1. iqtisodiyotga kirish
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. MONOPOLISTIK RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA 8.1 Monopolistik raqobat, uning belgilari. Monopolistik birlashmalar shakllari
- Monopolistik raqobat bozori quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Mukammal raqobat uchun xos bo‘lgan belgilar to‘g‘risida gapirib bering. 2. Mukammal raqobatning afzaliklari va kamchiliklari nimalardan iborat? 3. Mukammal bozor mexanizmi va uning elementlarini yoritib bering. 4. Mukammal raqobat bozorida narx darajasi va ishlab chiqarish hajmi shakllanishining o‘ziga xosligi qaysi holatlarda namoyon bo‘ladi ? 5. Monopoliya yoki sof monopoliya bozor tuzilmasining belgilari to‘g‘risida gapirib bering. 6. Sof monopoliya sharoitida narx va ishlab chiqarish hajmi qanday aniqlanadi? 7. Monopoliya’ning vujudga kelishi ga qarab qanday monopoliyalar farqlanadi? 8. Monopoliyalarning afzaliklari va kamchiliklari nimalardan iborat? 9. Antimonopol qonunchilik nima uchun kyerak? 10. O‘zbekistonda monopoliyalarga qarshi qonunchilikning asosini tashkil qiluvchi qonunlar to‘g‘risida gapirib bering. 8. MONOPOLISTIK RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA 8.1 Monopolistik raqobat, uning belgilari. Monopolistik birlashmalar shakllari Monopol raqobat - bu mukammal bo‘lmagan raqobat bozor tuzilmasining bir turi bo‘lib, unda ayni bir xil bo‘lmasa-da, o‘xshash (tabaqalashtirilgan) tovarlarni xaridorga taklif qiladigan bozor hokimligiga ega bo‘lgan mahsulot sotuvchilari o‘zaro raqobatlashadi. Bu keng tarqalgan bozor turi bo‘lib, mukammal raqobatga eng yaqin bozor tuzilmasi. Monopolistik raqobatda, har bir firma mahsulotni tabaqalashtirish sharoitida o‘z mahsuloti ustidan bir qadar monopol hukmronlikga ega ya’ni raqobatchilarning harakatlaridan qat’i nazar, u narxni ko‘tarishi yoki tushirishi mumkin. Biroq, bu hukumronlik shu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning yetarlicha ko‘pligi va boshqa firmalar tomonidan tarmoqqa kirish yerkinligi bilan cheklangan. Masalan, Reebok krossovkalarining "muxlislari" o‘z mahsulotlari uchun boshqa firmalarning mahsulotlariga qaraganda ko‘proq pul to‘lashga tayyor, ammo agar narxlar farqi juda katta bo‘lsa, xaridor har doim bozorda unchalik taniqli bo‘lmagan firmalarning arzonroq narxdagi mahsulotlarini sotib olishi mumkin. Monopolistik raqobat bozori quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: - bozor ko‘p sonli mustaqil firmalar (ishlab chiqaruvchilar) va xaridorlardan iborat, ammo mukammal raqobatdagidan ko‘p emas. Aynan ishlab chiqaruvchilarning uncha ko‘p emasligi monopolistik raqobatni mukammal raqobatdan ajratib turadigan xususiyatlardan biridir; - monopolistik bozorga firmalarning kirib borishi osonroq, biroq to‘siqlar umuman yo‘q degani emas. Avvalo, tarmoqqa kirish uchun yetarli miqdorda kapital bo‘lishi kyerak. Undan tashqari firmani ro‘yxatga olish, patent va litsenziyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar mavjud; - uzoq muddatli davrda bozorda omon qolish uchun monopolistik firma raqobatlashayotgan firmalar tomonidan taqdim etiladigan mahsulotlardan farq qiladigan turli xil, mahsulotlarni ishlab chiqarishi kyerak. Ya’ni tabaqalashtirilgan mahsulotlarni bozorga taqdim etishi lozim; - sotuvchilar va xaridorlarning bozor konyunkturasi to‘g‘risida to‘liq xabardorligi; - nisbatan kuchliroq bo‘lgan narxdan tashqari raqobat usuli. Mahsulot reklamasi rivojlanish uchun muhimdir. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling