1. iqtisodiyotga kirish


Ikkinchi omil. Bozorda o‘rinbosar tovarlarning mavjudligi


Download 1.03 Mb.
bet40/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Ikkinchi omil. Bozorda o‘rinbosar tovarlarning mavjudligi. Bunday sharoitda narx oshganda talab narxi o‘zgarmagan boshqa tovarga ortadi, chunki, bu tovarlar o‘rinbosar bo‘lib, ehtiyojni bir xil qondiradi. Masalan, o‘rinbosar mahsulotlar - grechka va guruch, mol go‘shti va qo‘y go‘shti, sariyog‘ va margarin. Agar o‘rnini bosadigan tovarlar bo‘lmasa , unda talab elastik emas (insulin, tuz).

Uchunchi omil- bozorning tavsifi. Agar bir tarafdan, bozor tor bo‘lsa, narx o‘zgarishi u erdagi ma’lum tovarga bo‘lgan talabni elastik qiladi, ikkinchi tarafdan, bozor kengroq bo‘lsa o‘rinbosar tovarlarni topish mumkin, bu yerda bir tovarga narxning o‘zgarishi unga talabni elastik qilmasdan boshqa tovarga ko‘chirib, uning talabini elastik qiladi.

To‘rtinchi omil- tovar qiymatining iste’molchining daromadidagi salmog‘i. Mahsulot iste’molchi byudjetidan qanchalik katta joy egallasa, unga bo‘lgan talab shunchalik elastik bo‘ladi. Odatda, asosiy ehtiyojlarga bo‘lgan talab elastik emas, chunki, masalan, qalam yoki saqich narxining ozgina oshishi xaridlar sonini minimal o‘zgartirishi mumkin. Shu bilan birga, turar-joy binosi, ozgina foizga oshishi talabning keskin pasayishiga olib keladi, chunki olingan mablag‘ oilaviy byudjetning katta qismini tashkil qiladi, shuning uchun ushbu mahsulotlarga talab kamayadi.

Beshinchi omil – vaqt omili yoki talabning qanday vaqt oralig‘ida o‘zgarishi. Iste’molchining qaror qabul qilish muddati qancha ko‘p bo‘lsa, talab shunchalik elastik bo‘ladi. Buning sababi shundaki, ko‘plab iste’molchilar iste’mol qilishga odatlanib qolgan mahsulot narxining biroz oshishi darhol talabning o‘zgarishiga olib kelmaydi, biroq birmuncha vaqt o‘tgach, ular o‘zlarining didlarini o‘zgartirishi mumkin. Masalan yengil avtomobil qimmatlashdi deb faraz qilamiz, bu mashinaga bo‘lgan talabning darhol elastik bo‘lishiga olib kelmaydi, chunki insonlar avtomobilda kam yurishadi, uni kam sotib olishadi, so‘ngra avtomobil o‘rniga metro, avtobus va shu kabilardan foydalanadilar.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling