1. Ish mavzusi: Nutq signallariga dastlabki ishlov berishning dasturiy vositasini ishlab chiqish


Download 1.17 Mb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1569686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 amaliy mashg\'ulot

1. Ish mavzusi: Nutq signallariga dastlabki ishlov berishning dasturiy vositasini ishlab chiqish


NUTQ SIGNALLARIGA DASTLABKI ISHLOV BERISH MUAMMOLARI
1.1
Nutq signallariga ishlov berishda eng avvalo inson nutqining shakllanish jarayonini, nutq signallarining tarkibi va xususiyatlarini o'rganishni talab qiladi. Nutq fonemalar talaffuzi asosida tovushlar, tovushlarning birlashishi asosida bo'g'inlar, bo'g'inlar asosida so'zlar, so'zlar ketma-ketligi asosida gaplarning yasalishiga asoslangan. Nutq tovushlari nutq a'zolari ishtirokida hosil bo'ladi. Bularga insonning o'pka, kekirdak, tovush paychalari, og'iz bo'shlig'i, katta va kichik tillar, yumshoq va qattiq tanglaylar, yuqori va pastki lablar, yuqori va pastki tishlar, burun bo'shlig'i va bo'g'iz bo'shlig'i a'zolarini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu inson a'zolari nutqni to'liq talaffuz qilish uchun xizmat qiladi. Nutq tovushlari so'z ma'nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir. Inson nutqining hosil qilinishi uchun bir qancha murakkab jarayon amalga oshiriladi. Nutq tovushlarini hosil bo'lishida o'pkadan chiqayotgan havo oqimi nafas yo'li, kekirdak orqali bo'g'izga, undan og'iz bo'shlig'i yoki burun bo'shlig'iga o'tib, tashqariga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda tovush naychalari, lablari va til faol ishtirok etadi. Nutq tovushlari inson nutq a'zolarining o'zaro ta'sirida havo zarralarining tebranish to'lqini yig'indisidan tashkil topgan. Inson tovushlari ham mazkur qonuniyat asosida paydo bo'ladi. Ammo nutq tovushlarining boshqa tovushlardan tub farqi shundaki, so'zdagi har bir tovush uning lug'aviy ma'nosini o'zgartiradi. Inson nutq a'zolarining markazlashib harakatlanishida nutq yuzaga keladi. Inson nutqining paydo bo'lishi ushbu a'zolarga bog'liq hisoblanadi
Nutqning shakllanishi natijasida analog ko'rinishdagi tabiiy nutq yuzaga keladi. Nutqni raqamli qo'rinishda ifodalash natijasida nutq signali hosil bo'ladi. Nutq signali murakkab signal sifatida qayt etiladi. Sababi, nutq signali hosil bo'lishida inson nutq a'zolarining bir nechtasi qatnashadi. Nutq a'zolari nutq signalining tebranishini murakkablashtiradi. Natijada murakkab tebranishlar asosidagi murakkab nutq signali yuzaga keladi. Nutqni hosil qiluvchi inson a'zolarining barchasini markaziy nerv sistemasi nazorat qiladi. Bu a'zolarning qanchalik qatnashishi, tebranishi yoki shu kabi xususiyatlariga ko'ra, dasturiy mahsulot ishlab chiqarishdagi ishlatiladigan parametrlar o'zgaradi. Inson nutqining bu parametrlariga quyidagi parametrlar kiradi:
1. Nutq tovushlarining balandligi – ma'lum vaqt ichida paychalarining tebranishiga ko'ra har xil chiqishidir. Bu tebranishlar nutq tovushining amplitudasiga ta'sir ko'rsatadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi – ma'lum kenglikdagi maydondan ma'lum vaqtda o'tadigan energiya miqdoridir. Bu ko'rsatkich nutqning energiyasi va quvvatiga ta'sir ko'rsatadi.
3. Nutq tovushlarining tembri – asosiy ton bilan hosil bo'ladi. Bu parametr har xil odamlar uchun har xil bo'ladi shuning uchun bu parametr inson nutqni tanib olish tizimlarida ishlatiladi.
Bu tovushlarni hosil qilishda turlicha nutq a'zolari turli shakllanishlar asosida o'z funksiyasini bajaradi. Ya'ni, qaysi biridir keraklikcha tebranadi yoki yopiladi. Nutq a'zolarining qanchalik ko'p miqdori nutqni hosil qilishda aralashsa, nutqni qayta ishlash shunchalik qiyinlashadi. Nutqni qayta ishlashda, shuningdek, fonemalarning ketma-ketligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatda inson tovushining turli xil turlari mavjud. Inson tovushini sinflarga bo'lishda asosan qo'shiqchilarning qo'shiq aytayotgan vaqtidagi, olgan diapozoniga qarab belgilanadi. Ovoz kuchini aniqlash uchun tovushni tiniqligiga va yo'g'onligiga ko'proq etibor beriladi
Inson ovozining sinflanishi
Ayollar tovushi Soprano — yuqori 1400 Gts gacha
Metsso – soprano (o'rta) 260–1050 Gts
Kontral`to (quyi) 260–780 Gts
Erkaklar tovushi Tenor (yuqori) 130–520 Gts
Bariton (o'rta) 110–149 Gts
Bas (quyi) 80–350 Gts

Nutq tovushlarining sinflanishida ovoz diapozoniga va nutq aytayotgan insonning jinsiga bog'liq. Asosiy o'lchov kriteriyalari ikkita bo'lganiga qaramay, o'lchov jarayonida turli xil, bir-birini takrorlamaydigan nutq tovushlari yuzaga keladi. Nutq tovushlarining sinflanishi va nutq tovushlarining hosil bo'lish jarayonini umumlashtirish natijasida nutq signalining kriteriyalarini aniqlash mumkin. Birinchidan nutq signali murakab tebranishlar asosida yuzaga kelgan signal. Ikkinchidan bir nutq signalining tarkibi boshqa nutq signalining tarkibiga to'g'ri kelmaydi. Uchinchidan nutq signalining formant chastotasi shaxslar uchun turli chastota oralig'ida bo'ladi. Ushbu kriteriyalarni inobatga olgan holda nutq signallariga ishlov berish murakkab algoritmlarasosida amalga oshiriladi. Nutq signallariga ishlov berishning rivojlanish bosqichlari va ularning algoritmlari tahlili keyingi bo'limda amalga oshirilgan.


1.2


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling