1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet164/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Jonlanish bosqichida ishlab chiqarish oyoqqa turib oladi. Ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi. Ishlab chiqarishning hajmi asta-sekin
YAMM

xajmi inqiroz yuksalish



yuksalish

inqiroz turg‘unlik jonlanish

jonlanish

turg‘unlik

Vaqt

14.2-rasm. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi
inqirozdan oldingi darajasiga yetadi, narxlar oshadi, foyda ortadi, jonlanish fazasini o‘rnini yuksalish fazasing egallaydi.


Yuksalish fazasi uchun ishlab chiqarishning inqirozgacha bo‘lgan darajasidan oshib ketish, tovar narxlarining ancha ko‘tarilishi, korxonalarning ishga tushurilishi, ishsizlik sonining kamayishi, bank va kridit ishlarining yo‘lga qo‘yilishi kridit talablarining oshishi va foiz miqdorlarining ko‘payishi xosdir. Pirovard talabning oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlanishidagi sikllar bir-biridan davomiyligi va jadalligi bo‘yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning barchasi bir xil fazalarga egadir. Lekin bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo‘lib, ular 14.2- rasmda tasvirlangan.
Hozirgi davrda iqtisodiyotning siklli o‘sishi ikki bosqichli tarzida ta’riflanadi:
  • yuksalish, jonlanish va bum (gurkirab o‘sish) dan iborat bo‘lgan iqtisodiy sikl bosqichi. Bunda iqtisodiyotning o‘sib eng yuqori bosqichga chiqishi bum deyiladi.




- ressessiya, krizis va depressiya (turg‘unlik) dan iborat iqtisodiy sikl bosqichi. Bunda krizis va depressiya birgalikda ressessiya deb ataladi va iqtisodiyotning tanglik holatini bildiradi. Tanglikning eng og‘ir shakli stagnatsiya hisoblanadi. Stagnatsiya - uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish va savdoning turg‘unligi bilan tavsiflangan iqtisodiyotning holati, turg‘unlikda ishsizlar sonining ko‘payishi, ish haqi va turmush darajasining pasayishi bilan birga keladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling