1. iqtisodiyotga kirish


Turmush darajasi. Turmush darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar


Download 1.03 Mb.
bet213/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

20.3. Turmush darajasi. Turmush darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar

Turmush darajasi - odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini tovarlar va xizmatlarda qondirish darajasi. Turmush darajasi aholi jon boshiga real daromad hajmi va iste’molning tegishli hajmiga asoslanadi. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlar tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1. Tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar.
2. Hayot kechirishning sanitar-gigiyena jihatidan sharoitlari.
3. Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.
4. Turar joy sharoitlari.
5. Ma’lumot va madaniyat.
6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7. Aholining daromadlari va xarajatlari.
8. Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.
9. Transport vositalari.
10. Dam olishni tashkil etish.
11. Ijtimoiy ta’minot.
12.Inson erkinligi.

Aholi hayot sifati deganda ma’lum mamlakat aholisining moddiy, ijtimoiy jismoniy, madaniy va ma’naviy farovonligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarining jami tushuniladi.
Aholi hayot sifati ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
- inson salohiyatining rivojlanish indeksi (ISRI)
- jamiyatning aqliy salohiyati indeksi;
- aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan inson kapitali miqdori;
Inson salohiyatining rivojlanish indeksi quyidagi uchta ko‘rsatkichning o‘rtacha matematik miqdoriga teng:
-kutilayotgan hayot davomiyligi (1h);
- ta’lim darajasi (1t);
- aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM miqdori (YaIMajb).
Inson salohiyatining rivojlanish indeksi (ISRI) quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:


ISRI=1h+1t+ YAIMajb / 3
Ushbu ko‘rsatkich Efiopiyada 0.25ni, Kanadada esa 0.96 tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1990 yildan beri hisoblanadi.
Jamiyatning aqliy salohiyati indeksi mamlakatda ta’lim va fanning rivojlanishini aks ettiradi. Ushbu indeksni hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:
- katta yoshdagi aholining ta’lim darajasi;
- aholining umumiy sonida talabalarning ulushi;
- YaIMda ta’limga sarflarning ulushi;
- bandlarning umumiy sonida, fanda va ilmiy xizmatlar sohalarida bandlarning ulushi;
- YaIM da fan sohasiga sarflarning ulushi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan inson kapitali miqdori ko‘rsatkichi aholi jon boshiga davlat, firmalar va fuqarolarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtmoiy soha tarmoqlariga sarflari darajasini ko‘rsatadi. Qanchalik mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lsa, shunchalik inson kapitali darajasi va uning kapitalning umumiy miqdoridagi ulushi katta bo‘ladi.
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.
Hayot sifatining alohida tamonlarini xususiy ko‘rsatkichlar tavsiflaydi. Xususan:
  • ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlar (hayot davomiyligi, kasallanish dinamikasi, o‘lim, aholining tabbiy o‘sishi);


  • aholining iqtisodiy faolligi (ishsizlik darajasi, aholi migratsiyasi va uning sabablari);


  • ijtimoiy keskinlik ( aholining siyosiy tadbirlarda qatnashishi, YaIMda xufiya iqtisodiyotning xissasi, jinoyatlar dinamikasi);


  • ijtimoiy sohaning rivojlanishi ( ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash va madaniyatga sarflar ulushi, barcha toifadagi o‘quvchi va talabalar soni, bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchi va talabalar soni);


  • ekologik ko‘rsatkichlar (atmosfera, yer, suv, oziq-ovqat mahsulotlarida zararli moddalar tarkibi, YaIMda ekologiyaga sarflar ulushi, asosiy kapitalga investitsiyalar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish)


Turmush darajasi insonlarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush tarzi bu insonlarning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati, turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. U inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi:


-mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
-turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;
-siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtrok etish;
-moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
-kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvor me’yorlari va qoidalari.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling