1. iqtisodiyotga kirish


Muqobil xarajatlar deganda, resurslarni eng oqilona ishlatishda boy byerilgan imkoniyatlar bilan bog‘liq pul sarflari tushuniladi


Download 1.03 Mb.
bet67/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Muqobil xarajatlar deganda, resurslarni eng oqilona ishlatishda boy byerilgan imkoniyatlar bilan bog‘liq pul sarflari tushuniladi.
Muqobil xarajatlar bir tarafdan resurslarning cheklanganligini, ikkinchi tomondan esa har bir resurslardan foydalanishning bir necha varianti borligini hisobga oladi.
Mablag‘larning kelib tushishi nuqtayi nazaridan ishlab chiqarish harajatlari ichki va tashqi turlarga bo‘linadi.
Tashqi xarajatlar – bu korxona egalari bo‘lmagan, ishlab chiqarish resurslarini yetkazib byeruvchilariga pul to‘lovlaridir.
Tashqi xarajatlarga quyidagilar kiradi:

  • ishchi–xizmatchilarning ish haqi;


  • xomashyo va matyeriyallarga, savdo firmalariga byeriladigan komission mukofoti (ustama haqi);


  • banklar va boshqa moliyaviy muassasalarga to‘lanadigan badallar;


  • yuridik xizmatlarga to‘lovlar;


  • transport xizmatlari va boshqalar.


Qaytarib bo‘lmaydigan xarajatlar, tadbirkor tomonidan bir marta sarflanadigan va katta korxona yopiladigan bo‘lgan taqdirda ham qaytarib olish mumkin bo‘lmagan xarajatlardir. Ular korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq joriy xarajatlarga kiritilmaydi. Masalan, faraz qilamizki, korxona birlamchi maqsadda foydalaniladigan, keyinchalik altyernativ foydalanish uchun o‘zgartirib bo‘lmaydigan yoki boshqa korxonalarga sotib bo‘lmaydigan uskunalarni sotib oldi. Bu uskunalarni sotib olishga sarflanadigan xarajatlar korxona uchun qaytarib bo‘lmaydigan xarajatlar hisoblanadi.



Ichki xarajatlar - bu korxona tomonidan o‘ziga tegishli va mustaqil ishlatadigan ishlab chiqarish resurslarga sarflardir. Masalan, korxona o‘zining binosidan foydalanadi va ijara to‘lov shaklida tashqi xarajatlarga sarf qilmaydi. Biroq, ayni paytda binoni ijaraga byerib, to‘lov olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Demak, ichki harajatlar buxgaltyeriya hisoblarida aks ettirilmasa ham real hisoblanadi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling