1. iqtisodiyotga kirish


Talabning daromad bo‘yicha elastiklik koeffitsiyenti nolga teng bo‘lsa (EK =0)


Download 1.03 Mb.
bet44/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Talabning daromad bo‘yicha elastiklik koeffitsiyenti nolga teng bo‘lsa (EK =0) unda mahsulot yoki xizmat neytral deb nomlanadi va ushbu mahsulot yoki xizmatga talabning o‘sishi daromadning o‘sishi bilan belgilanmaydi. Ushbu tovar iste’moli va iste’molchilar daromadlarining o‘zgarishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud emas.

Talabning daromad bo‘yicha elastiklik koeffitsiyenti ijobiy bo‘lsa-da, (0< EK <1 ) lekin, birdan kichik bo‘lsa, unda mahsulot yoki xizmat birinchi galda zarur tovar deb ataladi va ushbu mahsulotga talab daromad oshishiga qaraganda sekinroq o‘sib boradi va to‘yinganlik chegarasiga ega. Masalan, tish pastasini olaylik. Odamlarga tish pastasi iste’mol qilishning miqdoriy chegarasi bor, undan ortig‘i insonlarga kerak emas, chunki ular uni iste’mol qila olmaydi. Ushbu darajaga yaqinlashganda, talabning daromad bo‘yicha elastikligi nolga intiladi: daromadni qanday oshirmasligimizdan qat’i nazar, tish pastasiga talab oshmaydi. Bunda talab hajmi daromaddan kichikroq foizga o‘zgaradi. Birinchi galda zarur tovarlarga nisbatan talabning daromadga nisbatan elastligi past bo‘ladi.

Talabning daromad bo‘yicha elastiklik koeffitsiyenti ijobiy bo‘lib, birdan katta bo‘lsa (0< EK >1 ), u holda mahsulot yoki xizmat zebu ziynat tovarlar deb ataladi. Bunday tovarlarga talabning daromad bo‘yicha elastikligi miqdori birdan kattaroqdir, chunki daromadning oshishi bilan zebu ziynat tovarlarining iste’moldagi ulushi oshadi, birinchi galda zarur tovarlarning ulushi esa kamayadi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, bunday tovarlarga talab ma’lum miqdordagi daromadga erishilganda paydo bo‘ladi, eng muhim tovarlarga bo‘lgan talab esa daromadning eng past darajasida ham ijobiy bo‘ladi. Buning sababi shundaki, odamlar avvalo o‘zlarining yashashlari bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi galda zarur asosiy ehtiyojlarini qondirishga intilishadi va shundan keyingina zebu ziynat buyumlari haqida o‘ylashni boshlaydilar. Zebu ziynat tovarlarga talabning daromad bo‘yicha elastligi yuqori bo‘ladi. Talabning daromad bo‘yicha elastikligi quyidagi omillarga bog‘liq:
- mahsulot yoki xizmatning oilaviy byudjet uchun ahamiyati, qanchalik mahsulotga oila ehtiyojlari yuqori bo‘lsa, shunchalik uning elastikligi past bo‘ladi;
- daromadlari har xil bo‘lgan iste’molchilar uchun bir xil tovar va xizmatlar zebu ziynat tovarlar yoki zarur mollarga aylanishi mumkin bo‘lgan mahsulot yoki xizmatga ehtiyoj;
K. R. Makkonnell va S. L. Bryu fikriga ko‘ra daromad bo‘yicha yuqori ijobiy elastligiga ega bo‘lgan tarmoqlar iqtisodiyot tarkibidagi ulushidan ko‘ra ko‘proq iqtisodiyotga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Daromad bo‘yicha talab elastiklik darajasi kichik, ijobiy yoki salbiy elastiklikga ega bo‘lgan tarmoqlar esa qiyinchiliklarga duch kelishi va ishlab chiqarishni kamaytirishi mumkin.8 Talabning daromadlar bo‘yicha elastiklik koeffitsiyentlari kelajakdagi soliq solishdan olinadigan soliq tushumini baholash vositasidir. Soliq (yoki aksiz solig‘i) o‘sishining tovarlarga yoki xizmatlarga ta’sirini baholashda, soliq solinadigan bazaning o‘zgartirilishida ushbu tovarlarga yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning egiluvchanligi qiymati hisobga olinadi. 9



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling