1. Ish mavzusi: Nutq signallariga dastlabki ishlov berishning dasturiy vositasini ishlab chiqish


Download 1.17 Mb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1569686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 amaliy mashg\'ulot

Tadqiqotning maqsadi turli sharoitlarda yozib olingan nutq signallarini xalaqitlarini kamaytirish va silliqlash, chastotali sohalariga ishlov berish, normallashtirish va segmentlash algoritmlari hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.


Tadqiqotning vazifalari:


nutq signalidagi xalaqitlarni kamaytirish va silliqlash algoritmini ishlab chiqish;
nutqni chastotali sohalariga ishlov berish usulini takomillashtirish; kiruvchi signaldan nutq joylashgan sohani aniqlash algoritmini ishlab
chiqish;
nutq signalini normallashtirish va segmentlash algoritmlarini ishlab chiqish;
shaxsni ovozi asosida identifikatsiyalash va nutqni tanib olish masalalarini yechish uchun belgilar fazosini shakllantirish;
nutq signallariga dastlabki ishlov berishning algoritmik va dasturiy majmuasini yaratish.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida turli sharoitlarda yozib olingan nutq signallari, ularga ishlov berish usul va algoritmlari olingan.
Tadqiqotning predmetini signallarga dastlabki ishlov berish, qayta ishlash, timsollarni tanib olish usul va algoritmlari hamda dasturiy ta’minoti tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Ishning nazariy tadqiqotlari tizimli tahlil, imitatsion modellashtirish, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, diskret matematika, signallarga ishlov berish va timsollarni tanib olish usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalaqitning spektral zichligini inobatga olgan holda nutq signalidagi xalaqitlarni kamaytirish va silliqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
ekstremumlarni tarqalish qonuniyatlari asosida nutq joylashgan sohani aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
signal-xalaqit munosabatlarini aniqlash orqali nutq chastotali sohalariga ishlov berish usuli takomillashtirilgan;
nutq signali sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda normallashtirish va segmentlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
nutq signalini diskretligini inobatga olgan holda shaxsni ovozi asosida identifikatsiyalash va nutqni tanib olish masalalarini yechish uchun belgilar fazosini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling