1. iqtisodiyotga kirish


- rasm. Elastik talab egri chizig‘i


Download 1.03 Mb.
bet42/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

4.2- rasm. Elastik talab egri chizig‘i.
d) E >1 bo‘lganda talab elastik emas. Narxning pasayishi mahsulotning 1% dan kam sotishga imkon beradi ( 4.3.- rasm). Noelastik talabda narxning pasayishi savdo hajmining shunchalik kichik o‘sishiga olib keladiki, natijada yalpi daromad miqdori kamayadi (past narxga to‘g‘ri keladigan to‘rtburchakning maydoni yuqori narxga mos keladigan to‘rtburchakning maydonidan kichik).

4.3 - rasm. Noelastik talab egri chizig‘i
Agar biz elastik va noelastik talab egri chiziqlarini solishtirsak, unda noelastik talab egri chizig‘i elastik talab egri chizig‘iga nisbatan tikroq ekanligini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni elastiklik sharoitida talab egri chiziq yotiq bo‘lsa, noelastik sharoitida bu chiziq tikkaroq ekanligi bilan ajralib turadi.


Elastik talab tovarlari - bu talab miqdori ushbu tovar narxining oshishidan ko‘proq kamayadigan tovarlar. Masalan, agar narx 5% ga ko‘tarilsa, unda talab 10% ga kamayadi. Bunga hashamatli tovarlar yoki kino chiptalari misol bo‘la oladi. Ular uchun narxlarning oshishi umumiy daromadning o‘sishiga emas, balki pasayishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar ularsiz kun ko‘rishlari yoki ushbu tovarlarning o‘rnini bosadigan mahsulotlarni topishlari mumkin. Kinoga borish o‘rniga, odamlar televizorda film tomosha qilishlari yoki umuman film ko‘rmasliklari mumkin.

Elastik bo‘lmagan talab tovarlari - bu talab miqdori ushbu tovar narxining o‘sishidan kamroq kamayadigan tovarlardir. Masalan, agar narx 5% ga oshsa, unda talab atigi 3% ga kamayadi. Masalan, insonga birinchi galda zarur bo‘lgan tovarlar. Ular narxining oshishi har doim umumiy savdo daromadlarining ko‘payishiga olib keladi. Masalan, O‘zbekistonda non narxi oshsa ham, odamlar uni har qanday narxda sotib olishadi. Odamlar yashash darajasi past bo‘lgan davrda past toifadagi tovarlarga talab normal tovarga bo‘lgan talabga o‘xshab shakllanadi. Faqat iste’molchining turmush darajasi oshib borgan sari normal va past toifadagi tovarlar o‘rtasidagi chegara ko‘rina boshlaydi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling