1. Ishchi kuchidagi "inson kapitali" tushunchasi sizga nimani bildiradi?


Download 19.64 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi19.64 Kb.
#1025690
Bog'liq
testlar 30ta mehnat iqtisodiyoti


1. Ishchi kuchidagi “inson kapitali” tushunchasi sizga nimani bildiradi?
a) ishlab chiqarish jarayoni natijasida ishchi kuchining bilim, malaka, tajriba
darajasining oshib borishini bildiradi;
b) o‘qish uchun sarflangan barcha sarf -xarajatlarni bildiradi;
c) shaxsning iqtisodiyotda sarflangan pul mablag‘larini bildiradi;
d) chet el invetsitsiyasining har bir shaxsga sarflangan mablag‘ miqdorini bildiradi.
2. «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni yangi tahrirda qachon qabul qilingan?
a) 1993 yil
b) 1991 yil
c) 1997 yil
d) 1998 yil
3. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun nechta moddadan iborat
?
a) 25ta
b) 32ta
c) 35ta
d) 48ta
4. Aholining ish bilan bandligi tushunchasiga nimalar kiradi?
a) ishchi kuchini ish joylari bilan ta’minlanganligi;
b) ishsizlarni ish bilan ta’minlanganligi;
c) aholini ish bilan ta’minlanganligi;
d) mehnat bozorida talab va taklifni muvozanati.
5. Aholini ish bilan bandligining qanday turlari bor?
a) to‘la ish bilan bandlik, to‘la bo‘lmagan ish bilan bandlik;
b) to‘la ish bilan bandlik, qisman ish bilan bandlik, haqiqiy ish bilan bandlik;
c) haqiqiy ish bilan bandlik, qisman ish bilan bandlik;
d) to‘la bo‘lmagan ish bilan bandlik, mavsumiy ish bilan bandlik.
6. Aholi ish bilanbandligini rasmiy boshqarish tizimi nimadan iborat?
a) xukumat joylardagi hokimiyat;
b) xokimiyat iqtisodiy bo‘linmalari;
c) aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armalari;
d) davlat mehnat muassasalari.
7. To‘la bandlik nima?
a) ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning tenglik xolati;
b) mehnat resusrlarini 100% ish bilan bandligi;
c) aholini 100% ish bilan bandligi;
d) ishsizlikka barham berilgandagi bandlik holati.
8. Qisman bandlik nima?
a) aholini bir qismini ish bilan band bo‘lishi;
b) aholini bir qismini ish bilan band bo‘lmasligi;
c) yarim ish vaqtida band bo‘lish;
d) oqilona bandlik
9.Ishsizlik nima?
a)mehnat bozoridagi talab va taklifning kamlikholati;
b) ish joyini yo‘qotgan aholi;
c) mehnat daromadlariga ega bo‘lmagan aholi;
d) ish bilan ta’minlanmagan aholi.
10. Ishsizlik tushunchasini qanday tushunasiz, va unga aniq ta’rif bering?
a) 16 yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish xuquqini olishgacha bo‘lgan
yoshdagi, ishga va ish haqiga ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida maxalliy
mehnat organidan ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta
tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyati shaxslar
ishsiz deb e’tirof etiladi;
b) 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan
erkaklar, mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan va ayrim sabablarga ko‘ra
vaqtinchalik ishga va ish haqiga ega bo‘lmagan shaxslar;
C) mehnat yoshida bo‘la turib turli sabablarga ko‘ra o‘ziga ma’qul kelgan ishni topa
olmagan, turli sabablarga ko‘ra ish izlamayotgan shaxslar tushiniladi;
D) yollanib ishlayotgan, lekin to‘liqsiz ish soatlari yoki to‘liqsiz ish xaftalarida
mehnat qilayotgan mehnatga layoqatli aholining ma’lum bir qismiga aytiladi.
11. Tabiiy ishsizlik nima?
a) iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida yuzaga keluvchi ishsizlik;
b) iqtisodiyot tarkibining o‘zgarishi bilan keladigan ishsizlik;
C) ishchi kuchini ish joyini o‘zgartirishi munosabati bilan yuzaga keladiganishsizlik;
D) muayyan iqtisodiy rivojlanish darajasiga to‘qri keladigan me’eriy ishsiz holati.41. Davriy ishsizlik nima?
a) muayyan iqtisodiy rivojlanish darajasiga to‘g‘ri keladigan me’eriy ishsizlik holati;
b) iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida yuzaga keluvchi ishsizlik;
C) iqtisodiyot tarkibining o‘zgarishi bilan keladigan ishsizlik;
D) ishchi kuchini ish joyini o‘zgartirishi munosabati bilan yuzaga keladigan
ishsizlik;
12. Tarkibiy ishsizlik nima?
a) muayyan iqtisodiy rivojlanish darajasiga to‘g‘ri keladigan me’yoriy ishsizlik
holati;
b) iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida yuzaga keluvchi ishsizlik;
C) iqtisodiyot tarkibining o‘zgarishi bilan yuzaga keladigan ishsizlik;
D) ishchi kuchini ish joyini o‘zgartirishi munosabati bilan yuzaga keladigan
ishsizlik;
13. Joriy ishsizlik nima?
a) iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida yuzaga keluvchi ishsizlik;
b) iqtisodiyot tarkibining o‘zgarishi bilan keladigan ishsizlik;
C) ishchi kuchini ish joyini o‘zgartirishi munosabati bilan yuzaga keladigan
ishsizlik;
D) aholi qisqartirilgan ish rejimida band bo‘lishi.
14. Iqtisodiy jihatdan faol aholi kimlardan iborat?
a) Ish bilan bandlar va ishsizlar;
b) ish bilan ta’minlangan aholi;
C) ish izlayotgan aholi;
D) samarali ishlayotgan aholi;
15. Ishsizlikning tabiiylik darajasi qanday bo‘lishi kerak?
a) 3-4%;
b) 4-5%;
C) 1,5 -2,5%;
D) 6-7 %;
16. Quyidagilarning qaysi biri ishsizlik turini tavsiflaydi?
a) joriy, davriy, tarkibiy va boshqalar;
b) sanoat, tarkibiy, yashirin va boshqalar;
C) moddiy, qishloq xo‘jaligi, ommaiy va boshqalar;
D) iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik va boshqalar.
17. Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga qancha muddatgacha
to‘lanishi mumkin?
a) ikki xafta;
b) to‘rt xafta;
C) yigirma olti xafta;
D) o‘n uch xafta;
18. Ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotgan shaxslarga qancha
muddatda ishsizlik nafaqasi belgilanadi?
a) 26 xafta
b) 35 xafta
C) 52 xafta
D) 13 xafta
19. A. Ouken qonuni deganda nimani tushunasiz?
a) mamlakat miqyosida tabiiy ishsizlikning 1% oshishi YAMM ning 2.5% ga
kamayishiga olib keladi;
b) mamlakat miqyosida inflyatsiya darajasining o‘rtacha ko‘rsatkichi kamayib
borsa, yangi ish joylarining barpo etish 50% ortadi;
C) tabiiy ishsizlikning o‘sishi hech qanday o‘zgarishga olib kelmaydi;
D) aholi bandligi bilan ishsizlik o‘rtasida aloqadorlikni aniqlab beradi.
20. Boshqaruv ilmi deganda nimani tushunasiz?
a) ishchi va xizmatchilarni boshqarish;
b) mamlakat miqyosida, iqtisodiyotning boshqaruvini tashkil etish;
C) korxona miqyosida, maxsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida
kishilarni ishga yollash natijasida mehnat unumdorligini o‘sishini ta’minlash;
D) kadrlar qo‘nimsizligini tugatish.
21. Inson resurslarini boshqarish mamlakat miqyosidami yoki korxona
miqyosida ham amalga oshiriladimi?
a)faqat korxonalar miqyosida;
b) faqat mamlakat miqyosida;
C) korxona va mamlakat miqyosida;
D) butun jaxon miqyosida
22. Tashkilot deganda nimani tushunasiz?
a) yagona mehnat sharoitida maqsadga yo‘naltirilgan mehnat mazmunidagi odamlar
birlashmasi;
b) yakka tartibdagi faoliyat ko‘rsatadigan shaxs;
C) yuridik statusga ega bo‘lmagan kishilar birlashmasi;
D) ma’lum fikrdagi insonlar birlashmasi
23. Korxonalarda qaysi bo‘limlar inson resurslari bo‘yicha ma’lumotlarni
taxlil etadi.
a) buxgalteriya va moliya bo‘limi;
b) kadrlar va ish haqi bo‘limi;
C) ishlab chiqarish va sotish bo‘limi;
D) marketing bo‘limi va raxbariyat.
24. Korxona miqyosida inson resurslarining balansini tuzishdan maqsad nima?
a) inson resurslaridan foydalanish, uning samaradorlik darajasini aniqlashdan iborat;
b) ishsizlik darajasini aniqlash;
C) mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini taxlil etish;
D) boshqarish tizimini takomillashtirish.
25.Ishchining shaxsiy xislati omiliga nimalar kiradi ?
a)boshqaruv xolati, boshqaruv turi;
b)ishchining ma’lumoti, yoshi, jinsi;
C)mulk shakli, tashkiliy tuzilma;
D)iqtisodiy muhit va siyosiy holat.
26. Kadrlar qo‘nimsizligi
a) ITT natijasida xodimlarning qisqarish;
b) o‘z hohishiga ko‘ra va mehnat intizomini buzilganligi uchun xodimlarni
ishdan bo‘shatilishi;
C) lavozimga ko‘tarilish munosabati bilan ishdan bo‘shash holati;
D) korxona miqiyosida kadrlar xarakati.
27.Hodimlar harakati intensivligi qaysi koeffitsentlar bilan tavsiflanadi?
a)o‘sish, kamayish koeffitsenti;
b)ko‘chib kelish, ko‘chib ketish koeffitsentlari;
C)qabul qilish va bo‘shatish koeffitsenti;
D) qabul qilish, bo‘shatish, umumiy aylanish koeffitsentlari.
28.Korxonaning funksional tarkibi qanday shakllantiriladi ?
a)korxonada mavjud faoliyat turlari bqyicha hodimlarni guruxlarga ajratish yo‘li
bilan;
b)hodimlarni kasbiy guruxlanishi yo‘li bilan4
C)ijtimoiy demografik guruhlar bo‘yicha;
D)tashkilotchilik yo‘li bilan.
29. Mehnat unumdorligi nima?
a) mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt;
b) xizmat ko‘rsatishga ketgan vaqt;
C) vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish);
D) bir yillik mahsulot xajmiga ketgan moddiy va mehnat xarajatlari;
30. Mehnat unumdorligini oshirish omillariga nimalar kiradi?
a) ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy texnik, tashkiliy;
b) mehnat predmetlari, ish kuchi, asosiy vositalari;
C) iqtisodiy, ish kuchi, asosiy vositalar;
D) ijtimoiy psixologik, mehnat predmetlari.
Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling