20.4. Qambag‘allik: mohiyati, o‘lchash usullari
Kambag‘allik global hodisa bo‘lib, barcha mamlakatlarda mavjud. Kambag‘allik nisbiy mazmunga ega, chunki aholining ma’lum qismi boshqasiga nisbatan kambag‘al hisoblanadi. Undan tashqari kambag‘allikning ko‘lami va holati har xildir
Kambag‘allik-bu hayot kechirish uchun zarur minimum mablag‘ga ega bo‘lmagan insonlarning iqtisodiy holatidir. Qambag‘allik turli xil va o‘zaro bog‘liq sabablarning natijasidir, bularni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin:
- iqtisodiy (ishsizlik, iqtisodiy tengsizlik, shu jumladan ish haqi va mehnat unumdorligining pastligi, sanoatning raqobatbardosh emasligi);
- ijtimoiy-tibbiy (nogironlik, qarilik, kasallanish darajasi yuqoriligi);
- demografik (to‘la-to‘kis bo‘lmagan oilalar, oila qaramog‘idagi ko‘p sonli odamlar, ortiqcha aholi);
- ta’lim malakasi (ma’lumot darajasining pastligi, kasbiy tayyorgarlikning yetarli emasligi);
- siyosiy (harbiy mojarolar, majburiy migratsiya).
Kambag‘allik darajasini kambag‘allarning aholi sonidagi hissasi belgilaydi. Kambag‘allik darajasini aniqlash uchun kambag‘allar aholining sonida necha foizni tashikil etishni hisoblash zarur. Masalan, biror bir mamlakatda aholi 100 mln. bo‘la turib, kambag‘allar soni 10 mln. kishini tashkil qiladi. Bunda kambag‘allik darajasi 10% ga teng bo‘ladi. Biroq, kambag‘allik yagona ko‘rsatkichga ega emas. Jahon amaliyotida qambag‘allikni aniqlashning uchta asosiy konsensiyasi mavjud, unga mos kambag‘allik chegarasini aniqlashga uchta yondashuv mavjud.
Mutlaq kambag‘allik konsepsiyasi kambag‘allik chegarasi tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Kambag‘allik chegarasi - bu daromad yoki iste’mol darajasi, undan past bo‘lganda odam kambag‘al hisoblanadi. Kabag‘allikning absolyut chegarasi-insonni oziq-ovqat, kiyim - bosh, turar joyda insonlarning fiziologik ehtiyojlari bazasida aniqlovchi hayotning minimal darajasi. Mutlaq kambag‘allik ko‘pincha iste’mol yoki daromadi kambag‘allik chegarasidan past bo‘lgan odamlar yoki uy xo‘jaliklari soni bilan o‘lchanadi. Jahon banki mutlaq qambag‘allik chegarasi sifatida kuniga 1,25 AQSH dollaridan kam miqdorni belgilaydi. 2015 yilda Jahon banki kambag‘allik chegarasini kuniga 1,9 dollarga ko‘targan.
Do'stlaringiz bilan baham: |