1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet201/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

bandlik nazariyasining yangi konsepsiyasini J.M.Keyns o‘zining 1936 yilda nashr etgan “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarida e’lon qildi. Unda bandlik nazariyasiga yangi konseptual yondashuv ishlab chiqilgan. Uning fikricha, erkin raqobat bozorni o‘zini o‘zi tartibga soluvchi emas. Bozor mexanizmining o‘zi muvozanatni, to‘liq bandlikni ta’minlamaydi. U yangi sharoitda klassik nazariyani butunlay rad etadi va iqtisodiyotning muvozanatliligiga davlatning tartibga soluvchi roli orqali erishilishini asoslab beradi. Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: ish bilan bandlik darajasining oshishi tufayli milliy daromad va, demak, iste’mol oshadi, ammo iste’mol daromadga nisbatan sekinroq oshadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg‘arishga intilish» kuchayadi.

J.M. Keynsning ta’kidlashicha, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining to‘liq bandligi vujudga kelishi mutlaq tasodif emas, shu sababli kapitalistik iqtisodiyot o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tizim bo‘lishi mumkin emas, ushbu soha davlat tomonidan doimiy tartibga solishni talab qiladi. Shu bilan birga, u ishsizlik va inflyatsiyaning aholining mablag‘lari va tadbirkorlarning investitsiyalarini rag‘batlantirish orqali bozor iqtisodiyotining davlat aralashuvi bilan puchga chiqadigan tabiiy xususiyati sifatida ko‘rdi. Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasida bandlik masalasida yangi klassik maktab yo‘nalishi namoyondalari tarafdorlari oshib bormoqda. Ularning fikricha, ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishi shart, undan qutilish mumkin emas

19.2. Ishsizlik va uning turlari.

Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning to‘liq muvozanati bo‘lmasligi surunkali xarakterga ega. Ishsizlik - bu iqtisodiy faol aholining bir qismi ishsiz bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Ishsizlik muammosining keskinligi bir qator sabablarga ko‘ra vujudga keladi:

- inson - bu maxsus turdagi iqtisodiy resurs. Agar u hozirda iqtisodiyot tomonidan talab qilinmasa, uni zaxiralab "yaxshi paytgacha muzlatgichga qo‘yish" mumkin emas. Yo‘qotilgan ish vaqtini tiklab bo‘lmaydi va bugungi kunda ishsizlik sababli ishlab chiqarilmagan ne’matlar miqdorini qoplab bo‘lmaydi;


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling