1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet203/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

3. Ishchi kuchi qiymatining, demak uni narxining yo‘qligi. Jamiyatda har doim ham ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilib bo‘lmaydigan odamlar bor. Bular bekorchilar, nogironlar va boshqalar. Fuqarolarning ushbu toifasi, qoida tariqasida, ishini va uni topish umidini doimiy ravishda yo‘qotadi va turg‘un ishsizlar toifasiga kiradi. Shunday qilib, ishsizlikning asosiy sababi mehnat bozoridagi nomutanosiblikdir. Ushbu nomutanosiblik, ayniqsa iqtisodiy tanazzul, urushlar, tabiiy ofatlar va h.k. kuchayadi.

Makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri bu ishsizlar armiyasining mavjudligi. Ishsizlikning bir qator shakllari mavjud, ammo ulardan eng muhimi uchta: friksion, tuzulmaviy va siklik - bu shakllar ishsizlikning tabiiy darajasini aniqlash uchun muhimdir. Ishsizlik shakllarining har birining o‘ziga xos sabablari bor. Shuning uchun shakllarning ta’rifi ularni keltirib chiqaradigan sabablar, ishsizlikning davomiyligi va turi bilan bog‘liq.

friksion ishsizlik, bir tomondan, yollanma xodimlarning miqdori va sifati o‘rtasidagi muvozanatni o‘rnatish uchun ma’lum bir vaqtni talab qilishi, ikkinchi tomondan, ish joylarining miqdori va sifati bilan bog‘liq. Friksion ishsizlik turli sabablarga ko‘ra ishning ixtiyoriy ravishda o‘zgarishi, yuqori daromadli ish joylarini izlash yoki yanada qulay ish sharoitlariga ega bo‘lgan obro‘li ishni qidirish natijasida vujudga keladi.

Friksion ishsizlar, mehnat bozorida sotilishi mumkin bo‘lgan malaka, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘ladilar. Agar biror kishi ish joyini (geografik jihatdan), o‘z malakasini o‘zgartirishni istasa, yoki shunga o‘xshash ish joyiga yuqori ish haqi stavkasi bilan o‘tishi kerak bo‘lsa, u bu muammoni ixtiyoriy ravishda o‘zi hal qiladi. Shuning uchun friksion ishsizlik odatda ixtiyoriy va qisqa muddatli bo‘ladi. Tarkibiy ishsizlik iqtisodiyot tuzilishi o‘zgarishi sababli ishchilarga bo‘lgan talab tarkibining o‘zgarishiga bog‘liq. Strukturaviy ishsizlikning vujudga kelishiga ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish ta’sirida ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Ishsizlikning ushbu shakli ma’lum kasblar "eskirishi" va ularga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayishi yoki hatto butunlay yo‘qolishi tufayli paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, yangi ko‘nikmalar, malakalar, kasblar va bilimlarni talab qiladigan yangi tarmoqlar va ishlab chiqarishlar paydo bo‘ladi. Sobiq ishchi uchun mohir sartarosh, sotuvchi yoki dasturchi bo‘lish har doim ham mumkin emas. Bu shuni anglatadiki, strukturaviy ishsizlik ko‘p hollarda majburiy va friksion ishsizlikka nisbatan uzoqroq davom etadi. Friksion va tuzilmaviy ishsizlik birgalikda tabiiy ishsizlikni tashkil qiladi. Agarda:


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling