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Pullar bu vazifani bajarishi uchun o‘z qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Bu vazifani oltin bajaradi.Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun pul birligi (so‘m, rubl, dollar) zarur bo‘ladi, bunday birlik narxlar o‘lchovi (masshtabi) deb ataladi. Narxlar o‘lchovi shartlidir va u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Pul birligi rasmiy tan olinishini ta’minlash uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi

Pul muomala vositasi vazifasini tovar ayirboshlashda vositachilik qilganda bajaradi. Bu jarayonni T-P-T formulasi orqali aks ettirish mumkin. U tovarni sotish T-P va sotib olish-T- P aktlaridan iboratdir. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak (tanga,qog‘oz pullar). Uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin yumshoq metall bo‘lganligi uchun tangalar yeyilib ketishi, o‘z vaznining bir qismini yo‘qotishi sababli muomalaga to‘laqonli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan. Pul muomala vositasi vazifasini bir lahzada bajarganligi uchun oltin pullarni qog‘oz pullarga almashtirish imkoniyati vujudga keladi. Qog‘oz pullar o‘z qiymatiga ega emas. Shuning uchun qiymat o‘lchovi vazifasini bajarmaydi, u faqat oltinning belgisi hisoblanadi.
Pul muomaladan chiqarilganda jamg‘arish vazifasini bajara boshlaydi. Jamg‘arish vazifasini oltin (quyma shakldagi oltin, tilla tanga, oltin va kumushdan yasalgan zebi ziynat ashyolari) bajaradi. Qog‘oz pullar o‘z qiymatiga ega emasligi sababli boylik bo‘la ololmaydi, biroq jamg‘arish vazifasida qatnashadi.
Tovarlarni nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi va kredit pullar shaklini oladi. Unga veksellar, banknotalar, cheklar kiradi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi

Veksel - bu yozma qarzdorlik majburiyati bo‘lib, unda qarzdor tomonidan to‘lov miqdori va to‘lov shartlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Pul sifatida muomalada harakat qiladi.

Banknotalar bank hisob varag‘idir. Banknotalar qog‘oz pullardan farq qiladi. Avvalo banknotlar tijorat veksel ya’ni kredit va bankning oltin zaxirasi bilan ikki tomonlama garovga egadir, davlat tomonidan emas, balki markaziy emitent banki tomonidan chiqariladi va nihoyat to‘lov vositasi vazifasini bajaradi.

Chek - bu joriy hisob raqamiga ega bo‘lgan shaxsning bankka pulni to‘lash yoki uni boshqa hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma buyrug‘idir.
Hozirgi davrda pullarni bank pullari deyiladi. Chunki ularning oltin bilan bevosita bog‘liqligi yo‘q. Buning isboti sifatida rivojlangan mamlakatlarda muomaladagi barcha pullarning 90 % bank pullari, 10 % naqd pullar tashkil etishini keltirishning o‘zi kifoya.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling