1. iqtisodiyotga kirish
Go‘shtga bo‘lgan talab va taklif
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.6- rasm. Bozor muvozanati
- 3.7-rasm Muvozanatlashgan bozor narxini o‘zgarishi
- 3.8-rasm. Muvozanatlashgan bozor narxining o‘zgarishi
Go‘shtga bo‘lgan talab va taklif.
Endi biz xuddi shu raqamlarni grafikka ko‘chiramiz. Grafikda narxi 30 ming so‘mga teng bo‘lganda talab va taklif egri chizig‘i K nuqtada kesishmoqda. Xuddi shu bahoda talab va taklif miqdori teng bo‘lmoqda va bu narx (30 ming so‘m) muvozanatlashgan yoki bozor narxi deyiladi. 3.6- rasm. Bozor muvozanati Talab va taklif o‘zgarishining muvozanat narxiga ta’siri masalasini ko‘rib chiqmasak, bizning tahlilimiz to‘liq bo‘lmaydi.
a) b)
3.7-rasm Muvozanatlashgan bozor narxini o‘zgarishi Keling, taklif o‘zgarmas deb taxmin qilib, talab o‘zgarishining oqibatlarini tahlil qilaylik. Deylik, talab ortib bormoqda. Narx qanday o‘zgaradi? Yangi kesishish nuqtasi dastlabki muvozanatlashgan narxdan yuqori bo‘lishini ta’kidlab, shuni aytishimiz mumkinki, boshqa sharoitlar mavjud bo‘lganda, talabning oshishi narxlarning o‘sishi va mahsulot miqdori oshishiga olib keladi (3.7 a -rasm). Agar talab kamaysa, bu narxlarning pasayishi va mahsulotlar miqdorining kamayishga olib keladi (3.7 b -rasm) Ya’ni bu yerda talabning o‘zgarishi, mahsulotning muvozanatlashgan narxi va miqdorining o‘zgarishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud deyishimiz mumkin. Endi talab o‘zgarmas deb taxmin qilib, taklifning o‘zgarishini narxga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Taklif oshganda, taklif egri chizig‘i o‘ng tomonga siljiydi va muvozanatlashgan bozor narxi pasayadi, ammo ishlab chiqarishning muvozanat hajmi oshadi (3.8 a -rasm ). a) b)
Boshqa tomondan, taklif kamayganda bozor narxi ko‘tariladi va ishlab chiqarishning muvozanatlashgan hajmi kamayadi. (3.8 b-rasm ). Bu erda taklif o‘zgarishi va ishlab chiqarish hajmi bilan muvozanat narxi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud deyishimiz mumkin. Yana bir holat: taklif kamayadi, ammo talab ortadi.Bu yerda narx oshishi alohida olingan omilning o‘zgarishidan narxni oshishiga nisbatan balandroq bo‘ladi. Muvozanat miqdoriga ta’sir ham ko‘p yo‘nalishli bo‘lib, talab va taklif o‘zgarishi nisbiy parametrlarga bog‘liq. Agar taklifning pasayishi talabning o‘sishidan nisbatan kattaroq bo‘lsa, muvozanatlashgan mahsulot hajmi dastlabki qiymatdan kamroq bo‘ladi. Ammo, agar taklifning pasayishi talabning o‘sishidan nisbatan kamroq bo‘lsa, unda ishlab chiqarishning muvozanat miqdori ortadi. Talab va taklif qarama-qarshi yo‘nalishda o‘zgarganda ham murakkab holatlar kuzatilishi mumkin. Birinchidan, taklif oshib, talab kamayadi deylik. Natijada narxlar pasayishini ikkita ta’siri birlashadi va bu omillardan birining o‘zgarishi natijasida narxlarning pasayishiga qaraganda ko‘proq pasayadi. Talab va taklifning o‘zgarishi oqibatlari ko‘p yo‘nalishli bo‘ladi: taklifning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmini oshiradi, talabning pasayishi esa kamaytiradi. Pirovardida mahsulot miqdorining o‘zgarishi yo‘nalishi talab va taklif o‘zgarishining nisbiy parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar taklif talabning pasayishidan nisbatan kattaroq bo‘lsa, unda muvozanat hajmi boshlang‘ichidan kattaroq bo‘ladi. Agar talabning pasayishi taklifning o‘sishidan nisbatan kattaroq bo‘lsa, unda muvozanat hajmi kamayadi. Talab va taklif bir xil yo‘nalishda o‘zgarganda nima bo‘ladi? Birinchidan, ham talab, ham taklif ortadi deylik. Bu yerda biz narxga qarama-qarshi ikkita ta’sirni taqqoslashimiz kerak - taklifning oshishi natijasida narxning pasayishi ta’siri va talabning pasayishi tufayli narxning oshishi ta’siri. Agar taklifning o‘sish ko‘lami talabning o‘sishidan kattaroq bo‘lsa, unda muvozanatlashgan narx oxir-oqibat pasayadi. Agar buning aksi bo‘lsa, muvozanatlashgan narx ko‘tariladi. Ishlab chiqarishning muvozanatlashgan hajmi boshlang‘ichga nisbatan ortadi. Xuddi shu tahlilni talab ham, taklif ham kamaygan holatida o‘tkazish mumkin. Qachon taklifning pasayishi ko‘lami talabning pasayishi miqyosidan kattaroq bo‘lsa, unda muvozanatlashgan narx oshadi, aks vaziyatda narx pasayadi. Ammo, talabning ham, taklifning ham bir vaqtning o‘zida pasayishi ishlab chiqarishning muvozanat hajmini pasaytiradi. Shuningdek, maxsus holatlar vujudga kelishi mumkin, bir tomondan talabning oshishi va taklifning ko‘payishi va ikkinchi tomondan talab va taklifning pasayishi bir-birini to‘liq neytrallashtiradi. Ikkala holatda ham muvozanatli bozor narxiga yakuniy ta’sir nolga teng va u o‘zgarmaydi. Vaqti-vaqti bilan keng jamoatchilik yoki hukumat talab va taklif mexanizmi xaridorlar uchun nohaq yuqori yoki sotuvchilar uchun nohaq past narxlarni yaratadi degan fikrda bo‘ladi. Bunday hollarda hukumat qonuniy ravishda narxlarning ko‘tarilishi yoki pasayishi chegaralarini belgilashi mumkin. Keling, bozor narxlari mexanizmi yo‘q va narxlar sun’iy ravishda, davlat tomonidan ma’muriy vositalar bilan belgilanadigan holatni ko‘rib chiqamiz. Bu yerda ikkita variant mavjud: - narxlarning yuqori chegarasini belgilash, birinchidan, undan yuqori narxlarda tovar va xizmatlarni sotish taqiqlanadi, ikkinchidan o‘rnatilgan chegaradagi narx bozor narxidan past bo‘ladi. Bunday choralar tovarlarning keskin tanqisligi davrida, aksariyat aholining erkin bozor narxlari ko‘tarib bo‘lmaydigan darajada yuqori bo‘lganida qo‘llanadi. Natijada, salbiy oqibatlarning zanjiri vujudga keladi: bozorning o‘zini o‘zi tartibga solishining buzilishi tovarlarning doimiy tanqisligini va tanqis mahsulotlarni iste’molchlar uchun davlat tomonidan me’yorlash (masalan, kartochka tizimi orqali) zarurligini keltirib chiqaradi - hukumat ma’lum ishlab chiqaruvchilar uchun daromadning yetarli darajasini ta’minlashni xohlaganda narxlarning past chegarasini belgilaydi. Bunday holda, hukumat tomonidan belgilangan minimal narx, aksincha, muvozanat narxidan yuqori bo‘ladi. Bu fermerlarni qo‘llab-quvvatlaydi (past muvozanat narxi ularni xonavayron qiladi). Bozorning o‘zini o‘zi tartibga solishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish muqarrar ravishda barqaror ortiqcha mahsulot miqdorining vujudga kelishiga olib keladi (yuqori narx taklifni rag‘batlantiradi, shu bilan birga talabni kamaytiradi). Davlat ishlab chiqarishni cheklashga (masalan, ekilgan maydonlarning chegaralarini belgilash yoki ortiqcha mahsulotlarni sotib olishga (shu bilan dehqonlarga subsidiya berishga) majbur bo‘ladi. Bu sotib olingan ortiqcha mahsulotlarni saqlash, ishlatish yoki yo‘q qilish muammosini tug‘diradi. Shunday qilib, narxlarning ma’muriy belgilanishi uning har qanday variantida bozorning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmini to‘xtatib qo‘yadi. Agar erkin shakllanadigan narxlar talab va taklifga avtomatik ravishda mos keladigan bo‘lsa, unda tartibga solinadigan narxlar mos kelmaydi. Mahsulotlarning yetishmasligi yoki ortiqcha qismi shakllanadi va jamiyat ular tug‘diradigan muammolarni yengishiga to‘g‘ri keladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling