Talabning daromadga bog‘liq elastligi (ingl. income elasticity of demand) daromadning o‘zgarishiga javoban talabning naqadar o‘zgarganligini bildiradi. Bu o‘zgarishlar tegishli koeffitsiyentlar yordamida hisoblanadi.
Talabning daromad bo‘yicha elastligi koeffitiysenti - bu talab qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishiga javoban ularning miqdorini o‘zgartirish darajasini aks ettiruvchi raqamli ko‘rsatkich. Talabning daromad bo‘yicha elastligi koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Et = Δ Q% / ΔD %
Bu yerda: EK – bu elastiklik koeffitsiyenti;
Δ Q % - bu talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
Δ D% - bu daromadning foizli o‘zgarishi.
Talabning daromadga bog‘liq elastligining kattaligi va uning daromad darajasiga bog‘liqligi tovar turiga bog‘liq. Daromad miqdoriga bog‘liqligi jihatidan quyidagi mahsulot turlari farqlanadi: oddiy va past toifadagi tovarlar.
Oddiy (normal) tovarlar - aholi daromadlarining oshishi bilan talab oshib boradigan tovarlar. Tovarlarning asosiy massasi ushbu toifaga kiradi. Masalan, avtomobillar, turizm xizmatlari. Oddiy tovarlarning tarkibida birinchi galda zarur va zebu ziynat tovarlarini ajratish mumkin.
Past toifadagi tovarlar - sifati past tovarlar, daromad oshib borishi bilan ularga talab pasayib boradi. Chunki iste’molchilar ularni sifatli mahsulotlarga almashtirishni boshlaydilar. Ushbu toifaga, masalan, ikkinchi qo‘l kiyim, ikkinchi sortli oziq-ovqat va boshqalar kiradi. Ushbu tovarlar odamlarning oddiy hayot kechirishi uchun zarurdir, ammo daromad ko‘payganda odamlar qimmatroq, sifatli va foydali tovarlarni - mevalar, go‘sht, pishloq va boshqalarni iste’mol qilishga o‘tadilar.
Talabning daromad bo‘yicha elastiklik koeffitsiyenti manfiy bo‘lsa (Ke<0 ), u holda mahsulot yoki xizmat past sifatli deb nomlanadi va unga talabning pasayishi iste’molchilar daromadining oshishi bilan belgilanadi. Ya’ni iste’molchi daromad miqdorining o‘sishi unga ko‘proq va sifatliroq mahsulotlarni sotib olishga imkon beradi. Bunday tovarlarga talabning daromad elastikligi koeffitsyienti dastlab ijobiy, keyin esa ma’lum bir daromad darajasiga yetganida u nolga tushadi va undan keyin salbiy qiymatlarga yetadi.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |