1. iqtisodiyotga kirish


Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning turlari


Download 1.03 Mb.
bet66/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

6.5 Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning turlari
Har qanday firma uchun foyda olish iqtisodiy faoliyatining zaruriy sharti va ayni paytda asosiy maqsadi hisoblanadi. Chunki firmaning rivojlanishi yertangi kunga ishonchi, olayotgan foyda miqdoriga bog‘liqdir. Biroq korxonaning foyda olish va olmasligi uning miqdori ko‘pgina omillarga bog‘liqdir. Ularning orasidagi yetakchi omillardan biri korxonaning ishlab chiqarish harajatlaridir. Chunki, xarajatlar foydaning asosiy chegaralovchisi va bir vaqtning o‘zida taklif miqdoriga ta’sir etuvchi asosiy omildir.
Xarajatlar, ularning joriy va kelajakdagi miqdorining tahlili natijalariga asoslanib korxona rahbariyati o‘z qarorlarini qabul qiladilar.

Xarajatlar – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslariga pul shaklidagi to‘lovlardir.
Ishlab chiqarish harajatlari birinchidan korxona uchun mahsulotining asl qiymatini aks ettiradi. Ikkinchidan esa ishlab chiqarilgan mahsulotning boshlang‘ich narxini (taklif narxi) aniqlashning asosi hisoblanadi.
Turli mezonlar asosida xarajatlar turlarga bo‘linadi.
Buxgaltyeriya harajatlari korxonaning tovar ishlab chiqarishiga pul harajatlari bo‘lib, ular buxgaltyeriya hisoblarida aks ettiriladi. Uni mahsulot tannarxi deyish mumkin.
Buxgaltyeriya harajatlarini sarflangan ishlab chiqarish resurslarining turlari bo‘yicha quyidagi moddalar orqali ifodalash mumkin:

Xarajatlarni buxgaltyeriya usulida hisobga olish uni qiymat (pul) shaklida hisoblashga imkon beradi.


Buxgaltyeriya harajatlari bozor iqtisodiyotida resurslarning cheklanganligini inobatga olmaydi. Shuning uchun muqobil (iqtisodiy) xarajatlar tushunchasi ishlatiladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling