1. iqtisodiyotga kirish


- rasm. Engel egri chizig‘i


Download 1.03 Mb.
bet33/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

3.3 - rasm. Engel egri chizig‘i
to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda) iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor konyunkturasini baholashda muxim ahamiyat kasb etadi.


3.2 Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar.
Taklif (inglizcha
supply) - bu tovar ishlab chiqaruvchisining bozordagi xatti-harakatini, uning ma’lum sharoit, vaqt davomida va miqdordagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga (taklif qilishga) tayyorligini aks ettiruvchi tushuncha.

Taklif hajmi (ishlab chiqarish hajmi) - bu tovar ishlab chiqaruvchisi (korxona, firma) ma’lum vaqt davomida ma’lum narxda taklif qilishga tayyor bo‘lgan tovarlar miqdori.

Taklif miqdori - ma’lum bir vaqtda sotiladigan tovar yoki xizmatlar miqdori. Demak, taklif hajmi sotish uchun ishlab chiqarilgan mo‘ljallangan tovarlar hajmini aks ettiradi, taklif miqdori muayyan paytda bozorda sotiladigan tovarlar miqdoridir. Taklif individual va umumiy bo‘lishi mumkin. Individual taklif bu ma’lum bir sotuvchining, umumiy taklif esa bozorda mavjud barcha sotuvchilarning tovar va xizmatlarining taklif miqdori. Albatta bu ko‘rsatkichlar bir biri bilan bog‘liq chunki individual takliflarni jamlash asosida umumiy taklif miqdori aniqlanadi.
Taklifga avvalo narx ta’sir ko‘rsatadi. Ular bir xil yo‘nalishda o‘zgaradi. Narxning o‘sishi tovarlar taklifining ortishiga olib keladi va aksincha, narxning pasayishi tovarlar taklifining kamayishiga olib keladi. Demak, narx taklifga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Narx qanchalik yuqori bo‘lsa, ushbu mahsulot bozorda ko‘proq hajmda taklif etiladi, narx qanchalik past bo‘lsa, taklif kamayadi. Buni biz taklif egri chizig‘ida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi holatda agarda mahsulotning birligi narxi 50 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha oshadigan bo‘lsa, unda taklif miqdori ham 1 tonnadan 6 tonnagacha oshmoqda, agarda narx 350 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha pasaysa, unda taklif miqdori 6 tonnadan 1 tonnagacha kamaymoqda.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling