8-amaliy mashg‘ulot voip texnologiyasida paketli nutqni qayta ishlash tamoyillari. Amaliy ishining maqsadi


Download 28.15 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi28.15 Kb.
#1829431
1   2   3
Bog'liq
8-amaliy mashg\'ulot

VoIP - texnologiyasi

IP tarmoq orqali so‘zlashuv UT arxitekturasiga o‘tishdan avval, VoIP texnologiyada amalga oshiriladigan asosiy jarayonlarni ko‘rib chiqamiz.


VoIP tizimi so‘zlashuv signaliga nisbatan, oddiy telefon tarmoqlari singari funksiyalarni bajarishi kerak. Bu asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
- uzatuvchi tomonda - analog so‘zlashuvchi raqamli signalga o‘zgartirish va raqamli signalni tarmoq orqali uzatish uchun zarur bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etish (IP tarmoq orqali); so‘zlashuv signali IP protokoli paketlariga inkapsulyatsiyalanadi;
- IP tarmoqda - telefonli chaqiriq xizmat ko‘rsatishini boshqarish (ulanishni yaratish, so‘zlashuv almashishni ushlab tirish, uzish) va paketlarni transportlash;
- qabul qilish qismida - qabul qilingan paketlardan va diskret signaldan analog so‘zlashuvni qayta tiklash.
3-rasmda so‘zlashuv signali IP tarmoq orqali o‘tgandagi qayta ishlash jarayoni keltirilgan. Bu yerda bloklar ko‘rinishida yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalar keltirilgan - kodlash, IP paketlar ko‘rinishida ifodalash, tarmoq orqali paketlarni uzatish, paketlarni taqsimlash va analog so‘zlashuv signalini qayta tiklash.
Chaqiriqqa (ulanish, so‘zlashuv almashishni ushlab turish va uzish) xizmat ko‘rsatishni boshqarish. VoIP texnologiyasida telefon aloqasiga o‘xshash bo‘yicha abonentlar orasida ulanishni o‘rnatish zarur. Bu signalizatsiya tizimi bilan amalga oshiriladi, ya’ni terminal qurilmayordamida tarmoqda aloqada bo‘ladi, chaqirish xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tarmoq elementlari ishini koordinatsiyalaydi va aktivlashtiradi. VoIP tarmoqda signalizatsiyani tarmoq komponentlari orasida IP datagrammalarini almashishni ta’minlaydi. Ulanish 2 ta oxirgi punklar orasida o‘rnatiladi.

3-rasm. VoIP tarmoq orqali so‘zlashuv signalini uzatishda ishlov berish

Bu punktlarni identifikatsiyasi maxsus ma’lumotlar bazasi orqali ishlab chiqiladi. UFT tarmog‘i singari oxirgi punktni identifikatsiyalash uchun telefon nomerlar qo‘llaniladi. VoIP tarmog‘ida ham buning uchun ma’lumotlar bazasida saqlanuvchi IP-adres qo‘llaniladi. VoIP datagrammasini transportlash IP marshrutizatorlarida so‘zlashuv paketlarini ketma-ket qabul qilish yo‘li orqali bajariladi.



Download 28.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling