8-amaliy mashg‘ulot voip texnologiyasida paketli nutqni qayta ishlash tamoyillari. Amaliy ishining maqsadi
Download 28.15 Kb.
|
8-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Topshiriq
- 4. Nazorat savollari
- Nazariy qism IPv4 datagramma sarlavhasining tuzilishi
8-amaliy mashg‘ulot VOIP TEXNOLOGIYASIDA PAKETLI NUTQNI QAYTA ISHLASH TAMOYILLARI. 1. Amaliy ishining maqsadi IP protokolining tuzilishi va versiyalarining xususiyatlari, VoIP texnologiya-sida paketli nutqni qayta ishlash tamoyillarini o‘rganish. 2. Topshiriq IP protokolining tuzilishi va versiyalarining sarlavhasining tuzilishini, VoIP tarmoq orqali so‘zlashuv signalini uzatishda ishlov berish chizmasini chizish va nazorat savollariga javob yozish. 3. Hisobotnoma Bu amaliy ish bo‘yicha quyidagilar hisobot tarzida keltirilishi lozim: - qisqa nazariy qismlarining matni va chizmalari. 4. Nazorat savollari: IP protokolining ishlash tamoyilini tushuntiring. IPv4 va IPv6 protokollarining asosiy afzallik va kamchiliklarini sanab bering. VoIP texnologiyasining asosiy xizmatlari nimalardan iborat. IPv4 datagramma sarlavhasining tuzilishini ta’riflab bering. Ma’lumotning “Yashash vaqti” (Time to Live) tushinchasini izohlang. Nazariy qism IPv4 datagramma sarlavhasining tuzilishi Foydali yuklamani tashuvchi IPning barcha datagrammasi o‘zining tarkibiga sarlavxa va ma’lumotlarni kiritadi. 1-rasmda 4-turga mos keluvchi IP datagrammasining sarlavxasi ko‘rsatilgan. 4-turni birinchi amalga oshirilgani 1980-yillar boshiga taalluqli va bu tur xozirgi kunda keng tarqalgan. Sarlavxa turli qo‘shimcha opsiyalarni ta’minlovchi 4 ta baytgacha qo‘shish yo‘li bilan kengaytirish imkoniyatli kamida 20 baytdan iborat. Sarlavxani qulayligi uchun xar biri 4 baytdan iborat bo‘lgan qatorlar to‘plami ko‘rinishida ifodalangan. Bunday maydonlarning umumiy soni 5 yoki 6 ga teng. “Versiya” maydoni 4 bit, IP sarlavxasini identifikatsiyalaydi. “Sarlavxa uzunligi” maydoni sarlavxa o‘lchamini aniqlaydi (20 yoki 24 bayt). “Xizmat ko‘rsatish turi” (Type of Service, ToS) maydoni 8 bitdan iborat. Birinchi 3 ta bit datagrammani ustunligini aniqlaydi (000 – ustunliksiz, 111 – tarmoqni boshqarish satxi). Keyingi uchta bit minimal ushlanib qolish, yuqori o‘tkazish qobiliyati va yuqori ishonchlilikni (xar bir bit birga teng) aniqlaydi. Oxirgi ikkita bit qo‘llanilmaydi. Shuni aytish kerakki, 1990-yillarda Internet tarmoqlarida ToS maydoni qo‘llanilmagan. 1-rasm. IP datagramma sarlavhasining formati (IPv4 turi) “To‘liq uzunlik” maydoni 16 bit, datagrammani to‘liq uzunligini baytlarda aniqlaydi, ya’ni paketda uzatiladigan sarlavxa va ma’lumotlar kiradi. Maydon uzunligi 16 bitga keng, datagrammaning maksimal uzunligi 216-1=65535 baytga teng. Qachonki marshrutizatorlar to‘liq o‘lchamdagi datagrammaga ishlov bera olmasa, uning uzunligiga bog‘liq xolda datagramma bloklarga (fragmentlarga) bo‘linishi mumkin. “Identifikator”, “Bayroq” va “Fragment ko‘rsatkichi” maydonlari qabul qilish oxirida fragmentlardan datagrammani qayta tiklashda qo‘llaniladi. “Identifikator” maydoni 16 bit, belgilangan punktda fragmentdan datagrammani qayta tiklash imkonini beradi. “Bayroq” maydoni 3 bit, qabul qilish oxirda datagrammani qayta tiklash uchun qo‘llaniladi. “Fragment ko‘rsatkichi” maydoni 13 bit, berilgan datagramma boshlanishiga nisbatan fragmentni siljishini aniqlaydi. “Yashash vaqti” maydoni 8 bit, tarmoqda datagrammani mavjud bo‘lish davomiyligini chegaraviy vaqtini aniqlaydi. Sakkiz bitli “Protokol” maydoni transport satxda qo‘llaniladigan protokolni aniqlaydi. “Sarlavxani nazorat yig‘indisi” maydoni 16 bit, siklik kod yordamida sarlavxada (butun datagrammada emas, faqat sarlavxada) xatolikni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Bu tekshirish xar bir marshrutizator orqali datagramma yoki uning fragmenti o‘tganda amalga oshiriladi. Keyingi 2 ta maydon jo‘natuvchi va qabul qiluvchini adreslari uchun mo‘ljallangan. “Opsiya” maydoni, maksimum 4 bayt, turli funksiyali testlashtirish va nazoratni kiritish uchun qo‘llaniladi. “To‘ldirgich” maydoni “Opsiya” qatorini 32 bit to‘liq uzunligigacha to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Datagramma va datagramma fragmetlarini uzatishda tarmoq uzellarida tushib qolishi yoki yo‘qolishi mumkin, yoki alohida fragmentlarni katta ushlanib qolinishi tufayli datagrammalar qabul qilish joyida yig‘ishda yo‘qolishi mumkin. Shu tarzda 4-tur qo‘llanilganda IP rejim xizmat ko‘rsatish sifatini minimal sathini ta’minlaydi. Biroq, xozirgi vaqtda IP-tarmoqlarda turli ko‘rinishdagi trafiklar uzatilmoqda, shu navbatda real vaqtdagi interaktiv trafik kechikishlariga (IP ustidan so‘zlashuv, video konferensiya, interaktiv o‘yinlar va boshqalar), shuningdek, ishonchlilikka, ruxsatsiz ulanishdan axborotni himoyalash va b.q.larga sezgir. Bu talablar Internet tarmoqlari uchun yangi protokollarni ishlab chiqishga olib keldi va bunga IPv6 protokoli kiradi. Download 28.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling