1. iqtisodiyotga kirish


- to‘liq bandlik mavjud, ya’ni mehnat bozorida raqobat saqlanib qoladigan va yollangan mehnatdan samarali foydalanish ta’minlanadigan bandlik holati mavjud bo‘lsa


Download 1.03 Mb.
bet204/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

- to‘liq bandlik mavjud, ya’ni mehnat bozorida raqobat saqlanib qoladigan va yollangan mehnatdan samarali foydalanish ta’minlanadigan bandlik holati mavjud bo‘lsa ;

- milliy ishlab chiqarishning potensial hajmiga erishilsa;

- inflyatsiya bo‘lmasa ishsizlik tabiiy darajasida deb hisoblanadi.

To‘liq bandlik - bu ishsizlikning tabiiy darajasidagi bandlik, uning kattaligi 5-7% ni tashkil qiladi.

Siklik ishsizlik bu haqiqiy ishsizlikning tabiiy darajadan u yoki bu tarafga og‘ishi, iqtisodiy inqiroz tufayli ishlab chiqarish va ishbilarmonlik faolligi va ishchi kuchiga talabning keskin pasayishi bilan yuzaga keladi. Turg‘unlik davrida milliy (mahalliy) ishlab chiqarish hajmi potensial darajadan pastga tushadi va haqiqiy ishsizlik tabiiy ko‘rsatkichdan oshib ketadi. Rivojlanish davrida, iqtisodiyotning inflyatsion o‘sishi sodir bo‘lganda, YaIMning haqiqiy hajmi potensial darajadan oshib ketadi va haqiqiy ishsizlik tabiiy darajadan pastroq bo‘ladi.

iqtisodiyotga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydigan ishsizlikning boshqa shakllari ham mavjud, ularni bilish muhimdir, chunki ular aholining ayrim guruhlari manfaatlariga ta’sir qiladi. Mavsumiy ishsizlik - bu ayrim tarmoqlarda (qishloq xo‘jaligi (o‘simlikchilik), shakarni qayta ishlash, o‘rmon, baliq ovlash boshqalarda) ishsizlikning majburiy shakli. Mavsumiy ishsizlik ma’lum bir sohalardagi faoliyatning mavsumiy tabiati tufayli vujudga keladi, ko‘pincha mavsumdan tashqari davrda odamlar ish bilan ta’minlanmaganligi sababli boshqa mintaqalarga ishlashga ketishadi.

Texnologik ishsizlik - bu yangi yuqori unumli uskunalar va texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq ravishda yollangan ishchilarni ozod qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlikning majburiy shakli.

Texnologik ishsizlik texnika va texnologiyalarning yangi avlodlariga o‘tish, qo‘l mehnatini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish natijasida vujudga keladi. Shu bilan bir qatorda hududiy ishsizlik ham farqlanadi.

Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.

Ko‘rib chiqilayotgan shakllardan tashqari, ishsizlikning ikki turini farqlash ham muhimdir: ochiq va yashirin.




Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling