1. iqtisodiyotga kirish


Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi


Download 1.03 Mb.
bet68/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.

Doimiy xarajatlar (FC) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (zayomlar bo‘yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.



O‘zgaruvchi xarajatlar (VC) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, matyerial, yonilg‘i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.

Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlar (TS)ni tashkil qiladi.
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng:

;
bu yerda: AC – o‘rtacha umumiy xarajatlar;


TS – yalpi (umumiy) xarajatlar;
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.


O‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:

;
bu yerda: AFC – o‘rtacha doimiy xarajatlar;


TFC – doimiy xarajatlar summasi.

O‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:

;
bu yerda: AVC – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar;


TVC – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi.
Shuningdek, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin:
AC = AFC + AVC.
Bu o‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarning egri chiziqlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi
Eng yuqori darajada foyda olishga yerishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib so‘nggi qo‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo me’yoriy (so‘nggi qo‘shilgan) xarajat deb mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarga aytiladi:

;
bu yerda: MS – me’yoriy (so‘nggi qo‘shilgan xarajat);


∆TS – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi;
∆Q - mahsulot miqdorining o‘zgarishi.
Me’yoriy xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning qo‘shilgan birligini ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar me’yoriy xarajatlar deyiladi.
Agar rasmdagi grafikda abssissa o‘qi Q ishlab chiqarish hajmini va ordinat o‘qi esa xarajatlarni C ifodalasa unda FC doimiy xarajatlarni abssissa o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi (6.2-rasm).
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Ular xomashyo va ishchi kuchini sotib olish harajatlari bilan bog‘liq. O‘zgaruvchan xarajatlar dinamikasi (VC) notekis: noldan boshlab, ishlab chiqarish o‘sishi bilan ular dastlab juda tez o‘sadi; keyinchalik, ishlab chiqarish hajmining yanada oshishi bilan, ommaviy ishlab chiqarishda

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling