1. iqtisodiyotga kirish


Fanda fundamental tadqiqotlarni ta’minlamaydi


Download 1.03 Mb.
bet25/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Fanda fundamental tadqiqotlarni ta’minlamaydi. Tadbirkorlarning mavjud texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, resurslardan tejamli foydalanishni ta’minlashga harakat qilganda, tadbirkorlar o‘z resurslarini fundamental tadqiqotlar o‘tkazish uchun yo‘naltirishga qodir emaslar. Ushbu tadqiqotdan iqtisodiy foyda olishning uzoq va noaniq istiqboli, resurslarni boshqa sohalarda tez va ishonchli foyda olish imkoniyatlari foydasiga taqsimlanishiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyotining salbiy va ijobiy tomonlari "cheksiz ehtiyojlar – cheklangan resurslar" ziddiyatiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyoti ushbu ziddiyatni yumshatish mexanzimlariga ega. Undan tashqari hozirgi davrgacha bozor iqtisodiy tizimidan samarali tizim kashf etilmagan. Demak hozirda bozor iqtisodiyoti samarali tizim hisoblanadi.


2.5. Bozor tushunchasi, vazifalari va turlari

Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi, bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bozorning mohiyati uning vazifalarida namoyon bo‘ladi. Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi:
- bozor orqali ijtimoiy ishlab chiqarish tartibga solinadi, ya’ni nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish? Qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish? Kimga ishlab chiqarish kabi muammolar hal etiladi;
- bozor orqali ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi. Har bir bozor ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida ham xaridor, ham sotuvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Ular o‘z hayoti yoki ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan tovarlarni xarid qiladilar, ishlab chiqargan mahsulotlari yoki ishchi kuchlarini sotadilar.
- bozor orqali mahsulot ishlab chiqarishga xarajatlar hisobi amalga oshiriladi. Agar xarajatlar yuqori bo‘lsa, mahsulot xarid qilinmaydi, keyinchalik ushbu mahsulot ishlab chiqarilmaydi. Binobarin, bozorga faqat xarajatlarni qoplaydigan narxlarda sotiladigan mahsulotlar keltiriladi.
- narxlarni o‘rnatish bozorning asosiy muhim vazifasi hisoblanadi. Narx talab va taklif ta’sirida o‘zgarib turadi. Agar bozorda biror bir mahsulot miqdori talabdan oshib ketsa narx pasayadi, demak uni ishlab chiqarish va taklifi ham qisqaradi. Yuqori narxlar esa aksincha, mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, mahsulot ishlab chiqarish talab va taklif muvozanatga kelguncha, ya’ni muvozanat narxi o‘rnatilishigacha davom etadi.
- bozor ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi. Raqobat sharoitida mahsulot ishlab chiqarish harajatlari, bozor narxidan past bo‘lgan firmalar hayot kechirish huquqiga egadirlar. Bu holatda firma foyda oladi. Aks holatda firma zarar ko‘radi

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling