1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet97/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Koeffitsyient qiymatlar noldan birgacha bo‘ladi. U qanchalik katta bo‘lsa, firmaning bozordagi hukmronligi kuchi shunchalik katta bo‘ladi. Mukammal raqobat sharoitida narx me’yoriy xarajatlarga tenglashadi va koeffitsiyent nolga teng bo‘ladi.

Shuningdek, koeffitsiyent teskari mutanosib qiymat sifatida talabning elastligi orqali hisoblanishi mumkin:

L= 1/ kd

bu yerda: kd- korxona mahsulotiga narx bo‘yicha talab elastligi.

Mukammal raqobat sharoitida kompaniya mahsulotlariga talab mutlaqo elastik bo‘ladi. Elastiklik ko‘rsatkichi cheksizlikka intiladi, shuning uchun elastiklikning teskari miqdori nolga intiladi. Bu narx me’yoriy xarajatlarga teng ekanligini ko‘rsatadi. Mukammal raqobat sharoitida firmalar bir xil mahsulotni sotadilar, bozorning ozgina ulushiga egalik qiladilar va iste’molchilar narxlar to‘g‘risida barcha ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Narxni me’yoriy harajatlaridan yuqorichegarada o‘rnatishga urinish bir zumda xaridorlarning boshqa sotuvchilarga o‘tib ketishiga olib keladi. Natijada talab mutlaqo elastik bo‘ladi. Keltirilgan formuladan kelib chiqadiki har qanday nomukammal raqobatchining yakka hukmronligi manbalari firma mahsulotlariga talabning elastligini belgilovchi omillar bilan bog‘liq. Bunga quyidagilar kiradi:

1. Firma mahsulotlariga bozor (tarmoq) talabining elastikligi (sof monopoliya holatida firma mahsulotlariga bozor talabi va firma talablari bir-biriga teng). Firmaning talab elastligi odatda bozor talabining elastligidan katta yoki tengdir. Eslatib o‘tamiz, talabning narx bo‘yicha elastligiga quydagi omillar ta’sir etadi: talab qilinadiga tovar yoki xizmatning o‘zi qanday bo‘lishi, bozorda o‘rinbosar tovarlarningn mavjudligi, bozorning tavsifi, iste’molchining daromadidagi mahsulotning ulushi, vaqt omili yoki talabning qanday vaqt oralig‘ida o‘zgarishi.

2. Bozordagi firmalar soni. Bozorda firmalar soni kam bo‘lsa, boshqa sharoitlar o‘zgarmas bo‘lganda individual firmaning narxlarga ta’sir qilish qobiliyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, bu nafaqat firmalarning umumiy soni, balki "asosiy o‘yinchilar" deb ataladigan, eng katta bozor ulushiga ega bo‘lgan eng ta’sirchanlarning soni muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, agar ikkita yirik kompaniya’ning ulushiga savdo hajmi 90%, qolganlarni ulushi 20 - 10% ni tashkil qilsa, demak, ikkita yirik kompaniya katta monopol hokimiyatiga ega. Bunga bozor (ishlab chiqarish) to‘planuvi deyiladi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling